Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy va iqtisodiy fanlari” kafedrasi
Download 157.64 Kb.
|
umid investitsiya2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli Topshirdi: 140-20 -guruh talabasi Abdunabiyev Umidjon
- II. Asosiy qism
- III. Xulosa IV. Adabiyotlar KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “PSIXOLOGIYA” FAKULTETI “IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLARI” KAFEDRASI “INVESTITSIYA” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU: O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli Topshirdi: 140-20 -guruh talabasi Abdunabiyev Umidjon Qabul qildi: Xudoyorov Rashid O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli Reja: Kirish. II. Asosiy qism: 2.1.Investitsiya faoliyati tushunchasi. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli. 2.2. Investitsiya faoliyatiga ta’sir etish omillari va usullari. 2.3. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi. 2.4.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etish. 2.5.Investitsiya siyosati III. Xulosa IV. Adabiyotlar KIRISH Odatda, investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo‘nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi. Har bir davlat investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib turadi: bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati amalga oshirilishi; davlatning fan-texnika siyosatini o‘tkazish va buning asosida xo‘jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish. Mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish. Shuni ta’kidlash joizki, investitsiya faoliyatining amalga oshirilishi zaruriy barcha shart sharoitlarning, qulayliklarning yaratilishiga bog‘liqdir. Bu investitsion iqlim iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarga bog‘liq bo‘lgan muhit sifatida qaraladi. Bunda investitsion muhitning ahvoli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoitlarning mavjud xolatidan kelib chiqadi. Shuning uchun iqtisodiy siyosatni olib borish, davlat boshqarish organlarining investitson jarayonlarni tartibga solish, iqtisodiyotda davlatning aralashuvi, xalqaro bitimlarda ishtirok etishi va chet el investitsilarini jalb qilishi investitsion muhitga katta ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari, birinchi navbatda, barcha xo‘jalik yuritish bosqichlarida jamg‘armalar o‘sishi sur‘atlarini rag‘batlantirish va iste‘mol darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunga, bizning nazarimizda, iqtisodiyotdagi yuridik va jismoniy shaxslardan, chet ellik investorlardan undiriladigan soliqlarni tartibga soluvchilik funktsiyasini amal qilishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Investitsiya faoliyatini taribga solish tizimi doirasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi funktsiyalarini kuchaytirish investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyalari oqimini kengaytirish maqsadida, chet ellik investorlarni ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirgunlariga qadar barcha ko‘rinishdagi bojxona to‘lovlari, soliqlar, yig‘imlardan ozod qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 157.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling