Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi
Download 44.05 Kb.
|
1-mustaqil ish Biznes etikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIZNES EIKASI” FANIDAN MUSTAQIL ISH Topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Suyundukov Qabul qildi: B.Muxtorov
- Spinozaning Etika kitobi. Spinozaning fikricha axloqning 5 qismi. Spinozaning axloqiy ta’limoti.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI “PSIXOLOGIYA” FAKULTETI “IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI “BIZNES EIKASI” FANIDAN MUSTAQIL ISH Topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Suyundukov Qabul qildi: B.Muxtorov Jizzax 2023 Mavzu: Spinozaning axloqiy ta’limoti. Reja: Spinozaning axloqiy ta’limoti. Spinozaning Etika kitobi. Spinozaning fikricha axloqning 5 qismi. Spinozaning axloqiy ta’limoti. Niderlandiyalik faylasuf Benedikt (Barux) Spinoza (1632 — 1677) axloqshunoslik borasida Dekartning ratsional qarashlarini davom ettirdi va yanada yuksak bosqichga olib chiqdi. U ning bu jihatdan «Xudo, inson va uning baxti haqida qisqacha risola» (1660), «llohiyot va siyosat risolasi» (1670) va «Axloqshunoslik» (1677) asarlari diqqatga sazovordir. Spinoza Xudoni — tabiat, tabiatni — Xudo tarzida talqin etadi. X udo — yagona substansiya (javhar), barcha hodisalar va yakka narsalarning ilk asosi. U abadiylik va cheksizlikka ega, yaratilmagan ham da hech qachon yo‘qolmaydi. Unga ikki belgi — sifat xos: biri — ko‘lam , ikkinchisi — tafakkur. Y a’ni tabiatda nam oyon boMgan Xudo, substansiya, azaliy va oliy ong. Substansiya o ‘zi uchun o ‘zi sababdir, deydi mutafakkir. U substansiya va uning sifatlarini talqin etishda modus tushunchasini kiritadi. Modus deganda faylasuf substansiyaning olamdagi ko‘pdan ko‘p rang-barang hodisalar va narsalar ko‘rinishida nam oyon bo‘luvchi holatini tushunadi. Faylasuf substansiya va uning sifatlarini — yaratuvchi tabiat, moduslarni esa yaraluvchi tabiat deb ataydi. Demak, substansiya olamning yagona ibtidosi sifatida o ‘zi uchun ham , olamdagi turli xil narsa va hodisalar uchun ham sababdir, ya’ni birinchi sababdir. Ana shu birinchi sababsiz olamdagi narsa va hodisalarning mavjud bo‘lishi yoki ifoda topishi mumkin emas. Substansiya o ‘z-o zining sababchisi sifatida erkin, ayni paytda, oqibat sifatida zaruriyatdir. Erkinligi uning abadiy qudratini, zaruriyati uning abadiy mavjudligini anglatadi. Biroq, uning erkinligi erkin ixtiyor emas, balki erkin sababdir. Bu fikrlar 0 ‘rta asrlar musulmon Sharqi falsafasidagi, xususan, Forobiy, Ibn Sino singari mutafakkirlar qarashlaridagi vujudi vojib (zaruriy vujud) tushunchalarini eslatadi. Zero, Spinoza Maymoniy, Ibn Izro singari yahudiy allomalarning ijodini puxta o'rgangan edi. Bu mutafakkirlar esa Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Xayyom, G ‘azzoliy kabi faylasuflar qarashlarini o‘ziga xos talqin etgan. Spinoza bilishni zaruriyat doirasida ko‘radi. Agar biz tuyg‘ular sababini ularning zaruriyati doirasida bilsak, ular bilan murosa qilsak, ulardan kamroq iztirob chekam iz. M asalan, barcha bolalar dastlab yurolmasliklari va gapirolmasliklarini bilganlari uchun bu holat bilan murosa qiladilar hamda uni odatiy deb qabul etadilar. Demak, ruh narsalarga qanchalik zaruriyat sifatida qarasa, tuyg‘ular ustidan shunchalik kuchliroq hukmron bo‘ladi va ulardan kamroq aziyat chekadi. Ya’ni insonning erki o‘z tuyg'ularini bilish va ular ustidan hukm ronlik qilishdadir. Aqlning qudrati shaxs erkini belgilaydi. Download 44.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling