Psixologik trening


Stresslarni oldini olish, korreksiyalash va tartibga solish usullari


Download 0.66 Mb.
bet101/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Stresslarni oldini olish, korreksiyalash va tartibga solish usullari


  1. Biologik mexanizmga asoslangan "Ko'zgu" usuli shaxsni tashqi ko’rinishi o'rtasida mavjud bo'lgan aloqadir. Ushbu usul hissiyotlar va hissiy xotiramizni o'z ichiga olib, ixtyoriy ravishda tana va yuz quvonch yoki xotirjamlik ifodasini namoyon qilish orqali harakat qilinsagina, bizning hissiy holatimiz haqiqatan ham yaxshi tomonga o'zgaradi.

  2. Bo'lajak hodisani to'liq ratsionalizatsiya (takomillashtirish, maqsadga muvofiq tashkillashtirish) qilish usuli, hodisaning yuqori darajadagi tafsilotlari bilan bir nechta namoyishni o'z ichiga oladi. Ushbu usulda salbiy his-tuyg'ular ko'pincha biror narsa haqida ma'lumot etishmayotgan vaziyatda paydo bo'lishiga asoslanadi.Bu usul yordamida, biz sun'iy ma'lumotlar bo'shliq’ni to'ldiramiz.

  3. Tanlab ijodiy o’tmishga murojat qilish usulini o’z ichiga oladi, yani inson muvaffaqiyatli hal qilgan qiyin hayotiy vaziyatlarni eslab tahlil qilish. Bizning o'tmishdagi yutuqlarimiz - biz istagan vaqtga ishonishimiz mumkin bo'lgan bizning resurslarimizdir. Ushbu usulni qo'llash natijasi, avvalgi muvaffaqiyatlarni faollashtirishga asoslangan ichki ishonch holati bo'lishi mumkin.

4 Tajriba usuli avvalgisiga to'g'ridan-to'g'ri qarama-qarshi usul bo’lib, undan foydalanishda kishi o’tmishdagi yuz bergan xatolarni eslaydi va tahlil qiladi, muvaffaqiyatsizliklar uchun eng tipik va xarakterli sabablarni aniqlashga harakat qilish (atrofdagi yaqin kishilarni tinglamaganligi, muzokaralarga oldindan tayyorlanmaslik; odamning “tashqi jozibasi” ga ishonishi va boshqalar) bo'lishi mumkin.
5. Yakuniy qismda mumkin bo'lmagan imkoniyatni aqliy, ruhiy kuchaytirish usuli, yani biz o'z qo'rquvimiz bilan yuzma-yuz kelganimizga asoslanib, kelajagimizdagi eng qorong’u rasmlarni tasvirlab xayolan chizish imkoniyatidir. Ushbu pessimistik tasvirlardan omon qolganimizdan so'ng, biz ushbu shikastli ma'lumotni ongdan "siqish" ga ketadigan energiya olamiz. Ba'zan kishi o’ziga- o’zi “Bunday vaziyatda nima yomon bo'lishi mumkin?”, “Endi nima qilay?” kabi savollarni berishi orqali vaziyatdan chiqish usulidir.
Bir qarashda yuqorida sanab otilgan usullarni o'zlashtirish va ulardan foydalanish “qiyin” kechishi mumkin, lekin hosil qilingan vaziyatlar hayajonlanishni oldini olishga yordam beruvchi, muammolarni hal qiluvchi imkoniyatdir.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling