Psixologik trening


Download 0.66 Mb.
bet144/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Bajarish vaqti: 3 soniya.
Bajarish tartibi: tik turgan yoki yurib ketayotgan holatlarda bajariladi.
Yelkalar yuqoriga maksimal darajada tez ko’tariladi, ularni keng yoyib orqaga tashlanadi.
Bu mashqni bir necha marotaba takrorlash natijasida qaddi-qomatni tik ushlash va turli salbiy kechinmalar tufayli yelkaga og’irlikni tushirmaslik ko’nikmasi shakllantirib boriladi.

“Oldin va keyin testi”


Maqsad: ishtirokchilarning treningdan oldingi va keyingi kayfiyatlarini qiyoslash, umumiy guruhiy kayfiyatni ko’tarinkilik darajasini aniqlash, trening samarasini tekshirish, ishtirokchilarda o’zgarish yoki rivojlanish borligini o’zlariga ko’rsatish, ishtirokchilar bilan qayta aloqa o’rnatish.
Kerakli resurslar: 1ta marker, oldindan tayyorlab qo’yilgan 2 ta test blankasi u quyidagicha (A4 formatda bo’lishi kerak).



Jarayon: treningga kirishishda oldin ishtirokchilardan o’z kayfiyatlari yoki ruhiy holatlaridan kelib chiqib balankadagi ixtiyoriy yuz qiyofalarining faqat bittasining ostiga, ko’rsatiklanidek qushcha belgisini qo’yib chiqish so’raladi. Bu jarayon anonimligi ta’minlanishi uchun, uni trener kuzatishi kerak emas. Uni ishtirokchilar aylana bo’lib o’tirganlarida qo’lma-qo’l tazrda belgilab bir birlariga uzatib yuboiladi. Ishtirokchilardan haqiqiy ichingizdagi ruhiy holatingiz va kayfiyatingizdan kelib chiqib rost belgini qo’yish so’raladi va bu trening samaradorligi uchun muhimligi ta’kidlanadi.
Trener blankani ohirida o’ziga olib, uni tezda tahlil qilib shunga qarab, treningni qay tarzda va nimalarga ko’roq urg’u berib tashkil qilishni yanada o’zi uchun bilib olishi mumkin.
Trening oxirida esa ishtirokchilar bilan qayta aloqa o’rnatish uchun va ulardagi ijobiy yoki salbiy o’zgarishlarni bilish uchun ikkinchi yangi blankani ishtirokchilarga beradi, ishtirokchilar esa, yana trening boshidagidek qo’lma- qo’l tarzda bir-birlariga blankadagi qiyofalar tagiga o’z belgilarini qo’yishadi. Bunda yana bir bor eslatib o’tish darkorki, ular o’z kayfiyati va ichki holatlariga qarab maqbul bir yuz ko’rinishi ifodasining ostiga (ya’ni ajratilganjoyga) belgi qo’yishlari kerak. Bu orqali trener o’z treningi qanchalik samarali bo’laganini hamda ishtirokchilar bo’lsa, o’zlarida qanchalik ijobiy o’zgarish bo’lganini bilib olishlari mumkin. Agar ishtirokchilarda ijobiy tomonga o’zgarish aytarli darajada bo’lsa, trener har ikki blankani (ya’ni trening boshida va ohirda olingan test varqalarini) ishtirokchilarga namoish etishi mumkin.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling