Psixologik trening
“Bog’dagi gullar” psixogimnastik trening mashg’uloti
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
“Bog’dagi gullar” psixogimnastik trening mashg’uloti.Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, shuningdek, motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda. Mazkur mashg’ulot ishtirokchilarda ruhiy yengillikni vujudga keltirish, stressdan halos qilish, ijobiy kayfiyatni hosil qilishda yaxshi samara beradi, hamda mayin yoqimli musiqa sadosi ostida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’lib, shunda mashg’ulot relaksatsion xususiyat kasb etadi. Jarayon: ishtirokchilardan erkin holda turib olish so’raladi va ularga quyidagicha buyruqlar beriladi: “Ko’zlaringizni yumib tasavvurni ishga soling, sizlar barchangiz bog’dagi gulsizlar, o’zingizni o’zingizga eng yoqqan nafis, hushbo’y gul sifatida tasavvur eting. Faraz qiling, hozir bog’ uzra quyosh charaqlab turipti va gullar quyoshga qarab kulib turibdilar va sekin mayin shamol esa boshladi, gullar sekin tebranmoqda; shamol tezlasha borib yomg’irning ilk tomchilari barglaringiz uzra oqib barcha sizdagi chang va g’uborlarni yuvib yerga tushmoqda; shamol juda tezlashib gullarni chunonan silkitmoqda; momoqaldiroq va keskin yomg’ir yog’a boshladi; bog’da gullar va yomg’ir yog’ishidan hosil bo’lgan hid ob-havoni sof holga keltirmoqda; shamol to’xtab sekin yomg’ir tinib bulutlar orasidan quyosh o’zining ilk zarrin nurlarini tarata boshladi; his qiling gullar barglaringizdan yomg’irning so’nggi tomchilari dumalab-dumalab yengil oqib tushmoqda; sizdan ajoyib hushbo’y islar taralmoqda va kapalaklar atrofingizda go’zalligingizga mahliyo bo’lib uchib yurishibti; osmondagi butun zaminga qarab kulib turgan quyoshga siz ham ko’zlaringizni ochib tabassum bilan boqib turipsiz!” Bu mashg’ulotda psixolog trenerdan chiroyli, ravon, bir me’yordagi nutq, ovoz toni ya’ni uning baland pastligiga e’tibor qaratish va har bir buyruq orasida 2-3sekund pauza qilish to’xtash talab etiladi. Har bir mashg’ulot ishtirokchisidan nimalarni his qilganini ta’riflash, nimalarni tasavvur qila olganini aytib berishni so’rash kerak. Mashg’ulot yakunida barchadan ushbu his qilgan yengilliklarini va yuzlaridagi tabassumni doimo yodda saqlash so’raladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling