Psixologik trening
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tunggi psixika
Vahima – vas-vasa. Bunda odam vahimaga tushadi, har xil xayollarga boradi. O’tib ketgan yomon voqeani eslab siqilishi yoki bo’lar-bo’lmas narsalarni o’ylashi, hali sodir etilmagan, aytib bo’lmaydigan yomon fikrlarga
borib vahimaga tushish. Bu narsalar ichki holatni o’zgartirib, xotirjamlikni yo’qotadi. Bunda odamning faolligi yo’qolib o’zini qo’lga ololmaydi. Bunday narsalarni og’riq bilan tenglashtirish mumkin. Vahimani keltirib chiqargan narsa kerakli axborotning yetishmasligidan, dunyoqarashning torligidan yoki kelgan to’g’ri maslahatni ana shu vahimani keltirib chiqargan sababga qarama-qarshiligi va uni battar oshirishi vahimani avjga chiqaradi. Monotoniya – stressning qarama-qarshi holatidir. Masalan, bu holat ko’proq ishda, shaxsiy hayotda kuzatiladi. Har kuni bir xil ishni qayta-qayta bajarish natijasida odam monotoniya holatiga tushib qoladi. Bu holat insonda zerikish, loqaydlik, hayotga nisbatan qiziqishni kamaytiradi, tashqi qiyofasida g’amginlik, nimadandir norozilik alomatlari kuzatiladi. Buning natijasida shaxsda iroda, fikrlash qobiliyati sustlashadi, maqsadga yetish uchun harakat kamayadi. Shaxsda miyaning tormozlanish natijasida tevarak – atrofdan kelayotgan ongsiz signallarni qabul qilmasdan faqat o’z joniga qasd qilishni maqsad qilib qo’yadi. Monotoniyaga chalingan shaxslar ustidan kuzatuv olib borilganda alaxsirash, gallyutsinatsiyalar, xuddi xayolida nimanidir suzib ketayotgandek bo’ladi, xavotirlanadi. Yolg’izlik – keyingi turdagi qiyin holatlaridan biri. Yolg’izlik natijasida odam o’zi bilan o’zi muloqot qiladigan holatga tushib qoladi. Uzoq vaqtda yolg’izlikda qolgan inson haqiqiy nevroz kasalligiga chalinishi mumkin. Mana shu holatga tushgan shaxslarni 3 guruhga bo’linadi: Birinchi guruh: 18-28 yoshgacha bo’lgan yoshlarda bu holat quyidagi holat bilan kuzatiladi (oilasidan yiroqda bo’lish, masalan, boshqa shaharga ishga borishi yoki o’qishga, sevgilisidan ajralish). Ikkinchi guruhga 29-38 yosh va uchinchi guruhga 39-55 yoshda bo’lganlarda krizis holat kuzatiladi. Masalan, oilasidan, yaqin odamidan ajralish (o’lim). Bunday holatda inson o’zini tushkunlikka tushib qolishi, ya’ni hayotda hech kimga kerakmasdek, yurak siqilishi, chorasiz, kelajakka ishonchsiz bo’lib qoladi. Tunggi psixika bu – mujassamlangan hodisalardan biri bo’lib, u kech uyqu vaqtida kuzatiladi. Kunduzi bo’lib o’tgan voqea-hodisalar tunda yolg’izlik paytida qaytadan ko’z o’ngida ifodalanadi. Masalan, kechqurun yolg’izlik hissi kuchayadi, inson o’z xayollari bilan yolg’iz qoladi, baozida qo’rquv obrazlari bilan. Qorong’ulik insonda xavotirlikni yuzaga keltiradi, real holatni o’zgartiradi, u sirli bo’lishi mumkin, bunda odam o’zini kuchsiz, yolg’iz, atrofdagilar uni tushunmasligini sezadi. Tunggi psixika ko’proq nevroz, yurak yoki boshqa kasalliklarga chalingan odamlarda muammolarni yuzaga chiqaradi. Zerikish holati – tashqi qiyofasi monotoniya holatiga o’xshab ketadi. Zerikish ishdagi ishimizning mazmuni yo’qolgan paytida paydo bo’ladi. Hozirgi zamonamizda zerikish odamlar orasida juda ham keng tarqalib ketdi. Masalan, oxirgi vaqtlarda har xil udumlarni yo’qolib ketishi hayotimizni zerikarli tarzda olib borishga majbur qilmoqda. Yoki bo’lmasa bu narsa ko’proq nafaqaga chiqqan insonlarda kuzatiladi, chunki ular o’z hayotlari davomida jamoa ichida ishlab ko’p narsani ko’rgan edilar. Zerikish ishga bo’lgan maqsadni yo’qotadi yoki keng tarzda hayotga intilishni pasytiradi. Ishga borish, kechki ovqat, uy yumushlari, uyqu kabi va haftalarni shu bir xil tarzda o’tishi insonni zerikishga olib keladi. Lekin zerikishning foydali taraflari ham bor u inson ongini xarakatga olib keladi. Masalan, insonda “nega?” degan savol tug’ilib o’z savoliga asta-sekin ongi ostida javoblar izlay boshlaydi va shu holatdan chiqib ketish yo’lini topa oladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling