Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi


Download 40.3 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi40.3 Kb.
#1120040
  1   2
Bog'liq
Korxona MT1


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
KORXONA IQTISODIYOTI” FANIDAN

MUSTAQIL ISH




Mavzu: Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati

Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Suyunov A.


Qabul qildi: Azimov Y.

Jizzax 2022



Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati
Reja:

  1. Asosiy fondlar va ularning korxona faoliyatidagi o‘rni

  2. Asosiy fondlarning turlari, tarkibi va ko‘rsatkichlari

  3. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash usullari

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tub tarkibiy o‘zgarishlar jarayoni naqadar salmoqli natijalar berayotgani 2010-yildagi rivojlanish yakunlari misolida yana bir bor o‘z isbotini topdi. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan turli mulk formasidagi korxona va firmalaming asosiy mablag‘larining shakllanishiga va foydalanish darajasiga uzviy bog’liqdir. Korxonalar asosiy fondlarining belgilari - ularning o‘zlariga tegishli mulkning mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy-texnik imkoniyatlarini belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini ta’minlaydi. Bu o'rinda shuni ta’kidlash joizki, «...izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o'zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda».


Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati ko‘rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quwatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo‘jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi. Asosiy fondlar - korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo’llib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etadi va o‘zining natural-moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi. Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi.
Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ulaming tarkibiga quyidagilar kiradi:
* ishlab chiqarish binolari va inshootlari;
* uzatish qurilmalari;
* quwat mashinalari va uskunalari;
* ishchi mashinalar va uskunalar;
* transport vositalari;
* o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
* foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi. Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi b o ‘lib, shu sababli o'z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog'chasi va yaslilar, sportsog‘lomlashtirish va boshqa obyektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va sogiomlashtirish yo'nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o‘z qiymatini sekin-asta yo‘qotishi kabi ko‘p jihatlari bilan o‘xshashdir.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro‘y berganda korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli bo‘lgan asosiy fondlami yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara). Korxonalar egalik qiladigan mulk ko‘chmas uchun ko‘chirib bo‘ladigan mulklarga ajraladi. Ko‘chmas mulkka yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus suv obyektlari va umuman yer bilan bog‘liq bo‘lgan buzilmas narsalar, shu jumladan o‘rmonlar, ko‘p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi. Ko‘chirib bo‘ladigan mulkka ko‘chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar kiradi. Mehnat predmetiga o‘tkazuvchi ta’siriga ko‘ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshootlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi. Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko‘plab korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog‘i ortadi, ularning tarkibi va ko‘rinishi o‘zgaradi, asosiy fondlar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati tezlashadi. Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko‘rinishi bilan ishlab chiqarish jarayonidagi roli, aliamiyati va korxona iqtisodiyotiga ta’siri ham hisobga olinadi.
Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarni natural baholash-hhlzb chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalami ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo‘yicha graflklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, sosiy fondlar va ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy fondlaming umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo‘yicha o‘zaro nisbati asosiy fondlaming turlar bo ‘yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o‘lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o‘rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko'paytirishga yo‘naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo‘Isa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo‘yicha tuzilmasi, ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ulaming yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan awaldan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Asosiy fondlaming turlar bo‘yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham katta ta’sir o‘tkazadi.
Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo'linadi.
Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o‘zining rivojlanish davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma - bosqich eskirib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o‘tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog‘cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko'rsatuvchi obyektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o‘laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o‘zinikining qiymatini mahsulotga o‘tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo‘q bo‘lib ketadi. Ularning, o‘rni toMdirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo'linadi:
• yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo‘lgan tabiatdan foydalangan obyektlari (suv yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar).
• binolar (ishlab chiqarish - texnik, yordamchi binolar va boshqalar);
• inshootlar (injenerlik qurilish obyektlari, ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar);
• uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari);
• mashina va jihozlar;
• o’lcham va nazorat qilish asboblari, qurilmalari va laboratoriya jihozlari;
• hisoblash texnikasi;
• transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish)
• qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko‘p bo‘lgan asbob va moslamalar;
• ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari;
• xo‘jalik ichidagi yo‘llar.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quwati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o‘ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha potensial imkoniyatlarini tavsiflaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati - bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.



Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling