Psixologik trening
Stress (ing. Stress- taranglik)
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
Stress (ing. Stress- taranglik) bu – psixik reaktsiya bo’lib, ya’ni boshqa sharoitga o’rganishni, o’tishni bildiradi. Hayotdagi o’zgarishlar, tez olib boriladigan ishlar odam organizmida reaktsiya keltirib chiqaradi. Stress organizmning total mobilizatsiyasi hisoblanadi, ya’ni o’ta og’ir, murakkab vaziyatdan chiqish yoki qiyin sharoitga moslashish. Stressorlar (qo’zg’atuvchilar) vegetativ o’zgarishlar – qon-tomirning urishi tezlashuvi, qonda qand miqdorining oshishi, qon bosimining ko’tarilishi va h.k. vujudga keltirib, organizmni intensiv harakatlarga tayyorlaydi.
Stressni o’rganishga yondashuvlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh mutaxassislari gomeostaz konseptsiyasiga nazariy tayanib, ko’proq klinik tajribadan kelib chiqadi. Olimlar stressni organizmning ichki holati deb ta’riflaydilar. Ushbu guruhga G. Sel’eni ishlarini kiritish lozim (bu – xos bo’lgan sindrom shaklida namoyon bo’luvchi holat bo’lib, u mazkur biologik tizim ichidagi barcha xos bo’lmagan o’zgarishlarning yig’indisini ifodalaydi, 1966). Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. Sel’e (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (adaptatsion sindrom- yunoncha syndrome belgi, alomat, ko’rinish moslashuvi demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal (latincha extremus favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha olib borishi, shunga o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz yunoncha prognosis bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari G. Sel’e tomonidan o’rganilgan. Shuningdek, quyidagi olimlarni ham bu guruhga kiritamiz: U.Kennon (bu – qo’rquvni psixologik va fiziologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan nimadir, 1958), M.Bajovich, M. Korxin, M. Grinder (bu – shunday holatki, unda organizmning asosiy ehtiyojlari qondirilishiga va gomeostazning saqlanishiga xavf soladi, 1955), doktor Koffer, E. Eppli (bu – organizmning shunday holati bo’lib, u o’zining sog’lig’i yoki individualligiga xavf solinayotganini his qiladi va u butun energiyani himoya uchun sarf qilishi kerak bo’ladi, 1964), A. V. Suvorov (bu – organizmning funktsional holati bo’lib, uning psixik funktsiyalari, asab jarayonlari yoki periferiya a’zolari faoliyatiga tashqi salbiy ta’sir natijasida paydo bo’ladi, 1975). Ikkinchi guruhga mansub mutaxassislar stressni shart- sharoit, faoliyat jarayonidagi hodisa sifatida tushunadilar. Ularning ko’pchiligi o’z bixeviorizmiga tayanadilar. Masalan, bu guruhga quyidagi olimlarni kiritish mumkin: Y. Gil’gard (bu – shart-sharoitlar bo’lib, ular organizmni katta zo’riqish holatiga olib keladi hamda gomeostaz mexanizmlarining me’yorida ishlashini buzadi, 1971), A.V Suvorov (bu – xavotirlikni keltirib chiqaruvchi istalgan vaziyatdir, 1950), M. Arnol’d ( bu – normal funktsionallashuvni qiyinlashtiruvchi faoliyat, istalgan shart-sharoitdir, 1967), R. Grinker, G. Shpingel (bu – noodatiy shart-sharoit yoki hayot talabidir, 1945), O. Mikshik (bu – psixik yuk bo’lib, bunda qandaydir xalaqit beruvchi shart-sharoit organizmga maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni bajarish davrida ta’sir ko’rsatadi, 1969). «Stress» terminini istaganlaricha qo’llaydilar, shu bois adabiyotlarda ko’pincha chalkash va bir-biriga zid izohlar, talqinlar uchraydi. Stress bu shunchaki asabiy zo’riqish emas (hatto asabiy zo’riqish – stress bo’lsa ham). Sel’e ushbu faktni alohida qayd etish lozim, deb hisoblaydi. Ko’pincha, mutaxassislar va ba’zi olimlar biologik stressni o’ta asabiy zo’riqish yoki kuchli hissiy zo’riqish deb ta’riflashga moyil bo’ladilar. Biologik stressning psixologik va patopsixologik jihatlarini tadqiq qiluvchi mashhur tadqiqotchilardan biri, amerikalik olim M.Meysonning fikricha, hayotiy vaziyatda xavfli yoki yoqimsiz omillar paydo bo’lganida yuzaga keluvchi hissiy qo’zg’alish uchun mas’uliyatli bo’lgan fiziologik apparatning faollashuvi barcha stressorlar uchun umumiydir. Ammo stressli vaziyatlar umuman asab tizimiga ega bo’lmagan eng sodda hayvonlar va hattoki o’simliklarga ham xosdir (M. Tigranyan, 1988 ). Yana shuni ham ta’kidlash joizki, stress bu atrof - muhitning uzoq vaqt ta`siri bo’lib, individ uchun hissiy organizmning boshqariluvchi tizimida va markaziy nerv sistemasida unga mos reaksiyalarni vujudga keltiradi. Atrof- muhitning stress ta`sirlari har xil bo’lib, qo’zg’ovchining ko’pligi ta`sirida bo’lishi mumkin (shovqin, shoshilinch, ishni bajarish muddatining qisqaligi insonlar orasidagi munosabatlarning yaxshi emasligi, yuqori talabchanlik) yoki qo’zg’atuvchilarning yetishmasligi oqibatida (bir xillik, talabning yengilligi, aloqalarning yetishmasligi), nizolar ko’rinishida (qaror qabul qilish bilan bog’liq jarayonlarning buzilishi, aqliy va hissiy jarayonlarning o’zaro ta`sirida buzilish, irodaning kuchsizligi, ehtiyojlar va ularning qondirilishi orasida muvofiqlikning yo’qligi, shubxalanish) yoki vaqtinchalik boshqaruvning buzilishi sifatida (samolyotda sayr qilish natijasida vaqtni ajrata olmaslik, hayotda va ishda qat`iy kun tartibining yo’qligi, hayotning tartibsizligi, ishni muddatida topshira olmaslik). Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling