Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi n. Z. Ismoilova tomonidan
Download 27.71 Kb.
|
4473 71 ишланма СПТ Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- COTSIAL PSIXOLOGIK TRENINGNI TASHKILIY SAVOLLARI” MAVZUSIDA PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA TA`LIM YO‘NALISHI 401 – 402- AKADEMIK GURUHLARIDA 2017 YIL 19 SENTYABRDA O‘TKAZILGAN OCHIQ MA‘RUZA MASHG‘ULOTINING
- MAVZU: 9. SOTSIAL PSIXOLOGIK TRENINGNI TAShKILIY SAVOLLARI Reja
- Guruhni tashkil qilish bosqichi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI KATTA O‘QITUVCHISI N.Z.ISMOILOVA TOMONIDAN “COTSIAL PSIXOLOGIK TRENING” FANIDAN “COTSIAL PSIXOLOGIK TRENINGNI TASHKILIY SAVOLLARI” MAVZUSIDA PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA TA`LIM YO‘NALISHI 401 – 402- AKADEMIK GURUHLARIDA 2017 YIL 19 SENTYABRDA O‘TKAZILGAN OCHIQ MA‘RUZA MASHG‘ULOTINING HUJJATLARI Toshkent – 2017 y 2017 yil 20 SENTYABR kuni 2-smena 1-juftlik P/S 301-guruhda 4-25-xonada N.Ismoilovaning “Cotsial psixologik trening” fanidan “Cotsial psixologik treningni tashkiliy savollari” mavzusida OChIQ ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi. MAVZU: 9. SOTSIAL PSIXOLOGIK TRENINGNI TAShKILIY SAVOLLARI Reja Trening guruxi ishtirokchilarini yig‘ish. Trening o‘tkaziladigan xonani tayyorlash. Dastur va reja tuzish. Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish xam, bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi. Guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi. Boshlang‘ich bosqich. Ishni olib borish bosqichi. Yakunlash bosqichi. Yuqorida sanalgan barcha bosqichlarning o‘ziga xos muhim jihatlari mavjud bo‘lib, quyida shu haqd so‘z yuritiladi. Guruhni tashkil qilish bosqichi trening guruhini yig‘ishga qaratilgan bosqich bo‘lib, bunda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor berish kerak: Trener yoki uning guruhda birga ishlashga mo‘ljallagan sherigi guruhga qabul qilinadigan har bir ishtirokchi bilan individual suxbat olib borishi lozim. Bu suhbatdan maqsad guruhning har bir a’zosining motivini aniqlash orqali guruh motivatsiyasini aniqlashdan iboratdir. Bu suhbatda ishtirokchiga asosan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi. Sizda, oilaviy (ota-onangiz, turmush o‘rtohingiz, farzandingiz yoki boshqalar bilan) yoki ishda (raxhbar yoki hamkasblaringiz bilan) qanaqadir muammo bormi? Treningda ishtirok etishga sizni nima majbur qilyapti? Treningdan nima kutyapsiz? Trening sizga nima beradi deb o‘ylaysiz? Bundan tashqari ishtirokchining individual pisixologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida psixologik metodikalardan (Kettel, Lyusher testi, SND - Sub’ektiv nazorat darajasini aniqlash metodikasi va shunga o‘xshash proektiv testlardan) foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda (agar ishtirokchilarning psixikasi va xulqida jiddiy o‘zgarish borligi sezilsa) MMPI so‘rovnomasining moslashtirilgan variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Individual suhbat natijasida trener guruhning har bir a’zosi haqida ma’lum bir informatsiyaga ega bo‘lish bilan birga, gurhning umumiy ahvoli haqida ham tasavvurga ega bo‘ladi. Bu mahlumotlar unga guruhning muammosi yuzasidan o‘tkaziladigan trening dasturini tuzishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Individal suhbat oxirida trener iloji boricha bo‘lajak ishtirokchining "Men haqimda nima deya olasiz", "Test natijasi qanaqa chiqdi" degan savollariga javob berishdan qochishga harakat qilishi lozim. Chunki bunday ma’lumotlarning ishtirokchi hukmiga havola etilishi ishtirokchida turli o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Download 27.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling