Psixologiya” fakulteti “ ” kafedrasi “ ” fanidan kurs ishi mavzu: “Koronavirus pandemeyasi va jahon moliyaviy-iqtisodiy holati hozirgi sharoitda davlatning tashqi iqtisodiy holati” bajardi: qabul qildi


I-BOB COVID 19 davrida O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’zgarishlar


Download 250.06 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi250.06 Kb.
#1538478
1   2   3
Bog'liq
Koronavirus pandemeyasi va jahon moliyaviy iqtisodiy holati hozirgi

I-BOB COVID 19 davrida O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’zgarishlar

1.1. COVID-19 ning O’zbekiston iqtisodiyotiga tasiri


Dunyo iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni inqiroz cho‘qqisidan o‘tilganidan so‘ng, umumiy tarzda hisoblash mumkin bo‘ladi. Iqtisodiyotga pandemiyaning o‘zi emas, balki u bilan bog‘liq cheklovlar salbiy ta'sir qilmoqda.Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, qat'iy choralarni ko‘rmaslik falokatli oqibatlarga va ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin. Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotni imkon qadar qo‘llab-quvvatlash va uning tezda tiklanib olishiga umid qilish asosiy maqsadga aylanadi.
Turli xalqaro moliya institutlari ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish tezligi pasayadi. Inqirozdan oldingi davrda bu ko‘rsatkich Jahon banki tomonidan 5,7 foiz miqdorida bo‘lishi, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori ko‘rsatkichga aylanishi bashorat qilingan edi.
Endi esa Osiyo taraqqiyot banki (OTB) iqtisodiyotni keyingi yilda tiklanib olish sharti bilan bu ko‘rsatkichni 4,7 foiz deb hisoblamoqda. Jahon banki o‘z xulosasida Markaziy Osiyoda iqtisodiy inqiroz keskin bo‘lishini bashorat qilgan holda, bu ko‘rsatkichni -4,4 foiz va -2,8 foiz degan. O‘zbekiston uchun o‘sish 1,6 foiz bo‘lishi bashorat qilingan, bu esa inqrozdan oldingi 5,7 foizdan ancha pastdir. Jahon banki o‘z bashoratida ko‘pgina omillarning noaniq bo‘lib qolayotganiga urg‘u bergan. Yakunda aynan shularga asosan hudud malakatlaridagi iqtisodiy o‘sishning qanday ekani ma'lum bo‘ladi.
Albatta iqtisodiy o‘sishning pasayishiga O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari (Xitoy, Rossiya, Turkiya) iqtisodiyotidagi pasayish ham ta'sir qiladi. Yana bir muhim omil – xomashyo bozorlaridagi pasayish bilan bog‘liq ishbilarmonlik faolligining sustligi. Shuningdek, neft narxining pasayishi ham sezilarli darajada ta'sir qiladi. Ko‘p jihatdan mana shu tashqi omillar barqarorlashsa, O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sish bo‘lishi mumkin.Optimistik prognozlarga ko‘ra, agar pandemiya jilovlansa, yuqorida tilga olingan mamlakatlar iqtisodiyoti uchinchi chorakda tiklanib olishi kutilmoqda. Shunda karantin choralari yengillashtiriladi va bosqichma-bosqich bekor qilinadi, bu esa iqtisodiyot yana normal iziga qaytishiga imkon beradi.Masalan, mehnat migrantlaridan pul o‘tkazmalarining ko‘p qismi keladigan Rossiyaning iqtisodiyoti ikkinchi yarim yillikda tiklanib olishi bashorat qilinmoqda. Tahlilchilar so‘zlariga ko‘ra, bunga «zaxiralarni to‘ldirib olish va tovar yetkazib berishning me'yordagi tezligini tiklab olish uchun tezkor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishidan kelib chiqadigan kechiktirilgan iste'mol yordam beradi».Rossiya va Qozog‘istondan mehnat migrantlari jo‘natayotgan pul o‘tkazmalari hajmining pasayishi O‘zbekiston iqtisodiyotini karaxt ahvolga solishi mumkin. Birinchidan, Rossiya va Qozog‘iston xorij fuqarolarining o‘z hududiga kirishini taqiqladi. Ikkinchidan, har ikkala mamlakat neft narxining pasayishi sababli, og‘ir ahvolga tushgan. Bu holat O‘zbekistonga jo‘natiladigan pul o‘tkazmalari hajmi pasayishiga olib kelishi mumkin.Jahon bankining xalqaro migratsiya va uy xo‘jaliklari farovonligi masalalariga bog‘liq izlanishlari natijasiga ko‘ra, pul o‘tkazmalari to‘xtasa, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 16,8 foizga oshadi.Pul o‘tkazmalarining to‘xtashi iste'molga ham salbiy ta'sir qiladi, chunki uy xo‘jaliklari ularning katta qismini iste'molga va uy sharoitlarini yaxshilashga sarflamoqda. Jahon banki ma'lumotiga ko‘ra, pandemiya sharoitida pul o‘tkazmalari 50 foizdan ham ortiq miqdorda pasayadi.Qayd etish joizki, karantin cheklovlari O‘zbekistonning ko‘plab sohalariga salbiy ta'sir o‘tkazdi. Umumiy ovqatlanish, turizm va mehmonxona, xizmatlar sohasi jiddiy talafot ko‘rdi. Cheklovlar tufayli zarar ko‘rmagan soha deyarli qolmadi. Ayniqsa kichik biznesga juda og‘ir bo‘ldi, chunki bunday sharoitda uning tezda tiklanib olishi osonmas. Shu sababdan, iqtisodiy pasayish hajmini bashorat qilish mushkul. Voqealar rivojining ijobiy ssenariysida, shuningdek, hukumat tomonidan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilayotgani, muhtojlarga yordam berilayotgani sharoitida iqtisodiyot shu yilning uchinchi chorakdan tiklanib olinishini kutish mumkin.Biroq, men bir qancha salbiy ta'sirlarni ham kutyapman. Masalan, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni-saqlash, ijtimoiy soha uchun yo‘naltirilgan xarajatlar, shuningdek, bojxona bojlari va aksizlarni pasayishi, kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish bilan bog‘liq mablag‘lar tushumining kamayishi natijasida budjetning moliyaviy ahvoli og‘irlashadi.Yana bir muammo O‘zbekiston iqtisodiyotining «norasmiy sektori»da mehnat resurslari ulushi yuqoriligida. Bu mehnatga layoqatli bo‘lgan 13 million kishidan taxminan 7-8 millionini tashkil qiladi. Karantin bilan bog‘liq cheklovlar natijasida «norasmiy sektor»da ishlayotgan mehnat resurslari ishidan va ish haqidan ajraladi. Iqtisodiy pasayish davrida korxonalar xodimlarni qisqartirishga harakat qilishadi, bu esa o‘z navbatida ishsizlikning o‘sishiga olib keladi.Yuqoridagi sanab o‘tilgan choralarni ko‘zda tutadigan bo‘lsak, hukumatning iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashi shubhasiz zarurdir. Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tajribasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, iqtisodiyot qayta tiklanishiga umid qilgan holda, urg‘u talabni rag‘batlantirishga qaratilgan.Shu maqsadda hukumat fuqarolarga pul tarqatishi, ularning pulni ishlatishi esa iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Hukumatning qat'iy choralari – moliyaviy-iqtisodiy qiyinchiliklar va noaniqlik davrida biznesga yo‘llangan muhim signallardir.Aslida cheklovlardan dunyo iqtisodiyoti aziyat chekmoqda. Bloomberg tahlilchilarining dastlabki hisob-kitobiga ko‘ra, zarar 5 trillion dollarga baholanyapti. Bunda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli ham yo‘q emas. Agar shu holat yuz bersa, ozib-to‘zgan iqtisodiyotga yana bir zarba bo‘ladi.O‘zbekiston va har qanday mamlakat uchun iqtisodiyot uchinchi chorakdan boshlab tiklanib olish ssenariysi maqsadga muvofiqdir. Aks holda kamtarona 1,5-1,6 foiz o‘sishga ham erisholmaymiz. Buning uchun cheklovlar yumshatilishi va bosqichma-bosqich bekor qilinishi lozim. Bu ochiq-oydin ko‘rinib turgan fakt. Hozirgi vaqtda hukumat ikki o‘t orasida qolganga o‘xshayapti. Bir tomondan infeksiyaning tarqalishiga to‘siq qo‘yish va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash kerak. Buning uchun dastlabki bosqichda karantin va o‘zini yakkalashga o‘tish, keyingi bosqichda tibbiyot sohasini rivojlantirish tavsiya qilinmoqda. Aks holda ko‘plab qurbonlar bo‘lishi, tibbiy xizmatga yuklamalar juda katta miqdorda oshib ketishi mumkin. Voqealar rivojining bunday tus olishiga aloqador qayg‘uli misollar hammaga ma'lum.Boshqa tomondan, cheklovlarning uzaytirilishi, shuningdek, o‘sish suratlariga chiqish davrining uzayib ketishi odamlarni ishsiz, daromadsiz va bazaviy ne'matlardan mahrum qilishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ham ta'minlash kerak, ayniqsa cheklovlar uzaytirilgan sharoitda bu dolzarb masalaga aylanadi.O‘z navbatida qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, qurilish sohasiga investitsiyalarning kiritilishi istiqboldagi iqtisodiy o‘sish sababchisi bo‘lishi mumkin.Har birimiz vaziyatning murakkab ekanini anglagan holda, karantinning cheklovchi choralarini olib tashlanishini tezlashtirishimiz, iqtisodiyot va hayotning barcha sohalarini normal izga tushib ketishiga ko‘mak berishimiz mumkin. Buning uchun shifokorlarning tavsiyalariga amal qilishimiz shart. Bu choralar boshqa mamlakatlarda ijobiy samara berdi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya qilingan.
XXI asrning 20-yili insoniyat boshiga koʻp ogʻir sinovlarni soldi. Dastlab Avstraliya oʻrmonlarining katta qismi yonib, kulga aylangan boʻlsa, bir oz oʻtib, Indoneziyada kuchli vulqonning “uygʻonishi” qanchadan-qancha halokatu talafotlarni keltirib chiqardi.Qolaversa, odamzodning oʻzi ham tinch oʻtirgani yoʻq. AQSH va Eron oʻrtasidagi ziddiyatli vaziyat, Rossiya Federatsiyasi hamda OPEK davlatlarining neft qazib olishni kamaytirish boʻyicha uzoq choʻzilgan bahs-munozaralari... Qisqasi, ongli mavjudotning baʼzi qilgʻiliklari oʻziga yomonlik tilab olish, ona tabiatning qahrini keltirishga oʻxshaydi. Mana, hozir dunyo ahli shunday jiddiy ofat bilan roʻbaroʻ boʻlib turibdi — viruslar ichra eng “tojdori”ni daf etolmay ovora. Azaldan toʻrt devor orasida oʻtirishni ogʻir jazoday qabul qilgan inson bolasi endi oʻz ixtiyori bilan uyga qamalishga majbur. Pandemiya sharoitida bundan oqilona chora topilgani yoʻq.
Albatta, salomatlik — bebaho neʼmat. Tanamizga hatto kichkinagina bir tikan kirsa ham jonimiz ogʻriydi. Yaxshi niyatli insonlar boshqalarga ham yomonlikni ravo koʻrmaydi. Yer yuzida kasallik boʻlmasa, hech kim hayot bilan bevaqt vidolashmasa, deydi. Ammo “koronavirus” (COVID-19) degan laʼnati oʻlat ayni shu ojiz nuqtamizga zarba berdi. Millionlab odamlar ushbu kasallikni yuqtirib oldi. Minglab kishilar u tufayli vafot etdi. Eng yomoni, bu miqdor kundan-kunga oshib boryapti. Hali jahon ahli bu xastalikni bartaraf eta olgani yoʻq. Virusni butunlay hayotimizdan haydab chiqarishga erishsak ham, u qoldirgan asoratlar biz uchun ancha vaqtgacha “boshogʻriq” boʻladi. Katta-kichik mamlakatlar, hatto “tojdor” balo yetib bormagan davlatlarning ham pandemiyadan soʻng avvalgi qaddini tiklab olishiga yillar ketadi. Shuning uchun ham sayyoramizda hayot oʻz oʻzaniga qaytishi uchun qator islohotlar zarur.
Toʻgʻri ilgʻadingiz, gap jahon iqtisodiyotining kelajagi haqida! Eng mayda zarraga teng “koʻrinmas yov” manaman degan davlatlarni ham tang ahvolga solib qoʻyayotganini koʻrib turibmiz. Buni obrazli qilib, “dunyo iqtisodiyoti qatagʻonga duch keldi”, deyish mumkin. Barcha yirik moliyaviy tashkilotlar jahon iqtisodiyotining yaqin istiqboldagi taqdiri xususida prognozlarini eʼlon qilmoqda. Bu bashoratlarning qanchalik haqiqatga yaqinligi esa, birinchi navbatda, koronavirusning qay darajada davomiyligiga bogʻliq.
Taxminlar oʻzini oqlaydimi?
COVID-19ning iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganish juda muhim. Bu uning har bir indikatori va sektori kesimida, alohida tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak. Masalan, YAIM, ishsizlik, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, turizm, xizmatlar sohasi, moliya bozori va hokazolar misolida. Oʻz navbatida, mazkur tadqiqotlar shunchaki iqtisodiy prognoz boʻlib qolishi va istiqbolda hech qanday ahamiyat kasb etmasligi mumkinligini ham inobatga olish joiz.Qarang, soʻnggi 3-4 oy ichida dunyo boʻyicha shu mavzuda 30 mingdan ortiq maqolalar eʼlon qilinibdi. Birgina nufuzli “Elsevier” platformasining oʻzida 21282 ta tadqiqot ishi natijalari ilmiy maqolaga aylantirilibdi. Ammo ular orasida pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga yoki milliy iqtisodiyotlarga taʼsiriga bagʻishlanganlari kam va ana shu ilmiy materiallar maʼlum bir fikrga ega shaxslarning qarashlari hamda prognozlari bilan cheklangan. Bunday holatning yuzaga kelishi sabablari turlicha. Eng avvalo, pandemiyaning davomiyligini hech bir davlat aniq bilmaydi. Vaholanki, koronavirusning iqtisodiyotga taʼsirini tahlil qilish uchun buni bilish juda muhim. Aks holda, prognozlar taxminligicha qolaveradi.Shunga qaramay, bir guruh iqtisodchi olimlar koronavirusning iqtisodiyotga salbiy taʼsiri toʻgʻrisida ilmiy xulosalarini eʼlon qilishmoqda. Xususan, “Corficolombiana” kompaniyasi bosh iqtisodchisi J. Romero “tojdor” virusning global iqtisodiyotga taʼsirini haqiqiy boʻronga qiyoslaydi. Chunki hozirgi kunda turizm va tovarlar taʼminoti “zanjir”lariga yetkazilgan zarar shunchalik jiddiyki, bu moliyaviy tizimga ham salbiy taʼsir koʻrsatmasligi uchun hukumat tomonidan muhim choralar koʻrilishi zarur.
Bizning fikrimizcha, COVID-19 keltiradigan iqtisodiy talafotlar muhokamasini, avvalo, mamlakat aholisi turmush sharoitini tahlil qilishdan boshlash kerak. Zero, odamlarimizning aksariyat qismi kunlik daromad topadigan, mavsumiy va oʻzgaruvchan xarakterga ega sohalarda faoliyat yuritishadi. Agar mamlakat iqtisodiyoti inqirozga uchrasa, ular ham butkul xonavayron boʻladi, degan stereotiplar ham uchrashi tabiiy. Demak, koronavirusning iqtisodiyotga taʼsirini aholi daromadlariga bogʻlagan holda oʻrganish muhim.
“Domino effekti”
Iqtisodiyotning qaysidir sektorida qandaydir bir salbiy holat yuzaga kelsa, qolgan jabhalar ham bundan ziyon koʻradi. Buni “domino effekti” deyishadi. Hozir dunyo iqtisodiyoti ayni shu effekt qurboniga aylangan. Koronavirus yetib borgani yoki bormaganidan qatʼi nazar, rivojlangan mamlakatlar qatori eng qoloq davlatlar iqtisodiyoti ham zarar koʻrmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining iqtisodiy prognoziga koʻra, dunyoda YAIM koʻrsatkichining 2020-yil yakunlari boʻyicha oʻsishi 2,4 foizni tashkil qiladi. Bu miqdor 2019-yil boʻyicha 2,9 foizga teng edi. Joriy yil yakunlarida oʻtgan yildagiga nisbatan yana 0,5 foiz pasayish boʻlishi taxmin qilinyapti. Demak, mazkur kasallikning tarqalishidan barcha davlatlar iqtisodiy zarar koʻradi, makroiqtisodiy koʻrsatkichlari joriy yil yakuniga kelib pasayadi, hatto ayrim hollarda qulashi ham mumkin.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan prognozlar esa yuqoridagilardan bir oz farqli. Xususan, unda qayd etilishicha, butunjahon YAIM koʻrsatkichi keskin qulaydi, yaʼni 2020-yil nihoyasida 3 foiz kamayib, 0,1 foizga tushadi. Biroq 2021-yilga borib, iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanishi natijasida 5,8 foizlik marraga erishiladi.
Xitoy misolida koronavirusning naqadar xavfli oʻlat ekanligini tushunib yetgan mamlakatlar zudlik bilan unga qarshi choralar koʻra boshlaganidan xabaringiz bor. Dastlabki bosqichda barcha chegaralar yopildi, davlatlar hududida karantin rejimi eʼlon qilindi, korxona hamda tashkilotlarda masofaviy mehnat faoliyati joriy etildi va eng muhimi, virusga qarshi kurashish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga koʻmaklashish uchun alohida jamgʻarmalar tashkil etildi. Ushbu fondlar pandemiyaning iqtisodiy asoratlarini yumshatishga qaratilgan boʻlib, birinchi navbatda, aholi zaif qatlamini himoya qilishni davlat oldiga eng asosiy vazifa sifatida qoʻydi.Jamgʻarmalarni shakllantirishda aksariyat davlatlar koʻproq tashqi qarz mablagʻlaridan foydalanmoqda. Jumladan, Oʻzbekistonda ham Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari manbaining qariyb 6 foizi (598,5 milliard soʻm) Davlat byudjeti hissasiga toʻgʻri keladi. Qolgan qismi xorijiy moliyaviy tashkilotlar qarzi hisobiga shakllantirilishi koʻzda tutilmoqda.Mazkur jamgʻarma tomonidan, avvalo, iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan. Misol uchun, korxona va tashkilotlarga iqtisodiy yordam koʻrsatiladi. Davlat kafilligi taqdim etiladi. Mamlakat aholisi hamda tashkilotlarning kredit va boshqa qarzlari qoplab beriladi (kredit taʼtili evaziga). Eng katta zarar koʻradigan soha — turizmga nisbatan soliq yukini kamaytirish, litsenziyalarni bekor qilish, talablarni yumshatish kabi choralar tatbiq etiladi. Yollanma xodimlar qoʻllab-quvvatlanadi va ish oʻrinlari qisqarib ketishining oldi olinadi. Binobarin, davlat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlar ish haqi va unga tenglashtirilgan mablagʻlar bilan taʼminlanadi. Ehtiyojmand oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berib turiladi hamda tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Stipendiya va nafaqalarning oʻz vaqtida berilishiga eʼtibor qaratiladi.Ikkinchidan, pandemiyaga qarshi kurashda faoliyat olib boruvchi tibbiyot xodimlari ragʻbatlantirilib, yangi tibbiy maskanlar barpo etiladi va zarur tibbiy jihozlar xarid qilinadi. Va eng muhimi, mamlakatda ijtimoiy tartib saqlanadi.
Toʻqqiz yirik asorat
Iqtisodiy nuqtayi nazardan pandemiyaning salbiy roli kasallangan odamlar soni bilan emas, balki iqtisodiy oqibatlari yoki asoratlari bilan aniqlanadi. Xoʻsh, bu nimalarda namoyon boʻladi?
Birinchidan, iqtisodiy prognozlar pasayishi kuzatiladi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish faolligi tushib ketadi. Pandemiya sharoitida davlatlar koʻplab ishlab chiqarish korxonalari eshigiga vaqtincha qulf osishga majbur boʻldi. Xususan, Xitoyda fevral-mart oylarida ishlab chiqarish faolligi rekord daraja — 40,3 foizga tushib ketdi.Uchinchidan, koronavirus pandemiyasi xizmat koʻrsatish sohasiga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Isteʼmolchilarning chakana savdo, restoran va transport xizmatlariga sarflaydigan xarajatlari kamaydi.
Toʻrtinchidan, neft narxi qulaydi. Bu dunyo boʻylab ishlab chiqarish faolligi susayishi bilan bogʻliq.
Beshinchidan, moliyaviy bozorlarda xaos yuzaga keladi. COVID-19 tarqalishi va uning global iqtisodiyotga taʼsiri bilan bogʻliq xavotiru qoʻrquvlar investorlar hissiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Oqibatda yirik fond bozorlarida aksiyalar narxlari keskin pasayib ketdi.
Oltinchidan, obligatsiyalar daromadliligi pasayadi. Virusning butun dunyo boʻylab tarqalishi borasidagi xavotirlar bunga sabab boʻladi. AQSH hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan mamlakat xazinalari investorlar uchun hozirgiday beqarorlik davrida eng afzal va xavfsiz aktivlar hisoblanishini eshitgandirsiz. Biroq, hattoki, AQSH bondlarining daromadlilik darajasi ham oʻtgan oylarda 1 foizdan past koʻrsatkichni qayd etdi. 10 yillik obligatsiyalar daromadlilik darajasi eng past koʻrsatkich — 0,3 foizga tushib ketdi. Bu — tarixda kuzatilmagan holat.
Yettinchidan, xalqaro ishsizlik koʻrsatkichi oshib ketadi. Chunki baʼzi davlatlarda karantin yoki favqulodda holat eʼlon qilinishi xodimlarning ishdan boʻshatilishiga olib keldi. Xususan, AQSHda 17 milliondan ortiq kishilar hukumatga ishsizlik nafaqasi soʻrab murojaat qildi. Bu shuncha odam pandemiya tufayli ishsiz qolganini anglatadi.
Sakkizinchidan, xalqaro turizm koʻrsatkichlari keskin tushib ketadi. Sayyohlik jahon iqtisodiyotining yirik tarmoqlaridan biri ekanligi va undan keladigan yillik daromad 2019-yil yakunlari boʻyicha 5,7 trillion dollarni tashkil etganini hisobga olsak, muammo koʻlami naqadar katta ekanligi oydinlashadi. Qolaversa, deyarli 330 million kishi yoki dunyodagi ish bilan band insonlarning deyarli 10 foizi turizm sektorida ishlaydi. Sayyohlik koronavirus pandemiyasi oldida eng zaif sohaga aylandi.Sayru sayohatlarni-ku qoʻya turaylik, dunyo boʻylab yuz minglab kishilar ishtirok etishi rejalashtirilgan yirik anjuman va tadbirlar bekor qilinishi, davlatlar chegaralari yopilishi, xalqaro aviaqatnovlar toʻxtatilishi sektor rivojiga ozmuncha ziyon yetkazyaptimi?!
Toʻqqizinchidan, tovar va xizmatlar eksport-importi deyarli toʻxtadi. Xalqaro savdo tashkiloti 2020-yilda jahon savdosi koʻrsatkichlarining tushish darajasi 13 va 32 foiz orasida boʻlishini bashorat qilayotir.
Cheklovlar bizga nimalarni oʻrgatdi?
Tanganing ikki tomonini koʻrishga daʼvat etishadi donolar. “Har yomonlikda bir xayr bor”, degan naql ham bor xalq orasida. Shu maʼnoda, el boshiga ish tushgan hozirgiday sharoitda pandemiya bizga taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni ham tuhfa etdi. Qanday deysizmi? Masalan, karantin tufayli onlayn savdolar va yetkazib berish xizmatlari jadal rivojlana boshlagani fakt! Oʻz navbatida, iqtisodiyotning raqamlashtirilishi darajasi bir necha barobar oshgani ham rost. Qolaversa, xodimlarni mehnatga jalb qilishning yangi imkoniyatlari yuzaga kelganini ham inkor qilolmaymiz.
“Onlayn-banking” xizmati taraqqiy etgani, virtual turizmning yangi koʻrinishlari paydo boʻlgani muvaffaqiyat emasmi?!
Masalaning boshqa jihati ham bor. Karantin rejimi eʼlon qilinganidan soʻng har bir oila oʻz isteʼmolidan kelib chiqib, bir oyda qancha mablagʻ hisobiga roʻzgʻor tebratish mumkinligini hisoblab chiqishdi. Bundan tashqari, uy sharoitida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish imkoniyatlari yuzaga keldi. Binobarin, animatsion kinoindustriyaga katta yoʻl ochilishi, banklararo protsessing xizmatlari yana-da jadallashishi ham muhim yangiliklar sirasidan.
Albatta, bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Sanaganlarimiz esa eng asosiy jihatlardir.Bashoratlarga emas, oʻz kuchimizga tayanamiz!
Eʼtirof etish kerakki, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasida Oʻzbekiston tanlagan yoʻl oqilona. Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 19-martda “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Ushbu hujjat asosida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tashkil etilib, uning mablagʻlari hisobidan qaysi sohalar birinchi navbatda moliyalashtirilishi belgilandi. Bu esa pandemiyaning iqtisodiy asoratlarini yumshatish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Shu oʻrinda xalqaro moliyaviy tashkilotlarning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga doir prognozlariga toʻxtalmoqchimiz. Misol uchun, Jahon banki tomonidan Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti koʻrsatkichi 2020-yil yakunlari boʻyicha 1,6 foiz oʻsishi taxmin qilingan. Bu 2019-yildagiga nisbatan 4 foiz past koʻrsatkichdir. 2021-yilga borib esa iqtisodiyotimiz yana rivojlanish holatiga qaytadi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonning makroiqtisodiy zaxiralari, xavfsizlik tarmoqlari va davlat muassasalari hamda inqirozga qarshi siyosat taʼminlangan oilalar qatlamining ijtimoiy himoyasiga yordam berishi mumkin.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi prognozlari ham shunga yaqin. Yaʼni Oʻzbekistonda YAIMning oʻsish koʻrsatkichi 2020-yil yakunlariga koʻra 1,8 foizni tashkil etishi bashorat qilingan. 2021-yil yakuniga borib esa YAIMning oʻsish koʻrsatkichi 7 foizni tashkil qilishi kutilyapti.
Albatta, prognoz degani, bu — taxmin. Yil yakunlari boʻyicha ijobiy oʻsish surʼatlariga erishish bugungi saʼy-harakatlarga koʻproq bogʻliq. Shu bois hozirgi kunda Prezidentimiz, Hukumatimiz va barcha darajadagi rahbarlar tomonidan koronavirus inqiroziga qarshi kurashish borasida muhim qarorlar qabul qilinmoqda. Chunonchi, Markaziy bank rahbariyati kredit taʼtillarini eʼlon qilishi, qayta moliyalashtirish stavkasini pasaytirishi, inflyatsion targetlash maqsadidan chetga chiqmayotgani diqqatga sazovordir.
Bu borada Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni uch qismga boʻlib oʻrganishimiz mumkin. Birinchisi bevosita pandemiya bilan bogʻliq. Yaʼni karantin markazlari, yangi kasalxonalar qurish, dori-darmon, tibbiyot jihozlari sotib olish boʻlsa, ikkinchisi aholini ijtimoiy himoya qilishga doirdir. Bunga Prezidentimiz Farmon va qarorlari ijrosi doirasida bolali oilalarga berilayotgan nafaqalar muddatini choʻzish (tegishli mablagʻlar ajratgan holda), ishsiz, band boʻlmagan aholi uchun jamoat ishlarini tashkil qilish maqsadida qoʻshimcha mablagʻlar ajratish kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Uchinchisi bandlikni va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 3,6 trillion soʻm mablagʻ ajratilganidir.
Shuningdek, Moliya vazirligi byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar toʻxtatilishi, davlat ulushiga hisoblangan dividendlar toʻligʻicha byudjetga oʻtkazilishini bildirgan.
Bulardan koʻrinadiki, hozir davlatimiz bor kuch va imkoniyatini nafaqat bu ofatni, balki uning asoratlarini ham bartaraf qilishga safarbar etgan.
Hamjihatlik — eng zarur chora. Pandemiyaning yakuniy koʻlamini hech kim aniq aytib berolmaydi. Iqtisodiy prognozlar ham toʻgʻri boʻlib chiqmasligi mumkin. Shunday ekan, bugungi sinovli vaziyatda ertangi kuni uchun qaygʻurgan davlatlar koʻp yutqazmaydi. Yaqinda Oʻzbekistonda karantin eʼlon qilinganidan soʻng “Telegram” messenjerida aholi jamgʻarmalari boʻyicha oʻtkazilgan norasmiy soʻrovnoma natijalari eʼtiborimizni tortdi. Unda qatnashgan yarim milliondan ortiq aholining 35 foizi kun kechirish uchun hech qanday jamgʻarmaga ega emasligini taʼkidlabdi. Ishtirokchilarning 50 foizi esa shaxsiy zaxiralari 1 oyga yetishini qayd etibdi. Soʻrovnomada, asosan, urbanizatsiyalashish darajasi yuqori boʻlgan hududlar (shaharlar, tuman markazlari)da yashovchi yurtdoshlarimiz qatnashganini inobatga olsak, mamlakatning 90 foiz aholisida karantin sharoitida kun kechirishlari uchun bir oyga yetar-yetmas zaxira bor, degan xulosa kelib chiqadi. Bu ishlab topgan daromadlarimizni notoʻgʻri va samarasiz taqsimlayotganimizni tasdiqlaydi. Yaʼni bu orqali mamlakatimiz aholisining moliyaviy savodxonlik darajasi yetarli emasligini aniqlashimiz mumkin.Ushbu vaziyatda hamyurtlarimizning jamgʻarmalari mavjud boʻlishi uchun ularni moliya bozoriga jalb etish, bank omonatlari, fond bozorlari va investitsiyalar kabi imkoniyatlardan foydalanishga oʻrgatish zarur. Shunda davlat uchun aholiga pul topib berish emas, balki oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasi ustuvor vazifaga aylanadi. Negaki, 90 foiz odamlarimizning oziq-ovqat xarid qilishga mablagʻi yetarli boʻlmasa, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda hech qanday mantiq qolmaydi. Shu bois davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish boʻyicha qilgan murojaatida “Xalqimiz oʻz tarixida qanday ogʻir tabiiy ofatlarni koʻrgan boʻlmasin, Qodir Allohning marhamati bilan, oʻzining kuch-qudrati, vazminligi va donishmandligi orqali ularning barchasini yengib oʻtgan”ini taʼkidladi.
Shunday ekan, mehnatkash xalqimiz hamjihatlikda ushbu inqirozni yengib oʻtishi, hukumat esa ushbu davrda xoʻjalik yuritishning davlat-xususiy sheriklik shaklini samarali tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.Qimmatli qogʻozlarga ehtiyoj katta. Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi, asosan, xalqaro moliyaviy tashkilotlar mablagʻlari evaziga shakllantirilishini yuqorida aytdik. Ammo mablagʻ jalb qilish uchun puxta hisob-kitob va mashaqqat talab etiladi. Shularni hisobga olgan holda, hozirgi sharoitda “yevrobond”larning emissiya qilinishi ayni muddao, deb hisoblaymiz. Fikrimizcha, “yevrobond”larni chiqarish xalqaro tashkilotlar tomonidan olinadigan yordam mablagʻlarining qaytarilish shartlariga qaraganda ancha soddaroq va foydaliroq. Bu esa pirovardida mamlakat tashqi qarzlarida ijobiy rol oʻynaydi.
Shu bilan birga, yirik korxona va tashkilotlar, shuningdek, tijorat banklari oʻz obligatsiyalarini jahon moliya bozorlariga muomalaga chiqarishga harakat qilishi davr talabidir.Bugun dunyoda yuz berayotgan jarayonlar va ularga nisbatan koʻrilayotgan choralarni tahlil qilganda bir narsa ayon boʻladi: iqtisodiyoti tovar va xizmatlar, xom ashyo va texnologiyalar importiga yoki faqat xizmatlar sohasi, xususan, turizmga bogʻliq boʻlgan davlatlar koronavirusdan katta zarar koʻrishi ehtimoli yuqori.Iqtisodiy tanazzulga uchramaslik esa davlatning oqilona siyosati evazigagina amalga oshiriladi. Shoshmashosharlik bilan qabul qilingan qarorlar esa mamlakatni muqarrar inqirozga yetaklashi mumkin.
Insonlar umrini saqlab qolish va sogʻliqni saqlash tizimiga investitsiya kiritish eng ustuvor vazifaga aylanmogʻi shart. Shuningdek, aholining eng zaif qatlamini himoya qilish tizimini mustahkamlashda iqtisodiy xarajatlar puxta hisob-kitob qilinganligini taʼminlash talab etiladi. Zero, pandemiya xususiy sektor va tadbirkorlikni qisqa muddatli kreditlar, soliq imtiyozlari yoki subsidiyalar orqali qoʻllab-quvvatlashni taqozo etadi. Bu esa nafaqat oʻzimizni omon saqlash va bu baloi ofatdan qutulish, balki uning asoratlarini ham yengillashtirish kafolatidir.


1.2. O’zbekistonda COVID 19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar


Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri hisoblab chiqilmoqda – Bosh vazir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deya e'tirof etilgan koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri, kutilayotgan zarar ko‘lami hisoblab chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 15 mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov
“[Koronavirusning iqtisodiyotga ta'siri] hozir hisoblanyapti. Ayni paytda hech qaysi davlat zarar miqdorini aniq aytolmaydi. Amerika ham, Yevropa ham, boshqasi ham aytolmaydi. Chunki [pandemiya] qancha davom etishini hech kim bilmaydi. Lekin yana bir marta qaytarib aytaman, moliyaviy zaxira bo‘yicha o‘zini hurmat qiladigan har bir davlat budjetida favqulodda holat uchun maxsus mablag‘ zaxiralanadi. Bizda ham xuddi shunday mablag‘ zaxiralangan. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligini jalb qilgan holda turli ssenariylar bo‘yicha [hisob-kitob] tayyorlanmoqda”.
Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta'kidlashicha, koronavirusning keng yoyilishi oqibatida O‘zbekiston iqtisodiyoti qancha zarar ko‘rishiga doir raqamlarni aytishga hali erta. “Albatta, [pandemiyaning] ta'siri bo‘lishi ehtimoli katta. Bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Buni aniq raqamlar bilan aytishga hali vaqtli. Lekin har bir davlatning o‘ziga yarasha salohiyatli budjeti bor. Qandaydir ta'sir bo‘lsa, uni hukumat darajasida ko‘rib, nimanidir qisqartirib, xarajatni boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirish – amalga oshirsa bo‘ladigan narsa. Bunday holatlarda albatta [shunday] qilinadi”, - dedi Ishmetov.
Moliya vaziri Timur Ishmetov
Moliya vaziri OAV vakillaridan bunday vaziyatda iqtisodiy masalalar yuzasidan asossiz hisob-kitoblarni e'lon qilish, rasmiy idoralarda ishlamaydigan kishilarning “o‘zicha” qilgan hisob-kitoblarini odamlarga tarqatib, ularni qo‘rqitmaslikni so‘radi. Vazir bu biznes sohasi vakillarini vahimaga solib, narxlarning sun'iy oshirilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta'kidladi.
Keling, so‘zimizni fransiyalik sham ishlab chiqaruvchilarning deputatlar palatasiga yozgan petitsiyasidan boshlasak. Petitsiyaning mazmuni taxminan shunday: “Hurmatli janoblar, sizlarga fransiyalik mahalliy ishlab chiqaruvchilarni, xususan, sham ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida ajoyib taklif bermoqchimiz. Bugungi kunda sizlar hamma ishlab chiqaruvchilarga birdek imkoniyatlar berish ustida bosh qotiryapsizlar va albatta, bu to‘g‘ri. Lekin bizga shunday bir raqobatchi paydo bo‘ldiki, u paydo bo‘lishi bilan bizning butun savdomiz to‘xtab qoladi. Bu qanday raqobatchi, dersiz? Bu eng katta raqobatchi – quyoshdir. Sizlardan iltimos, shunday qonun chiqaringki, unga ko‘ra, fuqarolar har qanday quyosh nuri tushishi mumkin bo‘lgan tirqishni berkitsin. Shunda sham ishlab chiqarish uchun shuncha ko‘p cho‘chqa yog‘i ishlatiladi. Bu degani mamlakatda cho‘chqa, mol, qo‘y va echkilar soni shuncha ko‘payadi, mamlakat bozorlari arzon go‘sht, teri va junga to‘yinadi. Eng muhimi, mamlakatning boyligi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi arzon va tabiiy o‘g‘it bilan ta’minlanadi. Minglab kemalarimiz kit ovlash uchun otlanadi, pirovardida esa, mamlakat kuchli flotga ega bo‘ladi. Nahotki, vatanparvar sifatida siz buni istamaysiz”.
Yuqoridagi petitsiyaning mavzumizga nima daxli bor, dersiz? Aytish mumkinki, iqtisodiyot voqea va hodisalarning bir butunligini, ularning yaxlit tizim ekanligini ifoda etuvchi jarayon va munosabatlar yig‘indisidir. Bugungi kunda iqtisodiy jarayonlarning tobora chuqurlashib borayotganligi, bir iqtisodiy jarayonning ikkinchi bir jarayonni keltirib chiqarishini taqozo etadi. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda koronavirus epidemiyasi global iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda: fond bozorlarining indekslari tushib bormoqda; kompaniyalar mablag‘larni tejash maqsadida o‘z byudjetlarini qisqartirmoqda; korxonalar qisqartilgan ish tartibiga o‘tmoqda.


II-BOB Pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri

2.1 Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga ta’siri


Dunyo mamlakatlarida koronovirus epidemiyasining tarqalishi
Dunyo fond birjalarida bunday keskin pasayish o‘n yillardan buyon kuzatilmayotgan edi. Reuters agentligining hisob-kitoblariga fevral oyining oxirgi haftasi 2008 yilda boshlangan moliyaviy inqiroz davridan buyon kuzatilgan iqtisodiy va moliyaviy jihatdan eng noxush hafta bo‘ldi. Butun dunyoda investorlar vahima ostida aksiyalarni sotishga tushdilar, rivojlanayotgan bozorga ega bo‘lgan mamlakatlarning valyutasi, xom ashyo kontraktlari narxi keskin qadrsizlana boshladi. Koronavirus vahimasi ortida oxirgi kunlar ichida jahon fond birjalarida 10 trillion dollar yo‘qotildi. Aksiyalar narxi nafaqat AQSh fond birjalarida, balki Yevropa va Osiyoda ham tushib ketgan. Yaponiyaning tayanch indeksi Nikkei 225 6 mart kuni 2,7 foizga, Janubiy Koreya indekslari 2,2 foizga, Hongkong birjasi indeksi 2,3 foizga, Xitoyning SHCOMP indeksi 1,3 foizga tushib ketgan. Yevropadagi fond birjalari Yevropa davlatlarida koronavirus jadal tarqalayotgani haqidagi xabarlar ortidan 3-3,6 foizga pasaygan. Osiyo fond birjalarida ham 9 mart holatiga ko‘ra keskin pasayish kuzatildi.
Osiyo mamlakatlari fond bozorida indekslarning pasayishi
2020 yil haqida so‘z borar ekan, bu o‘z navbatida “Nahotki dunyo iqtisodiyoti koronovirus epidemiyasi tufayli keng qamrovli iqtisodiy inqiroz yoqasiga kelib qolgan bo‘lsa?” – degan savolni uyg‘otishi tabiiy. Yaqin-yaqingacha xalqaro ekspertlar koronovirus epidemiyasi keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risida gapirishga hali erta, deb hisoblab keldilar. Biroq, fevral oyining oxiri va mart oyining boshlarida “retsessiya” tushunchasi ko‘p ishlatila boshlandi va iqtisodiy rivojlanishning bo‘lg‘usi ko‘rsatkichlari borasida pessimistik bashoratlar turli iqtisodiy nashrlarning birinchi sahifasida qayd etilmoqda.
Xususan, bugungi kunda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ekspertlarining tahlillariga ko‘ra, Hindiston iqtisodiyoti 1,1%, Xitoy iqtisodiyoti 0,8%, AQSh iqtisodiyoti 0,1%, Fransiya iqtisodiyoti 0,3%, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 0,2%, Germaniya iqtisodiyoti 0,1%, Yaponiya iqtisodiyoti 0,4%, Italiya iqtisodiyoti 0,4%gacha pasayishi kutilmoqda.
Deutsche Bank’ning bosh iqtisodchisi va DB Research tahlil markazining rahbari David Folkerts-Landau(David Folkerts-Landau)ning fikricha, koronovirus tufayli Germaniya va Yevropa Ittifoqida va ayniqsa Italiya iqtisodiyotida kuchli retsessiya holatlari kuzatiladi. Shu sababli Italiya hukumati koronovirus tufayli iqtisodiyot tarmoq va sohalari ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash maqsadida 3,6 milliard yevro ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bundan tashqari, sal avvalroq Italiya hukumati koronovirusdan katta zarar ko‘rgan hududlarga 900 million yevro ajratilganligini ma’lum qilgan edi. Haqiqatdan ham bugungi kunda Italiyadagi vaziyat qattiq tashvish uyg‘otadi: 12 mart, payshanba tongiga kelib 12 500 ga yaqin inson koronavirusdan zararlangan, ulardan 827 kishi vafot etgan, 1 045 kishi esa tuzalib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada kasallikka chalinganlarning qariyb 6,64%i o‘lim holati bilan yakun topmoqda.Eronda koronovirus bilan kasallanganlar soni 10 075, vafot etganlar esa 429 kishini (4,26%ni) tashkil etdi. Kasallikdan vafot etganlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda Xitoy (3,91%), to‘rtinchi o‘rinda esa AQSh (2,87%) qayd etilgan.Har million kishiga nisbatan koronovirus bilan kasallanganlar soni borasida Janubiy Koreya birinchi o‘rinda (142,1), Italiya ikkinchi o‘rinda (121.9), Eron uchinchi o‘rinda (80.9), Xitoy esa to‘rtinchi o‘rinda (58.3) qayd etilgan.
Shu bilan bir qatorda, bank mutaxassislarining tahlillariga ko‘ra, dunyo iqtisodiyotining sekinlashishi unchalik katta bo‘lmasada, butun dunyo miqyosida global retsessiya holatlari kuzatiladi. Taqdim etilayotgan ssenariyga ko‘ra, koronovirus bilan dunyo bo‘ylab 3 millionga yaqin odam kasallansa, undan vafot etganlar soni taxminan 30 mingtani tashkil etadi. Ayni paytda epidemiya qurbonlarining rasmiy soni 4 200 dan oshiqroqdir. Bu ma’lumotlar kun sayin yangilanib borayotgani katta tashvish uyg‘otadi.
XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva 4 mart, chorshanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida koronavirus epidemiyasi tufayli xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) jahon iqtisodiyoti uchun 2020 yilga mo‘ljallangan avvalgi prognozini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Uning fikricha, voqealar rivojining salbiy tus olishiga tayyorgarlik ko‘rish kerak va koronavirusning dunyo iqtisodiyotiga noxush ta’siri tezda bartaraf bo‘lishini kutmaslik lozim. “Agar virus tezda jilovlangan taqdirda ham uning salbiy oqibatlari dunyo va Xitoy iqtisodiyotidagi o‘sishga ta’sir qiladi. Tabiiyki, biz vaziyatning tezda o‘nglanib olishidan umidvormiz. Ammo hozirgi vaqtdagi noaniqlikni hisobga oladigan bo‘lsak, voqealar rivojining juda noxush tus olishiga tayyor turishimiz shart”, dedi u.
Hozirgi kunda dunyo moliyaviy bozorlarida bitimlar kamaymoqda. Chegaralarning yopilishi, aholi qatnovining to‘xtashi natijasida iste’mol ham, ishlab chiqarish ham pasaymoqda. Bu birinchi navbatda jahon savdosi sur’atlarining pasayishini anglatadi. Shu munosabat bilan bugungi kunda XVJ va Jahon banki koronovirusga qarshi kurashish maqsadida rivojlanayotgan va kambag‘al mamlakatlarga salkam 50 milliard AQSh dollari miqdorida kredit malag‘lari ajratish borasida qaror qabul qildi. AQSh 2008 yildan buyon birinchi marotaba “koronovirus inqirozi” oqibatlarini minimallashtirish maqsadida foiz stavkasini birdaniga 0,5 punktga pasaytirdi.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Xitoyda aniqlangan va bugungi kunga kelib dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarini qamrab olgan koronovirus pandemiyasi dunyo iqtisodiyotiga quyidagicha ta’sir ko‘rsatish mexanizmiga ega bo‘ladi:
1. Koronovirus tarqalishi xavfining ortishi oqibatida mamlakatlar chegaralarni vaqtincha yopishga, kirish-chiqish tizimini qattiq nazorat qilishga majbur bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida yo‘lovchi va yuk tashish borasida transport-logistik xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning moliyaviy holatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi va katta ehtimol bilan aytish mumkinki, mazkur kompaniyalarning kattagina qismi inqirozni boshidan kechiradi.
Fikrimizning tasdig‘i sifatida shuni aytishimiz mumkinki, so‘nggi bir oy ichida aviatashuvlar quvvati Tayvanda 90,4%, Gonkongda 85,6%, Vetnamda 85,9%, Tailandda 76,2%, Malayziyada 75,2%, Yaponiyada 74,6%, Janubiy Koreyada 69,3 %, Rossiya Federatsiyasida 67,4%, Kanadada 58,2%, Kambodjada 45,5%gacha pasaygan.Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi – IATA’ning ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiyaning tarqalish shiddatidan kelib chiqqan holda, dunyo aviakompaniyalarining 2020 yildagi yo‘qotishlari 63 milliard dollardan 113 milliard dollargachani tashkil etishi mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi uchun ham bu holat xosdir.
Dunyoning ayrim mamlakatlarida avitashuvlar quvvatining pasayishi, % hisobida
2. Koronovirus pandemiyasining dunyo mamlakatlari bo‘ylab keng tarqalishi asnosida sayyohik xizmatlar bozori juda katta inqirozni boshidan kechiradi. Xususan, Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra Xitoyga har yili 60 milliondan ortiq, Fransiyaga 86,9 million, Ispaniyaga 81,8 million, AQShga 76,9 million, Italiyaga 58 milliondan ko‘proq sayyoh tashrif buyuradi.
Turizm sohasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bandlik, valyuta va soliq tushumlarining asosiy manbai hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sayyohik daromadlarning valyuta oqimi xorijiy donorlardan olinadigan barcha yordam oqimlaridan ancha katta. “World Travel & Tourism Council” ma’lumotlariga ko‘ra, sayohat va turizm uchun sarflangan har bir dollar uch dollardan ortiq iqtisodiy daromad keltiradi. Dunyo bo‘ylab ushbu sohada 100 milliondan ortiq ishchi ishlaydi, yuqori sifatli mehmonxonalar byudjet mehmonxonalaridan ikki barobar ko‘p ish o‘rinlari yaratadi.
Jahon Savdo Tashkiloti (JST) tomonidan sayyohlar soni 2020 yilga borib yiliga 1,6 milliard kishiga ko‘payishi, bu esa xalqaro turizmdan naqd pul tushumi 2020 yilga borib 2 trillion AQSh dollaridan ortishiga olib kelishi prognoz qilingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, jahon sayyohik xizmatlar bozoridagi vaziyat salbiy tus olishi aniq bo‘lib qoldi.2018 yilda 150 million Xitoy fuqarosi dunyo mamlakatlariga sayyoh sifatida chiqqan va va 277 milliard dollar mablag‘ sarflagan.
Bugungi kunga kelib, xorijiy sayyohlarni ko‘p qabul qiluvchi Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan biri bo‘lgan Italiya sayyohlik biznes vakillari uyushmasining rahbari Vittorio Messinaning so‘zlariga ko‘ra koronovirus tufayli 1,6 milliard yevro va 13 milliondan ko‘proq sayyohlarni yo‘qotishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. “Turizm va sayyohlik bo‘yicha butun jahon tashkiloti” (WTTC) Prezidenti Gloriya Gevara “Yel Mundo” gazetasiga bergan intervyusida Oxford Economics bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra koronavirus epidemiyasi tufayli dunyo turizm bozori 22 milliard dollar yo‘qotishi va jarayonlar yana salbiy tus olsa, bu ko‘rsatkich bir necha barobarga oshishi mumkinligini bildirib o‘tdi.
3. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi asosan iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorini qamrab olgan bo‘lsa, koronovirus tufayli dunyo iqtisodiyotidagi pasayishlar va aytish mumkinki, “koronovirus inqirozi” mamlakat ichida va mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-madaniy aloqalarning cheklanishiga ham olib kelmoqda.
Dunyoning barcha mamlakatlarida yaqin kunlar va oylar ichida o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli xil ijtimoiy-madaniy va sport tadbirlarini keyinroqqa surish yoki bekor qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) odamlar ko‘p to‘planadigan joylarga imkoni boricha bormaslik, zarurat tug‘ilmasa jamoat joylarida bo‘lmaslikni tavsiya qilmoqda. Bugungi kunda Xitoy koronovirus tufayli onlayn o‘qitishni keng joriy etishga kirishdi.
Yaqinda qiziq bir holat ko‘zga tashlandi: Italiyada bo‘lib o‘tgan futbol o‘yinlaridan birida mahalliy Peskara futbol klubining o‘yinchilari maydonga yuziga niqob taqqan holda tushdi, bu o‘z navbatida insonlar o‘rtasida “koronafobiya” avj olganligini ko‘rsatadi. 2020 yil yoz mavsumida ikkita katta sport musobaqasi, xususan, futbol bo‘yicha Yevropa chempionati (Yevropaning 12 ta shahrida) va Tokio shahrida Yozgi olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tibbiyot sohasi mutaxassislarining taxminlariga ko‘ra, koronavirus tarqalishi 2020 yilning yoz oylariga borib susayishi taxmin qilinayotganligini hisobga olsak, bu kabi keng miqyosli tadbirlarning o‘tkazilish vaqti shubha ostida qoladi.
4. Bugungi kunda Xitoy AQShdan so‘ng, ikkinchi kuchli iqtisodga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanadi. 2019 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning YaIMi 13,61 trillion dollarni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda, Xitoy eng katta energiya va xomashyo iste’molchisi hisoblanadi.
Bugungi kunda Xitoy dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan sementning 59 foizini iste’mol qiladi, bunday darajada ko‘p sement iste’mol qilinishi binolar, yo‘llar, ko‘priklar, muhandislik inshootlarining bunyod qilinishi bilan bog‘liq. Birgina, 2017 yilda Xitoyda dunyodagi 144 ta osmono‘par binodan 77 tasi qurib bitkazilgan. (Binolarning balandligi 200 metrdan oshiq!) Xitoy dunyodagi nikelning 57%idan foydalanadi. Mazkur metalldan zanglamaydigan po‘lat, turli sanoat qotishmalari ishlab chiqarish, elektr
batareyalar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Ushbu metalldan foydalanish darajasi so‘nggi bir necha yil ichida jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Dunyo bo‘yicha eritilgan po‘latning qariyb 50%i Xitoyda iste’mol qilinadi.
Dunyo bo‘yicha qazib olinuvchi misning qariyb yarmi Xitoy korxonalari tomonidan iste’mol qilinadi va bu metallga talabning o‘sib borishi elektronika, mashinasozlik, avtomobilsozlik va elektr tarmoqlarini barpo etishning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Qazib olingan ko‘mirning salkam 50 foizi Xitoyda yoqiladi, bugungi kunda mamlakat energetika balansida ko‘mirning ulushini pasaytirishga harakat qilayotgan bo‘lsada, buni tezkor amalga oshirishning imkoni yo‘q. Bugungi kunda Xitoy o‘zi iste’mol qilayotgan energiyaning 65%ini ko‘mirni yoqish hisobiga oladi. Xitoy bugungi kunda yiliga qariyb 200 milliard kub metr gaz iste’mol qiladi va bu mamlakat energiya balansining 5%ini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, neft iste’molining 14%i, alyuminiyning 47%i, oltinning 27%i, makkajo‘xorining 23%i, guruchning 31%i, paxtaning 33%i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Koronovirus tufayli Xitoy ishlab chiqaruvchilari energiya va xomashyo resurslariga talabni qisqartirmoqda, bu esa o‘z navbatida dunyo bozorlarida energiya va xomashyo resurslariga bo‘lgan narxning pasayishiga olib keladi.
5. Bugungi kunda Xitoy ko‘plab sanoat va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi yirik kompaniyalar uchun asosiy butlovchi va ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi “yirik fabrika” vazifasini bajarib kelmoqda. IHS Markit tahlillariga ko‘ra, bugungi kunga kelib, dunyo avtomobil ishlab chiqaruvchilarining yo‘qotishlari salkam 1,7 million donagacha yetishi bashorat qilinmoqda. Jahondagi Hyundai, Toyota, Tesla, General Motors va Volkswagen kabi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishda jiddiy muammoga duch kelishmoqda. Bugungi kunda Xitoy dunyo avtomobilsozlik korxonalariga ehtiyot qismlarning 28%dan oshiqroq qismini yetkazib beradi. Xuddi shunday holatni chakana savdo, qimmatbaho tovarlar iste’moli, elektronika va AKT sohalarida ham kuzatish mumkin. Bularning barchasi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun zaruriy mahsulot, butlovchi va ehtiyot qismlar, tovar va xizmatlarni o‘z vaqtida yetkazib berish borasida uzilishlarni keltirib chiqaradi. Xususan, bugungi kunda Xitoy farmatsevtika sanoati uchun substansiyalarni yetkazib beruvchi yirik ta’minotchi hisoblanadi. Yevropa savdo-sanoat palatasining Xitoydagi vakolatxonasi Prezidenti Yorg Vuttkening so‘zlariga ko‘ra, koronovirus tufayli Yevropa farmatsevtika sanoati jiddiy sinovlarga duch kelishi mumkin. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
6. Koronovirusning dunyo bo‘ylab tobora keng yoyilishi mamlakatlar aholisi o‘rtasida hukumatlarga bo‘lgan ishonchsizlikning ortib borishiga va bu esa keyinchalik mamlakat ichida turli xil siyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida tilga olib o‘tilgan jihatlarning barchasi 2020 yilda butun jahon iqtisodiyoti uchun iqtisodiy pasayish xavf solayotganligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy tahlil va bashoratlash borasida yetarlicha nufuzga ega bo‘lgan Oxford Economics’ning tahlillariga ko‘ra, 2020 yilda dunyo iqtisodiyotining o‘sishi 1,3%gacha sekinlashadi va yo‘qotishlar hajmi 1,1 trillion dollardan oshiqroqni tashkil etadi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, bularning barchasi hali bashoratlar, xolos. Xo‘sh, bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining birinchi sahifasidan tushmayotgan, tahlilchilar bu borada turli bashoratlarni ilgari surayotgan koronovirus epidemiyasining tarqalishi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qanday xavf va imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu o‘rinda “Dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida pasayish kutilayotgan bir paytda, imkoniyatlar haqida qanday so‘z bo‘lishi mumkin?” – degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Dastlab, koronovirus pandemiyasi oqibatida dunyo mamlakatlarida kuzatilayotgan iqtisodiy pasayish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqamiz.
Iqtisod fanlari doktori, BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi eksperti Sergey Voronin koronavirus tarqalishining dunyo va O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri yuzasidan Kun.Uz saytida e’lon qilgan maqolasida bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, mazkur maqolada O‘zbekistonning eksport va import hajmining pasayishi, mamlakatimizga kirib kelayotgan sayyohlar oqimining kamayishi, uzoq muddatli davrda Xitoyga gaz yetkazib berish hajmining kamayishi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun katta xavf tug‘dirishi, jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining o‘tgan yillarga nisbatan past darajada bo‘lishi haqida atroflicha so‘z yuritilgan.
Lekin shu o‘rinda e’tiborga olishimiz lozim bo‘lgan yana bir jihat bor. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida 2,5 million nafardan ziyod O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari mehnat qiladi va ular har yili o‘rta hisobda mamlakatimizga 7 milliard dollardan oshiqroq pul mablag‘lari jo‘natadi. Bugunga kelib, dunyo neft bozorida neft narxining keskin pasayishi (Brent markali neftning 1 barreli narxi 31,27 dollargacha tushdi, AQShda WTI markali (G‘arbiy Texas) neft narxi esa 27,34 dollargacha tushgan) natijasida rubl kursining dollarga nisbatan keskin pasayishi kuzatilmoqda (12 mart holatiga 1AQSh dollari 75,155 rublni tashkil etmoqda).
Tahlilchilarning fikricha, bu vaziyat yaqin oylar ichida ijobiy tomonga o‘zgarishi amri mahol. Vaziyatning bunday tus olishi mehnat muhojirlarining mamlakatga jo‘natayotgan pul o‘tkazmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ma’lumki, mehnat muhojirlari hisobiga mamlakatimiz mehnat bozoridagi vaziyat bir oz bo‘lsada, muvozanatlashgandir. Uzoq muddatli istiqbolda vaziyat o‘nglanmasa, mehnat muhojirlarining yoppasiga vatanga qaytishi mehnat bozorida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi tayin.
Mana shunday vaziyatda biz qanday yo‘l tutganimiz ma’qul? Bizningcha, koronovirus tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarni imkon darajasida kamaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim:
1. Mao Szedunning “O‘zgarishlar shamolini his qilgan odam, shamoldan o‘zini panalashi emas, aksincha, shamol tegirmonini qurishi lozim”, degan mashhur iborasiga amal qilgan holda, iqtisodiyotdagi soha va tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish dasturlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan davlat dasturini ishlab chiqish lozim. Bunda mahalliy tadbirkorlarimiz mazkur vaziyatni o‘ziga xos imkoniyat sifatida qabul qilishlari, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi bozorlar izlab topishga katta e’tibor qaratishlari lozim.
2. Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan globallashuv va integratsiya jarayonlarini tabiiy jarayon sifatida qabul qilish asnosida, mamlakatimizning yaqin qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashimiz talab etiladi.
3. Hozirda tarkib topgan vaziyat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mamlakat aholisining birlamchi ehtiyojlarini qondirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
4. Aholi, ayniqsa yoshlarimizning iqtisodiy tafakkurini o‘zgartirish, tibbiy madaniyatni oshirish, ijtimoiy hamjihatlikni yaxshilash orqali iqtisodiy faollikni kuchaytirish. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashni istar edikki, o‘zbek xalqining o‘ziga xosligi uning hamisha yaxshi niyat, yaxshi o‘y bilan yashashidadir. Biz bir bo‘lib, hamjihatlikda harakat qilsak, har qanday ofatu balo-qazolarni albatta yengib chiqamiz.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda.
Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari:



  • Xitoy;

  • Tojikiston;

  • Armaniston;

  • O‘zbekistonda.

past sur’atlari:

  • AQSh;

  • Buyuk Britaniya;

  • Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.

Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:

  • AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);

  • Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);

  • Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);

  • Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);

  • Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.

Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi

Manba: Review.uz sayti
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat:
birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir;
ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning ya’ni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi;
uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi:

  • biznes sub’yektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar bo‘yicha;

  • aholining iste’mol faolligiga;

  • hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qo‘llab quvatlash;

  • tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish;

  • ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash borasida aniq qarorlarni qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini oshirishda muhim dasturamal bo‘lib xizmat qiladi.
Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga salbiy ta’siri
Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda.
Jumladan:

  • AQSh da 2020 yil 20 aprel sanasiga 1 475 milliandan ortiq;

  • Ispaniya 245 ming;

  • Italiya 209 ming;

  • Buyuk Britaniya 182 ming;

  • Fransiya 168 ming;

  • Germaniya 164 ming;

  • Rossiyada 134 ming;

  • Turkiyada 124 ming holatda koronavirus yuqtirganlar qayd etilgan.

Iqtisodiyotning salohiyati, savdo-sotiq munosabatlar, mamlakatlarning ochiqlik darajasi, tovarlar, investitsiya va turistlar oqimi o‘zaro kontaktlarining oshishiga va pandemiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Tahlillar shuni taqozo qilmoqdaki, mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bilan koronavirusga chalinganlarning ulushi o‘rtasida o‘zaro korrelyasion aloqadorlik ( R = 0,75) bor ekan. Shuningdek, mamlakatlarning koronavirus pandemiyasidan iqtisodiy yo‘qotishlari ham epidemiyadan zararlanish ulushlariga bog‘liq.
Aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun ba’zi mamlakatlar pul tarqatmoqda. Ammo O‘zbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam ta’minlangan oilalarga xayriya tadbirlarini o‘tkazmoqda. Korxonalarning "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yo‘qotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni o‘nglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf ko‘rmasligi mumkin.
Korxonalarning umumxalq xarakatida qatnashishi ularga naf keltiradi:

  • birinchidan,korxona tovar yoki xizmatlarini (oldindan to‘plangan zaxiralarini talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi kerak bo‘lardi;

  • ikkinchidan,korxonaning “Saxovat va ko‘mak” umumxalq xarakatidagi ishtiroki xaridorlar, uning aholi o‘rtasidagi obro‘si va imidjini oshiradi;

  • uchinchidan,umumxalq harakatida qatnashish korxonalar o‘rtasidagi oldingi shakllangan zanjirband iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Biznes yuritish faollashadi va to‘rtinchidan marketiing xarajatlari tejaladi, chunki ular kelgusida jozibador (consumer loyalty) iste’molchilar guruhini shakllantiradi.

Kornovirus pandemiyasi tugagandan so‘ng iqtisodiy tiklanish va rivojlanish
Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi.
Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan.
Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda.
Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan inqirozgacha bo‘lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‘lib turibdi.
Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi to‘g‘risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida (V-shape) bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‘rinishi yalpi taklif egri chizig‘ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga o‘tadi deganidir.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun ko‘proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi.
Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta’siridagi iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy yilda iqtisodiy o‘sish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida bo‘lishi va keyingi yili esa qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‘sish sur’ati 7,0 atrofida va undan yuqori bo‘ladi.
Vaziyatning keskin o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib bugungi kunda kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‘yicha nisbatan aniq prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonning "Bir makon-bir yo‘l" davlatlari bilan hamkorligi ulkan va hali to‘la amalga oshirilmagan salohiyatga ega ekanligini ahamiyatga olish darkor. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan transport, innovatsiya va ta’lim sohalaridagi aniq tashabbuslar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yangi darajaga ko‘tara oladi va "Bir makon-bir yo‘l" doirasida barqaror iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga to‘siq bo‘lib turgan eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha hamkorlikka yo‘naltiradi. O‘zbekiston “Bir makon-bir yo‘l” loyihasini, transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
"Bir makon-bir yo‘l"ga a’zo mamlakatlar bilan sayyohlik sohasida faol hamkorlik O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi. “Bir makon-bir yo‘l”ning 60 mamlakati eng yirik tashqi turist “yetkazib beruvchilar”dir. Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi sayyohlar tomonidan sarflangan pullarning 20 foizidan ko‘prog‘i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular 2017 yilda turizmga 250,6 milliard dollar sarflagan. Ekspertlarning qayd etishicha, 2021 yilga kelib jahondagi Xitoy sayyohlarining soni 200 millionga, ularning xarajatlari 429 milliard dollarga yetadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda nafaqat insoniyat hayotiga, balki ayrim davlatlar va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Investorlarning vahima sababli aksiyalarini sotib yuborishi oqibatida dunyo bo‘ylab yetakchi bo‘lgan birjalarda yuzaga kelgan inqirozni ekspertlar oxirgi 10 yillikda kuzatilmagan, deb baholashmoqda.
Mazkur vaziyat oddiy “informatsion panika” emas, balki jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid ekanini dunyodagi yetakchi moliyaviy institutlar, xalqaro tashkilotlar va ayrim davlatlar amalga oshirayotgan harakatlardan ham kuzatish mumkin.
Jumladan, AQSh Federal Rezerv Tizimi iqtisodiy faollikni barqaror holatda ushlab turish maqsadida, bazaviy foiz stavkasini 0,5 foiz punktga tushirdi. Mazkur qaror 2008 yilgi inqiroz davridan beri birinchi marta bo‘layotgani ahamiyatga molikdir. AQSh moliya vazirligi huzurida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) 2020 yildagi jahon iqtisodiy o‘sish sur’atlari prognozini 0,5%ga kamaytirdi. IHRT, savdo urushlari va siyosiy tanglik tufayli o‘zi shundoq ham “jar yoqasida”gi dunyo iqtisodiyotining hozirgi kundagi ta’minot zanjirining uzilishi, resurslarga bo‘lgan talabning sustlashishi, turizmdagi pasayish tendensiyasi va kasallik sababli iste’molchilar ishonchining kamayishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
IHRT hisobotiga ko‘ra, eng yomon ssenariy (Downside scenario) bo‘yicha, ya’ni pandemiya ko‘lamining dunyo bo‘ylab kengayishi, pandemiyaga qarshi qo‘llaniladigan choralar va vahima sababli, ishlab chiqarishga jiddiy zarar keltirishi va oqibatda iqtisodiy retsessiyani olib kelishi, global iqtisodiy o‘sish 1,5% gacha pasayishi prognoz qilingan. O‘z navbatida, bu holatning ta’siri mamlakatlar uchun judayam kuchli va davomli bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.O‘zbekistonda mazkur vaziyat yuzasidan bo‘lgan qisqa muddatli muhim choralarni ko‘rish ehtiyojini tug‘dirmoqda.Buning uchun:
birinchidan, fiskal va pul-kredit siyosatni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va mamlakatdagi tarkibiy islohotlarni kuchaytirish lozim.Mazkur choralar iqtisodiy o‘sishni barqarorligiga, iste’molchilar va investorlarning ishonchini oshirishga va noaniqlikni kamaytirishga yordam beradi;ikkinchidan, korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga qaratilgan choralar, jumladan soliq stavkalarini ma’lum muddatga kamaytirish, “soliq ta’tillari”, “soliq kreditlari”ni taqdim qilish va uzoq muddatda qaytarish imkoniyatini yaratish, QQSni tezkor qaytarish mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq. Naqd pul oqimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan korxonalarga, ayniqsa, kichik va o‘rta korxonalarga yordam berishga banklar tomonidan imkon berilishi lozim. Zarar ko‘rishi ehtimoli bo‘lgan hududlar va tarmoqlar uchun energiya manbalari narxini pasaytirish choralari ko‘rilishi lozim.Rossiya rublining kuchsizlanishi – so‘mning almashuv kursini kuchaytirishi, bu esa, Rossiya bozorida O‘zbekiston eksport mahsulotlarining qimmatroq bo‘lishiga va mahalliy eksportyorlarning daromadlari kamayishiga, o‘z navbatida, bu ham O‘zbekistondagi valyuta hajmini kamayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Shuningdek, Rossiya iqtisodiyotining sustlashishi oqibatida, O‘zbekistonlik migrantlarning mamlakatimizga keltirayotgan 3,4 mlrd. dollarlik (YaIMga nisbatan 5,9 foiz) foydasining qisqarishiga olib kelishi ham mumkin.Aholi umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan keladigan daromadlar 25,3%ni tashkil etishini hisobga olganda, mazkur vaziyat O‘zbekistonda aholining yashash darajasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Buning uchun, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va bandlikni qo‘llab quvvatlash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq. Jumladan, kichik tadbirkorlikni moliyalashtirishni kengaytirish, berilayotgan kreditlar imtiyozli davrini uzaytirish lozim.Barcha ruxsat beruvchi va byurokratik tartib-tamoyillarga ma’lum muddat maratoriy e’lon qilish, tadbirkorlik faoliyatidagi vujudga kelayotgan to‘siq va muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish, qisqa muddatli ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish lozim.Bugungi kunda aynan bu holatni oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 yanvardagi “Uy-joy sharoitlarni yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №39 sonli qaroriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida” 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi;2021 yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda ularga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishi belgilanganligi;
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:
a) 2020 yil dasturlari ijrosi doirasida:
- ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 1 yil etib belgilanadi;
- ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilandi; - ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibi tatbiq etiladi (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi);
Mazkur ko‘riladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni O‘zbekistonga ta’sirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ko‘pgina davlatlarning markaziy banklari asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008 yildagi tajribadan kelib chiqsak, o‘sha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi kuzatilgan. Shu sababdan, O‘zbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib qolish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, qulay investitsion muhitni yaratishga katta e’tibor qaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.angiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring

2.2. Pandemiyada o’tirmagan Shvetsiyaning koronavirusga qarshi strategiyasi


Yanvarda Xitoy Xubey provinsiyasida 50 million odam karantinga olindi. O‘shandan keyin ko‘plab liberal demokratiyalar ham o‘zlarining koronavirusga qarshi qaratilgan qat’iy va avtoritar choralarini ko‘rdi. Mart o‘rtasiga kelib, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) a’zosi bo‘lgan davlatlarning deyarli barchasida maktab, universitet va ish joylarining yopilishi, transport harakatining to‘xtatilishi, ommaviy tadbirlarning cheklanishi, ichki va xalqaro qatnovlarning chegaralanishi singari choralarning muayyan kombinatsiyasi joriy qilindi. Biroq g‘arbdagi bir mamlakat bundan mustasno bo‘ldi. Karantin e’lon qilish yoxud favqulodda holat rejimi joriy etish o‘rniga Shvetsiya o‘z fuqarolarini ixtiyoriy ravishda o‘zaro ijtimoiy masofalanishga chaqirdi. Shved hukumati epidemiya manzarasini ifodalovchi grafik chiziqni ravonroq tutish maqsadida ommaviy yig‘inlarda 50 kishidan ortiq odam to‘planmasligi, barlarda xizmat ko‘rsatishning to‘xtatilishi, o‘rta maktab va universitetlarda masofaviy ta’lim tizimiga o‘tilishi singari ayrim cheklovlarni joriy qildi.
Lekin hukumat qat’iy nazorat, jarimalar va politsiya aralashuvi singari choralardan tiyildi. Shvedlar, albatta, o‘z yurish-turishini o‘zgartirdi, lekin bu o‘zgarishlar ayrim g‘arb demokratik davlatlaridagichalik bo‘lmadi. Restoranlarda odam kamaygan bo‘lsa-da, ularning ko‘pi ochiq turdi, yosh bolakaylar esa maktabga qatnamoqda. Qo‘shni Norvegiyadan (va Osiyodagi ayrim davlatlardan) farqli o‘laroq, Shvetsiya odamlarning qayerdaligini kuzatadigan texnologiyalar yoki ilovalarni joriy qilmadi va bu orqali shaxsiy daxlsizlik hamda erkinlikka tahdid solinishining oldi olindi.
Ko‘pchilik olimlarning fikri bo‘yicha aholining 60 foizida virus aniqlanganidan keyin shakllanadigan jamoaviy immunitetni hosil qilib olish shved hukumatining pirovard maqsadi ekani haqida hech qayerda rasman aytilgani yo‘q. Lekin, shubhasizki, maktab va restoranlarning yopilmagani hamda ko‘plab korxonalarning faoliyatdan to‘xtamay ishlashda davom etgani katta ehtimol bilan hukumatning aholi immunitetini oshirishga qaratilgan nisbatan kengroq qamrovdagi strategiyasining bir qismini tashkil qiladi.
Shvetsiya Sog‘liqni saqlash agentligi bosh epidemiologi Anders Tegnellning taxminiga ko‘ra, Stokgolm aholisi ushbu oyning o‘zidayoq jamoaviy immunitetga erishishi mumkin ekan. Odamlarning kundalik xatti-harakatidagi o‘zgarishlarning yangilangan tahlillariga asoslanib (shvedlarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlar me’yorlari o‘zgarmoqda), Stokgolm universiteti matematigi Tom Britton poytaxt aholisining 40 foizida immunitet hosil bo‘lishining o‘zi virus tarqalishini to‘xtatish uchun kifoya qiladi, deb hisoblab chiqqan va bu ko‘rsatkichga iyun o‘rtalariga borib erishilishini taxmin qilgan.
Ayrim doiralarda Shvetsiya muayyan iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolgani va aholi jon boshiga nisbatan o‘lim ko‘rsatkichi ham Belgiya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya darajasidan past holda qolgani uchun olqishlangan. Lekin yana yarim doiralarda Shvetsiya Shimoliy Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda aholi jon boshiga nisbatan o‘lim ko‘rsatkichining yuqori bo‘lgani va ayniqsa, o‘zidagi keksa yoshli muhojirlarni muhofaza qila olmagani uchun qattiq tanqidga uchragan.
Tengellning qayd etishicha, Shvetsiyadagi COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlarining 50 foizi ijtimoiy himoya xizmati qaramog‘idagi kishilar va qariyalar uyidagi keksalardan iborat bo‘lgan va buning sababi shunday muassasalarning aksariyatida niqobli rejim singari asosiy himoya choralarining joriy etilishi bilan bog‘liq tadbirlarning tashkillanishida sustkashlik qilingani bo‘lgan. Muhojirlar ham (yerlik aholiga nisbatan) nomutanosib ravishda jabr ko‘rdi. Buning asosiy sababi esa ular nisbatan kambag‘alroq hayot kechirishi va asosan xizmat ko‘rsatish sohasi singari masofadan turib ishlash imkonsiz bo‘lgan sohalarda mehnat qilishi bilan bog‘liqdir.
Biroq Shved hukumatidagilar mamlakatdagi eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi ham qolganlarga nisbatan past bo‘lishini ta’kidlamoqda. Ko‘plab mamlakatlardagi virusni tiyib turishga qaratilgan sa’y-harakatlardan naf yo‘q va baribir aholining katta qismiga virus yuqadi. Jahonning katta qismi epidemiyaning ikkinchi halokatli to‘lqinini boshdan kechirayotgan paytda Shvetsiya pandemiyaning eng yomon kunlarini ortda qoldirgan bo‘ladi.
Shvetsiyaning ko‘rsatgan reaksiyasi ideal bo‘ldi deyish qiyin, biroq bu mamlakat COVID-19 keltirib chiqaradigan asoratlarga nisbatan bardoshliroq bo‘lgan yosh va sog‘lom aholi qatlamining immunitetini mustahkamlashga va shu bilan birga epidemiya egri chizig‘ini ham ravon tutib turishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakatdagi kasalxonalarning intensiv terapiya bo‘limlari to‘lib ketmadi va tibbiyot xodimlari muayyan zo‘riqish ostida ishlagan bo‘lsa-da, biroq ularda jilla qursa uydagi bolalarga ham qarash kerakligi bilan bog‘liq tashvishlar bo‘lgani yo‘q. Chunki bolalar bog‘chalari va boshlang‘ich sinf maktablari ishlashda davom etmoqda.
Shvetsiya singari yondashuvni qay tarzda qabul qilganliklaridan qat’i nazar, hozirda ko‘plab boshqa mamlakatlar ham unga taqlidan ish tuta boshladi. Daniya va Fransiya boshlang‘ich maktablarni qayta ochdi. Germaniyada kichik do‘konlarning ochilishiga ruxsat berildi. Italiyada tez orada parklar ochiladi, Fransiya ayrim kichik korxonalar, jumladan, fermer rastalari, muzeylar hamda maktab va bog‘chalarning ochilishiga ruxsat berishni rejalashtiryapti. Bugungi kunda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich egasi ekaniga qaramasdan AQShning ayrim shtatlari o‘zi shved modelini tanqid qilganiga qaramay, o‘z mamlakatini ham shunga o‘xshash yo‘lga boshlab kirayotgan prezident Donald Trampning talablari bo‘yicha cheklov choralari yengillashtirmoqda.
Mamlakatlarda o‘zidagi cheklovlarni yumshatishi uchun jiddiy sabablar yuzaga chiqdi. Nafaqat virusning o‘zi, balki unga qarshi ko‘rilgan choralar tufayli ham yuzaga kelgan umumiy o‘limlar soni, kasodga uchrashlar, ishdan bo‘shatilishlar, suiqasdlar, ruhiy holat bilan bog‘liq muammolar, YaIM va sarmoyaning pasayishi va boshqa talafotlar ko‘lamini aniqlash uchun hali yana bir necha yil kerak bo‘ladi. Biroq karantin tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy tanazzul oqibatlari mislsiz ekani hozirdanoq hamma uchun oydek ravshan bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti prognozlariga ko‘ra, karantin tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy turg‘unlikning salbiy oqibatlari juda katta: pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlar bilan o‘tkazilgan har bir oyda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti ikki foizdan qisqarishga yo‘liqadi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh iqtisodiyoti yil davomida 25 foizdan ziyodroqqa pasayar ekan. Ishsizlik esa 1930-yillardan buyon kuzatilmagan darajada o‘sib ketadi va natijada siyosiy beqarorlik va ijtimoiy tengsizlik avj oladi.
Vaksina yaratilguniga qadar kerak bo‘ladigan ehtimoliy muddatgacha cheklovlarni saqlab turaverishning esa shunchaki iloji yo‘q. Cheklovlardan voz kechish iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy bosimni yengillashtiradi. Shuningdek, aholiga immunitet hosil qilish imkonini ham beradi va bu esa uzoq muddatli istiqbolda COVID-19 ga qarshi kurashning nisbatan eng xavfsizroq yo‘li bo‘lib chiqadi. Kasallik haqida hali ko‘p narsa noma’lumligicha qolmoqda, lekin hozirda yopilib olgan ko‘plab mamlakatlar, kelgusida epidemiyaning yanada jiddiy tarzda avj olishiga duch kelishlari mumkin. Agar mamlakatlar ham Shvetsiya singari jamoaviy immunitet hosil qilish yo‘lidan borsa, pandemiyaning umumiy ziyoni kamroq bo‘ladi va ehtimol u ertaroq yakunlanadi.
Shvetsiyaning COVID-19’ga nisbatan yondashuvi ushbu mamlakatning o‘zigagina xos bo‘lgan ichki madaniyati bilan bog‘liq va bu modelning hamma jihatlarini ham boshqa joylarda takrorlab ko‘rish oson bo‘lmaydi. Masalan, rasmiy tavsiyalarga rioya qilish madaniyati va fuqarolardagi shaxsiy mas’uliyatni Skandinaviyadan tashqarida uncha uchratmaysiz. Shvetsiya bu nafaqat fuqarolar orasidagi o‘zaro ishonch kuchli bo‘lgan, balki fuqarolar va davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch ham yuksak darajada bo‘lgan noyob mamlakatdir. Boshqa mamlakatlar fuqarolaridan farqli o‘laroq, shvedlar ixtiyoriy ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan tavsiyalarga jiddiy amal qilishga tayyor millat edi.
Ko‘plab boshqa mamlakatlarga qaraganda shvedlarning yalpi salomatligi ham yaxshiroq sanaladi va shu sababli ham dunyoning boshqa joylarida shved modelini tatbiq qilish jarayonida bemorlarni himoya qilish uchun boshqa qo‘shimcha choralarni ham qo‘llashga to‘g‘ri kelishi mumkin. Cheklovlarni yumshatayotgan mamlakatlar, shuningdek, Shvetsiyaning muhojirlarga va keksalarga nisbatan munosabat borasidagi yo‘l qo‘ygan xatolarini ham e’tiborga olishlari kerak: qariyalar uyida niqoblar va himoya vositalari hozir-u nozir bo‘lishi shart, katta xatar ostida ishlaydigan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini himoya qilishga ham katta urg‘u berish kerak. Lekin sa’y-harakatlar butun boshli jamiyatni karantinga olinishiga emas, balki xavf guruhidagi odamlarni muhofazaga olinishi va ularning xatardan xoli tutilishiga qaratilishi kerak.
Olimlar virus haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishi asnosida hukumat vakillari ham infeksiyaga chap berishning yanada samarador usullarini ishlab chiqa boshlaydi. Masalan, jamoaviy immunitet parametrlarini qayta hisob-kitob qilinishi orqali yalpi karantin cheklovlarining qay darajada o‘zini oqlashiga baho berish mumkin bo‘ladi. Hatto Birlashgan Qirollik va AQSh singari xavf guruhiga mansub aholi soni katta bo‘lgan mamlakatlarda ham bunday odamlarni yalpi ravishda uyda o‘tirishiga ketadigan sarf-xarajatlar miqdori, ularni himoyalashga ketadigan xarajatlar miqdoridan qimmatga tushadi. Jamoaviy immunitet hosil qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar birinchi navbatda aynan xavf guruhidagi odamlarni himoya qilishni anglatadi. Shvetsiya bu naqadar qiyin yo‘l ekanini bilib oldi, lekin u yerda hozir vaziyat nazoratga olingan.
Yalpi karantinlarning asorati chidab bo‘lmas darajaga yetgach va pandemiyaning ustidan g‘alaba imkonsiz ekanini hamda u baribir voqea reallik ekanini anglagani sayin mamlakatlar birin-ketin ochila boshlaydi. Ongli ravishda ijtimoiy masofalanish tufayli tibbiyot muassasalarining to‘lib ketishining oldi olinishi, bemorlarni davolash usullarining takomillashib borishi hamda xavf guruhidagilarning jiddiy himoyaga olinishi orqali odamlar orasida o‘lim ko‘rsatkichini pasaytirish mumkin bo‘ladi. Agar aholining zaif qatlami yaxshi himoyalangan bo‘lsa, oxir-oqibatda mustahkamlangan jamoaviy immunitetgina ushbu kasallikdan himoyalanishning yagona ishonchli yo‘li bo‘ladi. Shunday qilib, boshqa mamlakatlar Shvetsiyaning pandemiyani jilovlash borasidagi tajribasiga qarab, uning hammadan peshqadam ekanini tushuna boshlaydi.


Xulosa


Koronavirus pandemiyasining keng tarqalishi jahon iqtisodiyotini og‘ir ahvolga solib qo‘ymoqda. O‘zbekiston ham bu sinovdan chetda qolgani yo‘q. Shubhasiz, pandemiya keltiradigan yo‘qotishlarning oldini olish, uning oqibatlarini imkon qadar yumshatish, turli menejment faoliyatini ilm-fan bilan uyg‘unlikda amalga oshirishga bog‘liq.Pandemiya oqibatlarini yumshatish, aholi turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida mamlakatimizda aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish va mo‘tadil darajada saqlab qolish uchun keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligi uchun narx-navo davlat organlari tomonidan nazoratga olingan. Ularning an’anaviy tarzda import qilinadigan ommabop turlari bo‘yicha uzilish sezilmayapti. Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqarish quvvatlaridan imkon qadar samarali foydalanish, mavjud ishchi o‘rinlarini qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar maoshlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va boshqa muhim iqtisodiy-ijtimoiy chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Prezidentimiz bu borada o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyatni ichki bozor ehtiyojlariga moslashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash buyicha tijorat banklari, respublika va mahalliy boshqaruv organlari zimmasiga aniq vazifalar yukladi. Menimcha, bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri - bu eng past pog‘onadagi boshqaruv faoliyatini yangicha usullar bilan amalga oshirishdir. Misol uchun, oxirgi yillarda chakana savdo faoliyatida shakllangan tizim bugungi sharoitga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, jamoat transporti o‘z faoliyatini umuman to‘xtatgan sharoitda arzonlashtirilgan go‘sht, kartoshka va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar savdosini dehqon bozorlarida tashkil etish g‘oyasi mantiqqa zid narsa emasmi? Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yuk avtomobillariga joylashtirib, fuqarolar uchun qulay joylarda savdoni tashkil etishga nima to‘sqinlik qiladi? Yoki sut mahsulotlarini olaylik. Shu paytgacha shahar aholisini asosan norasmiy faoliyat ko‘rsatadigan "Damas"chilar yoki oddiygina qishloq ayollari ta’minlab kelgan. Hozirda buning iloji yo‘q. Chunki jamoat transporti faoliyati to‘xtatilgan. Unda shaharlik aholi, jumladan, yosh bolalar ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojdan butunlay voz kechishi va immunitetini pasaytirishi kerakmi? qishloq aholisining katta qismi uchun aynan sutni shaharga keltirib sotish yaxshi daromad keltiradi. Karantin vaqtida ko‘chalarda non tashuvchi mashinalarni deyarli uchratmaysiz. Vaholanki, sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan qolipli non har bir mahalladagi oziq-ovqat do‘konida bo‘lishi shart. Hamma oilalarning ham restoranda tayyorlangan va taksichilar yordamida yetkazib beriladigan issiq ovqat iste’mol qilishga qurbi yetmaydi. Shuni inobatga olib, aholi zich joylashgan hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan oshxonalar tanlab olinib, nisbatan arzon issiq ovqatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa bo‘lmasmikin?
Yana bir taklif. Tumanlardagi aholi tomorqasidan foydalanish ishlarini shaharlarda ham joriy etish lozim. Shaharda hovlilarda yashaydiganlarni mevali daraxt ko‘chatlari va urug‘lar bilan ta’minlash lozim. Chunki hozir har bir kun ham, har bir qarich yer ham g‘animat. Viloyatimizning har bir hududi o‘ziga xos xususiyatga ega va karantin paytidagi tashkiliy chora-tadbirlar yagona tizim asosida emas, balki hudud xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.
Keling, pandemiya tug‘dirayotgan qiyinchiliklarning davomiyligiga makroiktisodiy mavqeidan turib nazar tashlaylik.
Xitoyda boshlangan Koronavirus pandemiyasining asoratlari butun dunyo mamlakatlarining iqtisodiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, strategik hamkor davlatlarimiz bo‘lgan Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar iqtisodiyoti ham bu virusdan ancha katta zarar ko‘radi.
O‘zbekistonning 2019 yildagi tashqi savdo aylanmasi 42 milliard dollardan oshgan va unda Xitoyning ulushi 15 foizdan ko‘proq ekanligini inobatga olsak, ushbu faoliyatdan kutiladigan yo‘kotishlar ko‘lami ancha katta bo‘ladi. Buning uchun 2-3 milliard dollarlik asbob-uskunalar o‘z vaqtida yetib kelmasligi yoki tabiiy gaz va rangli metallar eksporti kamayishining o‘zi iqtisodiyotimizga salbiy ta’sir qiladi.
Mamlakatimizning yana bir muhim strategik hamkori bo‘lgan Rossiya biz uchun nafaqat tashqi savdo faoliyati, balki mehnat muhojirlarini qabul qilish va ularni ish bilan ta’minlash borasida ham muhim ahamiyatga ega. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, oxirgi yillarda Rossiyada qariyb 2,5 million vatandoshimiz vaqtinchalik ishlab, oilalariga yiliga 4 milliard dollarga yaqin mablag‘ yuborishgan.
Xo‘sh, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida yetakchi mamlakatdagi hozirgi iqtisodiy holatni qanday baholash mumkin? Rossiyaning iqtisodiy ahvoli birinchi navbatda, neft va tabiiy gazning jahon bozoridagi kon’yunkturasiga bog‘liq. Oxirgi bir oy davomida neftning narxi ikki baravarga pasaydi va faqat shuning hisobidan Rossiya yillik hisobda 70-75 milliard dollarlik daromaddan mahrum bo‘lmoqda. Natijada, allaqachon, rubl dollarga nisbatan 12-15 foizga arzonladi. Bu esa muhojirlikdagi vatandoshlarimizning daromadlari shunga mos tarzda kamayganini anglatadi. Energiya resurslari savdosidan kelib tushadigan daromadlarning kamayishi Rossiya mehnat bozoridagi muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Biz buning natijasida vujudga keladigan muammolarga tayyor bo‘lishimizni anglatadi.
Qo‘shnimiz bo‘lgan Qozog‘istondagi iqtisodiy holat ham kundan kunga murakkablashib bormoqda. Shuni inobatga olib, mamlakat hukumati inqirozga qarshi fondga 13 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda.
Bunday vaziyatlarda ularga yaqin mamlakatlar ham aziyat chekadi. Lekin dunyoning yetakchi iqtisodchi olimlari anchadan buyon jahon iqtisodiyoti navbatdagi global inqiroz arafasida ekanligi to‘g‘risida ogohlantirib, har qanday mamlakat uning oqibatlarini bartaraf etishga tayyor bo‘lishiga chaqirayotgan edi. Jahon iqtisodiyotining kelajagi ushbu signallarning inobatga olinganligi, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga bog‘liq. Umid qilamizki, O‘zbekistonda oxirgi uch yarim yil davomida amalga oshirilgan islohotlar xalqimiz boshiga tushgan bu sinovni katta talafotlarsiz yengishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy faoliyat hamisha iqtisodiy resurslar tanqisligi sharoitida amalga oshiriladi va uning samaradorligi turli xil variantlardan eng maqbullarini tanlab olishga bog‘liq. Shu o‘rinda bir g‘oyani keltirmoqchiman. Karantin paytida kam ta’minlangan fuqarolarga kuniga 10 ming so‘mdan yordam puli berilganda ham bir oyda bu 1 trillion so‘mdan oshadi. Ammo bu tariqa amalga oshiriladigan moliyaviy yordamni inflyasiya puchga chiqarishi hech gap emas. Buning o‘rniga sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga qulay foizlarda kreditlar ajratilsa, qo‘shimcha yetishtirilgan mahsulot bozor narxining pasayishiga olib keladi va aholimiz turmush farovonligini ta’minlaydi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 milliard so‘mlik bank foizi preferensiyalari qo‘shimcha tarzda 1,5 million tonna sabzavot va 800 ming tonna kartoshka yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Shu vaqtgacha shunga o‘xshash ilmiy yondashuvlarga yetarli e’tibor berilmadi. Natijada keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishiga qaramasdan, O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi nomutanosiblikni hozirgacha bartaraf eta olmayapmiz. Buning asosiy sababi iqtisodiy faoliyat va ichki ilmiy salohiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratilmaganida.
Ilmiylikdan uzoqlashganimizni isbotlaydigan eng oddiy misol - bu misli ko‘rilmagan darajadagi xufiyona iqtisodiyot. Shu bilan bir qatorda, real sektor tarmoqlari samaradorligi mavjud imkoniyatlarga nisbatan juda past ekanligini ham inkor etib bo‘lmaydi va agrar soha bundan mustasno emas. 400 ming gektardan ortiq maydonni egallagan tomorqachilarning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotidagi ulushi respublika ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallab turgan fermer xo‘jaliklarinikidan ko‘ra salmoqliroq. Sabab nimada?
Mana oddiy misol. G‘alla-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi 20 gektarlik xo‘jalikning 15 gektarida g‘alla yetishtiradi. Endi tasavvur qiling, amaldagi xarid narxlar doirasida har gektarga ekilgan g‘alladan olinadigan foyda 1 million so‘mdan oshmasa-yu, yangi traktorning narxi 300 million so‘m bo‘lsa, samaradorlik bo‘ladimi? Qolgan 5 gektarda sabzavot ekiladi, deb faraz qilaylik. Xo‘jalik mexanizmining sayozligi tufayli mahsulot erkin savdo uchun emas, balki qayta ishlash korxonalari buyurtmasi asosida yetishtiriladi. Natijada aholining sabzavotga bo‘lgan talabini qondirish darajasi pasayadi, bu esa dehqon bozorlaridagi narxning o‘sishiga olib keladi. Sanoat korxonalari xomashyoni bozordagidan ancha past narxga sotib olishga majbur, shunday qilinmasa, tayyor mahsulot soliqlar, bank foizlari va boshqa qayta ishlash hamda transport xarajatlari hisobidan eksportga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Demak, fermer xo‘jaligi qolgan ekin maydonlaridan ham yuqori daromad olish imkoniyatiga ega emas. Nega deganda mehnat unumdorligi past, mahsulot tannarxi esa buning aksi. Respublikada bunday tumanlar 38 ta, xo‘jaliklarning umumiy soni esa 20 mingdan kam emas.
Ishning ko‘zini biladigan tadbirkorlar fermerdan yerni ijaraga olib pomidor ekadi va bir mavsumning o‘zida zamonaviy uy yoki yengil mashina sotib oladi. Fermer esa qarzga botmaganiga shukur kiladi. Ana sizga manfaatlar to‘qnashuvi va bu mikroiktisodiyot darajasidagi kichkina paradokslardan biri. Bundan jumboqliroq narsa shuki, O‘zbekiston 4 million gektar sug‘oriladigan yerga ega mamlakat bo‘la turib, shu paytgacha aholi o‘z daromadlarining 70 foizini, kam ta’minlangan oilalar esa bundan ham ko‘proq qismini ovqatlanishga sarflaydi. Vaholanki, iqtisodiy faoliyati ilm-fanga tayanadigan mamlakatlarda bu ko‘rsatgich 25-30 foizdan oshmaydi.
Bu holatni qisqa fursatda o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?
Birinchidan, mamlakatimizda agroklasterlar faoliyat boshlaganidan beri uch yil o‘tdi. Ammo sohani boshqarish, ayniqsa, moliyalashtirish tizimini risoladagidek, deb bo‘lmaydi. Bitta xo‘jalik 4-5 klaster tarkibiga kiradi. Bunday holatni boshqa davlatlarda uchratmaysiz. Qizig‘i shundaki, bunday eksperiment iqtisodchi-agronom, hisobchi va muhandislar ishtirokisiz amalga oshiriladi. Karantin sharoitida aholi daromadlari kamayishi ehtimoli ta’sirida kartoshka va sabzavotlarga talab ortmoqda.
Lekin dehqonlarga ajratiladigan bank kreditlari stavkalari qay tarzda yangilanishi borasida haligacha aniqlik kiritilmagan. Agar ular 22-25 foiz darajasida saqlab qolinsa, kartoshkaning yalpi hosili bashorat qilinayotgan 2,8 million tonna emas, balki rasional me’yorlar (2 million tonna)dan ham kam bo‘lishi mumkin. Cheklangan kredit resurslari "Har bir singlimga bir juft sirg‘adan" degan tamoyil asosida emas, balki aniq va samarali loyihalarga asoslanib, birinchi galda, agrosanoat kompleksi va uning rivojlanishiga xizmat qiladigan sohalar o‘rtasida taqsimlansa, oziq-ovqat xavfsizligi tubdan mustahkamlanadi.
Ikkinchidan, chorvaning 90 foizi aholi xonadonlarida boqiladi. Bu esa go‘sht va sut yetishtirish sohasini ilm-fanga tayanib ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash yo‘li bilan rivojlantirishga, pirovardida narxlarni pasaytirishga imkoniyat bermaydi. Pandemiya tufayli chorvachilik sohasida qo‘shimcha qiyinchiliklar vujudga kelish ehtimoli katta. Shuning uchun moliyalashtirish tizimi o‘ziga xos tomonlarni inobatga olgan holda takomillashtirilishi lozim. Parallel tarzda hal etilishi zarur bo‘lgan dolzarb masala - bu vaqtni boy bermasdan mustahkam ozuqa bazasini yaratishga kirishishdir.
Uchinchidan, agrosanoat sohasining xo‘jalik mexanizmi ichki bozor talablarini qondirish tomon qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Chunki yuqorida qayd etilgan nuqsonlar ta’sirida oddiygina 1 litrlik idishga qadoqlangan pomidor-bodring konservasi yangi yilga yetmasdan 10 ming so‘mga chiqadi.
To‘rtinchidan, statistik faoliyatni zamon talabi darajasiga keltirish lozim. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilda 11 million tonnaga yaqin sabzavot yetishtirilgan. Rasional me’yorlarga ko‘ra, mamlakat aholisining sabzavotga bo‘lgan yillik ehtiyoji 3,5 million tonnani tashkil etadi. 1 million tonnaga yakin mahsulot eksport qilingan. Agroklasterlarning yillik qayta ishlash quvvati 500 ming tonna atrofida. Ko‘rinib turibdiki, raqamlar bir-biriga qovushmaydi. Sabab shundaki, na tomorqalarda, na fermer xo‘jaliklarida hisobot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. Joylarda esa ushbu muammoni raqamli iqtisodiyotga tayanib bartaraf etishga qaratilgan hech qanday intilish ko‘zga tashlanmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, ichki bozorni dehqonchilik mahsulotlari bilan to‘yintirish, ularni aholimizning to‘lovchanlik qobiliyatiga mos keladigan narxlarda ishlab chiqarish, pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaning eng qulay va samarali vositasi. Ushbu maqsadga erishishning asosiy yo‘li - bu shubhasiz, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirishdir. Buning uchun ixtisoslashtirilgan, innovasion texnologiyalarga asoslangan yirik davlat agrosanoat birlashmalarini tashkil etish kerak va ularni pandemiya tugagach, hech qanday qiyinchiliklarsiz xususiylashtirish mumkin.
Shunday yo‘l tutsak, agrar sohaga zamonaviy ilm-fan yutuqlarini tezroq joriy etib, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatidan to‘laqonli foydalanish, pirovard natijada uning raqobatbardoshligini ta’minlash istiqbollari kengayadi. Mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan sanoat tarmoqlarini rivojlantirib, ham aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga, ham mehnat migrasiyasi torayishidan kelib chiqadigan muammolarning oldini olishga erishamiz. Raqamli iqtisodiyot va marketing tadqiqotlariga tayanib davlat va oilalar byudjetini maqbullashtirisha olsak, inflyasiya sur’atlari va bank foizlari keskin pasayadi. Natijada investision faoliyatning samaradorligi oshadi. Bu esa iqtisodiy o‘sishga asosan ichki potensial hisobidan erishishga imkoniyat yaratadi. Bizda boshka yo‘l tutishning iloji ham qolmayapti. Nega deganda bundan keyin xorijiy investorlar o‘z imkoniyatlarini koronavirus keltirib chiqargan muammolar yechimiga qaratishga majbur bo‘lishadi.
Tan olish kerakki, pandemiya uzoq yillar davomida mamlakatimiz iqtisodiyotida vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratmoqda. Mavjud muammolar va ularning yechimiga xizmat qiladigan takliflarni biz faqat agrar soha misolida ko‘rib chiqdik. Ammo Prezidentimiz ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda iqtisodiyotimizning barcha sohalari takomillashtirishga muhtoj.
Bunday holat respublika va mahalliy boshqaruv organlaridan ilmiy salohiyatga tayanish va jadallik bilan noan’anaviy usullarni qo‘llash yo‘liga o‘tishni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Guan WJ, Liang WH, Zhao Y va boshqalar. Komorbidlik va uning Xitoyda Covid-19 bilan kasallangan 1590 bemorga ta'siri: A
milliy tahlil. Eur Respir J. 2020;55(5):2000547. doi: 10.1183/13993003.00547-2020.
2. Chen N, Zhou M, Dong X va boshqalar. 2019 yildagi 99 ta holatning epidemiologik va klinik xususiyatlari
Xitoyning Wuxan shahridagi koronavirus pnevmoniyasi: tavsifiy tadqiqot. Lanset. 2020;395(10223):507–513. doi: 10.1016/
S0140-6736(20)30211-7.
3. Vang D, Xu B, Xu C va boshqalar. Xitoyning Vuxan shahrida 2019-yilda yangi Koronavirus bilan kasallangan 138 nafar kasalxonaga yotqizilgan pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarning klinik xususiyatlari. JAMA. 2020;323(11):1061-9. doi: 10.1001/jama.2020.1585.
4. Lai CC, Vang CY, Hsueh PR. COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning birgalikda infektsiyalari: kombinatsiyaga ehtiyoj
anti-SARS-CoV-2 agentlari bilan terapiya? J Microbiol Immunol Infect.
Foydalanilgan Veb-saytlar ro‘yxati:

  1. https://.review.uz

  2. https://index.minfin.com.

  3. https://coronavirus-monitor.ru

  4. https://ru.wikipedia.org


Download 250.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling