Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy va iqtisodiy fanlari” kafedrasi


O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi


Download 157.64 Kb.
bet4/7
Sana11.05.2023
Hajmi157.64 Kb.
#1451821
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
umid investitsiya2

2.3. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi.
Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizmini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi, Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi yangi tahrirda, Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida‖gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taaluqli barcha jarayonlarga va tushunchalargaaniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining subyektlari va obyektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq belgilab berilgan. Biroq, bu kabi mamlakatda investitsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi qonuniy-xuquqiy bazaning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanganligini belgilamaydi. Bugungi kunda mamalakatda investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur. Davlat mazkur qonunlar doirasida investitsion faoliyatning turli subyektlari o‘rtasida yuzagakeladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday o‘rnatilganligiga qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin. O‘zbekistonda investitsion munosabatlarni tartibga solishining yaratilgan qonuniy asoslari mos ravishda tadbirkorlik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik to‘g‘risidagi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan to‘ldirilib borilmoqda.
Tadbirkorlik to‘g‘risidagi Qonun O‘zbekistonda tadbirkorlikni faoliyat ko‘rsatishning va rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy erkinliklarini kafolatlashni aniqlab berdi. Shuningdek, ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Bu qonun tadbirkorlarning boshqa korxonalar, tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi va mulkchilik shakllarini erkin tanlashni, xo‘jalik yuritishni, faoliyatni teng huquqli asosda amalga oshirishni, o‘zaro hamkorlik va erkin raqobatni ta‘minlashni o‘z ichiga oladigan shartlarning shakllanishiga yordam beradi.

Download 157.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling