Psixologik trening


Download 0.66 Mb.
bet86/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Faol va empatiya bilan tinglash texnikasi va o‘zaro muloqot jarayonida sheriklarning emotsional sohasini hisobga olish. Birgalikdagi faoliyatning muvaffaqiyatli ro’y berishi ko’p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotganini, har bir ishtirokchida boshqa

ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bog’liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o’rganish zaruratini vujudga keltiradi.
Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo’lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi.
Insonning inson tomonidan idrok etilishi “ijtimoiy persepsiya” deyiladi. Dastlab bu atama Dj. Bruner tomonidan 1947 yil ishlatilgan bo’lib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinasiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama boshqacharoq ma'noga ega bo’lib, u ijtimoiy ob'ektlarni, ya'ni odamlar ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan.
S.L.Rubinshteyn aytganidek, “biz insonni tashqi xulq-atvoriga qarab uni o’qiymiz”. Bundan, insonni tashqi qiyofasi uni qanday shaxs
ekanligidan dalolat berishini anglashimiz mumkin.

Boshqa odamni bila turib, o’rganayotgan individning o’zi ham shakllanadi”- deb yozadi L.S.Vigotskiy.


Insonni inson tomonidan idrok etilishida eng kamida ikki kishi jalb qilingan bo’lishi lozim bo’lib, ularning ikkalovi ham faol sub'ektdir. Demakki, o’zaro idrok jarayonida ikkala tomon bir-birlarining ehtiyojlari, motivlari va yo’nalishlarini bilishlari va o’zlarini qarama-qarshi tomon o’rniga g’o’ya olishlari lozim. Muloqot jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir-birini tushunishga harakat qiladilar. Buning uchun quyidagi mexanizm ishga solinadi:

  1. identifikasiya;

  2. refleksiya;

  3. stereotipizatsiya.

  4. empatiya


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling