Psixologiya” fаkulteti “amaliy psixologiya” yoʻnаlishi 936-21-guruh talabasi abdurasulova muniraning


Download 144.83 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi144.83 Kb.
#1548841
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABDURASULOVA MUNIRA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZАX FILIАLI
SIRTQI BO’LIM

PSIXOLOGIYA” FАKULTETI


AMALIY PSIXOLOGIYA” YOʻNАLISHI 936-21-GURUH TALABASI ABDURASULOVA MUNIRANING


UMUMIY PSIXOLOGIYA” FАNIDАN

KURS ISHI


Mavzu: Tafakkur muammosi assotsiativ
nazariyasi
Bajardi: M.Abdurasulova
Ilmiy rahbar: Sh.Yuldashev
Jizzax-2023
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………..…...3
I BOB TAFAKKUR HAQIDA TUSHUNCHA, TAFAKKUR VA HISSIY BILISH ………….………………………………………………………………....5
1.1 Tafakkurning asosiy turlari va jarayonlari …………………….…………….…5
1.2 O`quvchilar tafakkurini o`rganish metodlari ……………………………….…9
I bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………...15
II BOB TAFAKKURNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI……...............16
2.1 Xayol va xayol turlari ……………………………………...............................16
2.2 Sеzgi, idrok, tafakkur, xayol jarayonlari, ularning o`xshashligi va farqlari.….19
II bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….26
Xulosa………………………………………………………………………….....27
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………….29


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi.Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalar va muammolarni qo`yadi. Bunday muammolarning, qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda ko`p no’malum, tushunib bo`lmaydigan kutilmagan, yashirin narsalar borligidan dalolat beradi. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, haet va faoliyat davomida har bir individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo`lmagan xususiyatlariga duch keladi. Tafakkur hamisha hali bilib olinmagan yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo`ladi. Har bir odam tafakkur qilar ekan buning bilan shu paytgacha qandaydir yangilikni, noma’lum narsani mustaqil ravishda qayd qiladi.
Tafakkur jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bogliq, aloqador psixik jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilimlardan paydo bo`ladi va hissiy bilim chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o`tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilim bilan, ya’ni sezgi, idrok va tafovutlar bilan bog`langan bo`ladi. Tafakkur faoliyati o`zining butun materialining faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog`lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to`g`riligi amaliy faoliyat orqali tabiat va jamiyatni o`zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib turiladi. Tafakkur sezgi idrok va tasavvurlarning bilish bilan bog`liq bo`lgan ishlarni davom ettiradi va rivojlantiradi hamda ularning chegaralaridan tashqariga chiqib ketadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin!. Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!”, — deya ta’kidladilar.1
“Oila - bu jamiyatning hujayrasi (kichik ijtimoiy guruh), shaxsiy hayotni tashkil etishning eng muhim shakli, nikoh ittifoqi va oilaviy aloqalarga asoslangan, ya’ni, er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-uka va opa-singillar va boshqa qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlar va birgalikda yashovchi va umumiy uy xo‘jaligini yuritish” - oilaning bunday ta’rifi E.G. Eymiller
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Ushbu qaror loyihasida respublikada psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanishi nazarda tutildi.2
Tafakkurning til bilan uzviy, chambarchas bog`liqligi inson tafakkurining ijtimoiy, tarixiy mohiyatini ochiq oydin namoyon qilib beradi. Bilim insoniyat tarixi davomida egallangan barcha bilimlarning izchilligini zaruriy tarzda taqozo qiladi. Bilimlarning bu tarixiy vorisligi ularni qayd qilish, mustahkamlash va esda saqlashda bir kishidan boshqasiga, avloddan - avlodga o`tkazish yo`li bilan sodir bo`lishi mumkin.

Download 144.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling