Psixologik trening


Shaxsiy rivojlanishni o'rgatish


Download 0.66 Mb.
bet103/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Shaxsiy rivojlanishni o'rgatish - psixokorreksiyaning bir turi hisoblanib, ishtirokchilarning shaxsiy fazilatlarini yaxshilashga qaratilgan. Psixoterapevtik tayyorgarlik va shaxsiy o'sishni tarbiyalash vazifalariga yaqin. Stressga qarshi kurash ishtirokchilarda nafaqat korreksiyani amalga oshiradi, shuningdek, shaxsiy rivojlanish vazifalari: psixologik barkamollik va o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishga yordam beradi.

  • Ta'lim treninglari - bu psixokorreksiyaning bir turi bo’lib, trening - ishtirokchilar tomonidan inson ijtimoiy faoliyatining muayyan sohalarida yangi bilim, ko'nikmalarni egallashga qaratilgan. Va stressga qarshi kurash treningi ishtirokchilarga ularning stressga chidamliligini oshiradigan, stressni parchalovchi holatini engillashtiradigan bilim va ko'nikmalarni berishga mo'ljallangan.

  • Tashkiliy treninglar - bu psixokorreksiya mashg'ulotining yana bir turi bo’lib, tashkilot faoliyatini samaradorligini oshirishga, jamoaning birgalikdagi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.Stresslarga qarshi kurash bo'yicha treninglar, jamoada psixologik iqlim va xodimlarning pozitiv holatiga erishish, ularning stressga chidamliligini oshirishga yordam beradigan ma'lum bir tashkilot doirasida o'tkazilsa, uni tashkiliy deb atash mumkin.

    Shunday qilib, treningda ishtirok etgan shaxs, agarda ular psixolog yoki boshqaruvchi bo’lsa treningdan so’ng o’z tashkilotida treninglarni o’tkazish davomida mashg’ulot metodologiyasiga, dastur tuzish va mashqlarni to’g’ri tanlashga, ya’ni treningni tashkiliy qismiga katta e’tibor berishi talab etiladi. Trening stressli vaziyatlarda konstruktiv xatti-harakatlar ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan mashqlar va o'yinlarni o'z ichiga oladi. Ushbu treningni tashkiliy, tarbiyaviy deb atash mumkin.
    Raqs terapiyasi. Quyida misol tariqasida psixoterapevtik mashg'ulot turi bo’lgan relaksatsion raqs terapiyasini maqsad va vazifalari, o’tkazish uslubi haqida to’xtalib otamiz. Raqs terapiyasi, emotsional nomutanosibligi mavjud bo‘lgan, muomala qila olmaslik, o‘zaro muomala muammosi bo‘lgan odamlar uchun qo‘llaniladi.
    Bu uslubni qo‘llash psixologdan chuqur tayyorgarlikni talab qiladi, chunki bunday ta’sirda kuchli emotsiyalar uyg‘onishi mumkin, bu esa hal etilishni talab etadi. Raqs harakatlari jismoniy kontakt va shiddatli o‘zaro muomala bilan kuchli hissiyot uyg‘onishi mumkin.
    Raqs terapiyasining maqsadi o‘z tanasini sezishni rivojlantirish, tana pozitiv obrazini yaratish, muomala odatlarini rivojlantirish, sezgilarni tadqiq etish va guruh tajribasini ortirish. Raqs terapiyasi rivojlanishi tarixida K.Rudestam qator hal qiluvchi faktlarni alohida ko‘rsatib o‘tadi.
    Birinchisi ikkinchi jahon urushi maydonlaridan qaytgan veteranlarning jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasi bilan bog‘liq. Raqs terapiyasi nogironlarni hayotga qaytarishning yordamchi uslubi bo‘lib qoldi. Ularning ko‘pchiligi o’ta ta’sirchan holatda bo’lib, hatto gapira olmas edilar. Raqs xonalaridagi
    mashg‘ulotlardan so‘ng, ular engillik va ruhiy garmoniya his qilganini aytishgan.
    Raqs terapiyasining ommaviylashuvi kuchayishinig yana bir sababi 60- yillarda paydo bo‘lgan odamlar munosabati trening harakati bo‘lib, u yangi ekperimental tadqiqotlarni amalga oshirishga zamin bo‘ldi. Bunda guruhlar bilan ishlash, shaxsni rivojlanirish, qatnashchilarga ijobiy samarasini berdi. Nihoyat yangi raqs terapiyasi dasturlariga qiziqish noverbal kommunikatsiyalar tadqiqotlari tomonidan kuchaytirildi, ayniqsa inson tanasining kommunikativ funksiyalari tahlili katta hissa qo‘shdi. Raqs terapiyasi asosan guruh bilan ishlanganda qo‘llaniladi.
    Raqs terapiyasining asosiy vazifasi tartibsiz harakatlarni amalga oshirishdir. Raqs terapiyasi harakatning ma’no aks ettirishi, erkinlikka chorlaydi, Harakatchanlikni rivojlantiradi, jismoniy va ruhiy darajada kuchni mustahkamlaydi. Tana va ong yagona butunlikni tashkil etadi.
    Asosiy yo‘nalish quyidagicha talqin etiladi: harakat shaxs hususiyatini aks ettiradi. Har qanday emotsional siljishda odam o‘zini his etishi o‘zgaradi, xoh u ruhiy, xoh u jismoniy bo‘lsin, shunga binoan bizning harakatlarimiz ziynati (xarakteri) o‘zgaradi.

    Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling