Psixologik trening


Download 0.66 Mb.
bet159/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Assotsatsiya – (lot. associatio - birlashtirmok) - psixik hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma'lum qonunlar bo’yicha tarkib topadi (jumladan, fazodagi yondoshlik, xronologik o’xshashlik, qarama - qarshilik va b.).
Biriktiruvchi nizolar Nizoga asos boplgan va uning xal qilinishi er xotining munosabatlari mustaxkamlashuviga olib keladi
Birinchi signal tizimi –narsa va xodisalarning sezgi, a'zolariga bevosita ta'sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan shartli muvaqqat nerv bog’lanishlari, u sezgi va idrok turlarida namoyon bo’ladi.
Bosh miya markaziy nerv tizimining old (yuqori, oliy) qismi bo’lib, u bosh miya qobig’ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi.
Bosh miya katta yarim sharlari –bosh miyaning ikki pallasi. Uning ustki qismi uchun chuqur bo’lmagan o’nqir cho’nqirlardan iborat. Bosh miya katta yarim shari orqa, old, yon, orolcha, orqa umurtqalarga bo’linadi. Miya nerv kataklari neyronlardan iborat bo’lib, ikki katta yarim sharlar po’stlog’ini tashkil etadi. Miyadagi oq suyuqlik neyron o’simtalaridan tarkib to’ib, miya yo’llarini ko’rsatib turadi.
Biografik metod – (yunon. bios - hayot, gra’ho - yozaman, ko’rsataman) - odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar orqali o’rganish usuli.
Boshqarish psixologiyasi –psixologiya fanining boshqarish faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi sohasi.
Biogenetik qonun (yunon bios - hayot, genesis - kelib chiqmoq - psixologiyada E.Gekkel tomonidan ochilgan biologik qonun bo’lib, unga ko’ra ontogenez filogenezni takrorlaydi deb hisoblanadi.
Beixtiyor esda qoldirish qiziqish katta rol o’ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba'zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo’limini, o’tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling