Psixologik trening


“Mening maktubim” trening mashg’uloti


Download 0.66 Mb.
bet137/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

“Mening maktubim” trening mashg’uloti.


Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib shaxslararo munosabatlarni, oilaviy munosabatlar va farzand hamda ota-ona munosabatlarida yuzaga kelgan buzilishlarni korreksiya qilish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda.
Farzand va ota-ona munosabatlarini korreksiya qilishda qo’llanilishi. Korreksiya ob’ektlari o’quvchi va ota yoki onasi bo’lib, ular alohida-alohida xonalarda o’tirishlari, verbal muloqot uchun sharoit bo’lmasligi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ularning har biriga A4 qog’oz va ruchka beriladi, Varaq tepasiga “(Farzandimga/Onamga tarzida) Mehr xati” deb sarlavha qo’yib shu sarlavha asosida ular bir-birlariga maktub yozishlari kerak. Maktublar yozib bo’lingach psixolog maktublarni ularga eltib beradi. Maktub kamida 3 marta almashinishi kerak, toki tomonlarda insayd yuzaga kelmaguncha. Maktub mazmuni pozitiv va o’zaro tushunish ko’nikmalari asosida yozilganligini ko’rsatsa, psixolog tomonlarni bir xonada uchrashtirishi mumkin. Eslatma: psixolog muntazam tomonlarning destruktiv bildirgilarini, so’zlarini va bir- biriga qo’yadigan shart hamda ultimatumlarini adekvat talqin qilib turishi lozim. Psixolog o’rtada 100% betaraf inson sifatida qatnashishga harakat qilishi hamda har bir xulq-atvorni psixologik tahlil va talqin qilishga yordam berishi kerak. Shuningdek, vaziyatga qarab shaxsga o’z xulq-atvori motivlari va oqibatlarini anglashga yordam berishi ham maqsadga muvofiqdir.
Guruhda o’quvchilar orasidagi destruktiv munosabatlarda qo’llanilishi. Bunda o’zaro urushib qolgan, kelishmaydigan yoki ajralib qolgan o’quvchilar o’rtasida yuqoridagi jarayon guruh va o’quvchi, o’quvchi va o’quvchi tarzida ham o’tkazish mumkin.
Oila ichida destruktiv shaxslararo munosabatlarda qo’llanilishi. Endigi holatda yuqoridagi jarayon oila a’zolari va o’quvchi yoki bitta oila a’zosi va o’quvchi tarzida ham o’tkazilishi mumkin


“Mehr maktubi” trening mashg’ulotining ikkinchi varianti:


Har doim ham shaxslararo munosabatlardagi buzilishlarni korreksiya qilishda ikkinchi tomonni jarayonga jalb etishga sharoit yoki imkoniyat bo’lmaydi. Qo’shimcha ravishda, muammo faqat bir tomonning farzand, ona, ota, muayyan bitta shaxsning o’zida ikkinchi tomonga nisbatan noadekvat munosabat mavjud bo’lishi mumkin. Shunday vaziyatlarda faqat bitta tomon bilan ham mazkur mashg’ulotni o’tkazish mumkin. Bunda (guruhiy tarzda ham o’tkazish mumkin, qachonki guruhdan ijobiy-yaqin va o’zari tushunish-qabul
qilish ko’nikmalari hamda munosabatlari shakllantirilgan trening jamoasi vujudga kelgan bo’lsa).



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling