Psixologik trening


Download 0.66 Mb.
bet84/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Verbal va noverbal muloqot. Muloqot jarayonida odamlar bir-biri bilan,verbal( nutqiy ) va noverbal (nutqiy bo'lmagan) vositalar bilan aloqa

qilishadi. Verbal aloqa - bu fikrlarni so'z orqali etkazish bo’lsa, og'zaki bo'lmagan noverbal aloqa esa quyidagilarni o'z ichiga oladi: imo-ishoralar, yuz ifodalari, pantomima, tembr, intonatsiya, ko'z bilan aloqa va boshqalar. Shaxslararo munosabatlar jarayoni kamida ikki kishidan kam bo’lmasligi, ulardan biri ma'lumot yuboradi, ya’ni u kommunikator vazifasini bajarsa, ikkinchisi esa qabul qilib oluvchi hisoblanadi. Bunga asosiy sabab bir-birimiz bilan munosabatlarni o'rnatish, bir-birimizni tushunish, ma'lumot almashish, birgalikda ishlash va o'qish, maslahat berish, his-tuyg'ularni ifoda etish, o'ynash, to'plangan tajribani etkazish kabilarni qamrab oladi.
Odamlar bir –birlari bilan muomalaga kirishar ekan. Ularning asosiy ko’zlagan maqsadlaridan biri – o’zaro bir- birlariga ta’sir ko’satish, fikrlariga qondirish, harakatga chorlash, ustanovkalarini o’zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyning barcha shaxslararo munosabatlarida, jumladan, oilaviy munosabatlar, ta’lim-tarbiya jarayonidagi muloqot, rahbarlar va xodimlar ortasidagi muloqot, muayyan bir muammolarni hal qilish bilan bog’liq bo’lgan kishilar uyishmasi o’rtasidagi muloqot,( bahs munozara, ijtimoiy psixologik trening) kabilarda psixologik ta’sirning uch vositasi farqlanadi.

  1. Verbal ta’sir- bu so’z nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki nutq - bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi – so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, diologik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.

  2. Paralingvistik ta’sir- bu nutqning atrofidagi nutqning bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bu nutqning baland va past tovushda ifodalanayotgan, artikulatsiya , tovushlar, to’xtashlar, dudiqlanish, yo’tal, til, bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kabilar kiradi. Shunga qarab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.

  3. Noverbal ta’sirning ma’nosi nutqsizdir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq intim) qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir – birini bevosita his qilish, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar, (shovqin hidlar) kiradi Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yanada yaxshiroq bilib olishlariga katta yordam beradi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling