Hissiy o'zgarishlar - hissiy reaksiyalaming mos emasligi, yaqinlari bilan hissiy bog'lanishning zaiflashuvi, hslar va kechinmalaming yorqinligi va ravshanligi pasayadi.
Tafakkurnini (fikrlashning) buzilishlari - avval uning paradoksalligi (sog'lom fikrga qarama-qarshi bo'lgan o'ziga xos fikrlash), simvolliligi keyinchalik mulohazalaming zaiflashuviga olib keladigan rizonerlikka moyillik, intellektual samarasizlik.
Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar - tashxis qo’yuvchi ko'zi bilan qaraganda eng og'ir hisoblangan bolalar bu psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalardir, ular ham o'qishning birinchi yillaridayoq o'qishdan orqada qolishadi.
Infanlilizm - psixik va jismoniy rivojlanishning vaqtinchalik sustlashishi bola organizmiga turli salbiy zararlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ularga, masalan, xromosomalarning buzilishlari, homilalik davrida markaziy nerv tizimining marohatlanishlari, endokrin yetishmovchiliklar, asfiksiya yoki tug'ilishdagi yengil jarohadar, nurlanish va h.k.lar kiradi.
Astenik holatdagi bolalar - Bolalarda astenik holat somatik va yuqumli kasalliklar, jarohatlanishlardan so ng yuzaga keladi. Astenik holat uchun kasallikning xarakteri va bola organizmining himoya xususiyatlariga bog'liq markaziy nerv tizimining salbiy ta’sirlarga bo'lgan turli reaksiyalari xosdir.
Psixopat xulqidagi bolalar - Psixopatiyada asosiy simptokompleksi hali aniqlanmagan, ammo ko'pgina mualliflar uni hissiy-irodaviy doiraning rivojlanishidagi nuqsonlar (buzilishlarga) bilan bog'laydilar. Bunday buzilishlar bolaning shaxsi, xulqi va xarakterida aks etadi. Xulq buzilishlari bolalami ta’lim olishini qiyinlashtiradi, ko'pincha bolalar umumta’lim maktablarida o'zlashtirmovchi bolalar safiga qo'shilib qoladilar.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar - Eshitish nuqsonlarini keltirib chiqaradigan sabablar turlichadir. Ularga nasliy omillami, homilalik va tug'ilgandan so'ng ilk rivodlanish davridagi salbiy ta’sirlar kiradi.
Nutqi rivojlanm ay qolgan bolalar - Nutqning rivojlanmay qolishi uning sensor yoki motor tomonlarining buzilishlaridan kelib chiqadi. Ko'pincha ikkala funksiya ham buzilgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |