«Ha, ha, ha!» (Ovoz texnikasi)
Maqsad: salbiy kechinmalarni ijobiylashtirish (yoki transformatsiya qilish), butun organizmni, kutilayotgan hodisalarni ijobiy idrok etishga tayyorlash.
Bajarish vaqti: 3–5 daqiqa.
Bajarish tartibi: 5–10 daqiqa davomida diqqatingizni boshqa narsaga chalg’itmay, turli ovoz ohanglarida (intonatsiyada), o’zingizga ma’qul to’xtamlarda va o’zingiz istagan balandlikda «Ha, ha, ha!» so’zlarini takrorlang.
«Noma’lum tilda so’zlashish» (Ovoz texnikasi)
Maqsad: ongning tozalanishi, artikulyatsiya apparatidagi zo’riqishlarni chiqarib tashlash.
Bajarish vaqti: 3–5 daqiqa.
Bajarish tartibi: so’zlashuv nutqiga o’xshash, xayolingizga kelgan, istalgan tovushlarni chiqaring.
Izoh: mashq vaqtida ong ostidagi yashirin, sizni bezovta qilayotgan hissiyotlar tovush orqali chiqarib yuboriladi.
«Meditativ qo’shiq aytish» (Ovoz texnikasi) Maqsad: ongni tozalash, salbiy kechinmalarni yo’qotish.
Bajarish vaqti: 3–5 daqiqa.
Bajarish tartibi: qulay o’tirib oling, bo’shashing, ko’zlaringizni yuming, og’zingizni biroz oching va turli ohanglarda kuylang: «A-U-M»…
«G’uvillash» (Ovoz texnikasi)
Maqsad: ongni bo’shatish, salbiy yig’ilmalarni chiqarib tashlash.
Bajarish vaqti: 3–6 daqiqa.
Bajarish tartibi: bo’shashing, o’tirgan holingizda ko’zlaringizni yuming, og’zingizni ochmasdan, g’uvillagan ovoz chiqaring.
Izoh: mashqning guruh bilan bajarilishi jarayonida o’rgatuvchi umumiy ovoz intonatsiyalarini nazorat qilishi zarur: ovoz xavotirli, zo’riqqan, yuqori emotsional darajada bo’lishi mumkin.
«Elkadagi tog’»
Maqsad: yelka, bel sohalari mushaklaridagi zo’riqishlarni yo’qotish, qaddi-qomatni tik tutish va o’ziga ishonchni nazoratda ushlab turish.
Do'stlaringiz bilan baham: |