Psixologik trening


Download 0.66 Mb.
bet135/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

“Molekula”




Maqsad: ishtirokchilarni faollashtirish, jamoaviylikni rivojlantirish, kichik guruhlarni hosil qilish.
Jarayon: Birinchi navbatda ishtirokchilar bir top bo’lib turib olishlari kerak. Molekulalar haqida biroz tushuncha berib o’tiladi misol uchun: molekulalar harorat oshgani sari ularning harakati tezlashadi va harorat sovigani sari ularning harakati sekinlashadi. So’ngra ishtirokchilarga tasavvur qiling sizlar hozir kichik-kichik atom molekulalariga aylanib qoldingiz deb ustanovka beriladi. Sizlardan havo harorati oshgani sari ixtiyoriy turli taraflarga qarab to’xtamay harakatlanish talab etiladi. (trening auditoriyada bo’lmasa ishtirokchilaning bir-birlaridan uzoqlashib ketmasligi so’raladi) Shundan so’ng hozir harorat 40,60,100 daraja issiq deb aytiladi va molekulalar (ya’ni ishtirokchilar) borgan sari tezroq harakatlana boshlaydi. Trener ularni ixtiyoriy
paytda to’xtatib molekulalar 2ta yoki 3ta yoki ixtiyoriy kerakli miqdorda birlashishsin deb buyruq berishi mumkin. Shunda ishtirokchilar to’xtashi va tezda o’ziga sheriklar topib aytilgan miqdorda birlashib kichik - kichik xalqalar hosil qilib olishlari kerak. Bundan so’ng “harorat yana ko’tarilib molekulalar yana harakatga kelishadi” buyrug’ini berish va o’yinni yuqoridagiday davom ettirish mumkin. Eslatib o’tish kerakki, bu o’yindan nafaqat ishtirokchilarni faollashtirish yoki jamoaviylikni shakllantirish uchun balki ishtirokchilardan kichik guruhlarni hosil qilish uchun ham foydalanish mumkin.


“Uchlar”




Maqsad: ishtorkchilarni diqqadini oshirish va faollashtirish
Jarayon: ishtirokchilar aylana bo’lib turib olishlari so’raladi shundan so’ng trener shartni tushuntiradi. Ishtirokchilarning har biri bittadan son aytib 1,2,..4,5…tarzida aylana bo’ylab o’ng tomonga ketma-ket sanab ketadilar va aytiladigan sonlarning qaysi biri uchga bo’linadigan bo’lsa (misol uchun 3,6,9,12…) yoki aytiladigan sonning tarkibida uch raqami qatnashsa (misol uchun 3,13,23,33…) o’sha son kelganda uni aytish o’rnida uch marta qarsak chalinishi kerak. Misol uchun: 1,2,qarsak,4,5,qarsak…11,12,qarsak tarzida o’yin boradi hamda undan keyingi ishtirokchi son aytishda davom etaveradi. Ishtirokchilar o’yinga to’liq tushunib olishlari uchun3-4 ta odam adashib ketgunicha shunchaki o’ynaladi shundan so’ng o’yin boshidan boshlanib adashib ketgan ishtirokchilar birdaniga o’yindan (aylanadan orqaga) chiqib turadilar. Va oxirida qolgan ishtirokchi g’olib deb topiladi. Agar trening ishtirokchilari 20 tadan ortiq bo’lsa, shunchaki 5-6 ta odam adashib ketgunicha yoki raqam aytish aylanani 2-3 marta aylanib chiqqunigacha davom etkazish yetarli.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling