Psixologiya” fakulteti, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) kafedrasi


Download 77.26 Kb.
bet5/5
Sana10.11.2023
Hajmi77.26 Kb.
#1761837
1   2   3   4   5
Bog'liq
(RAQOBAT)

Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi- lar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakka- hukmronlik holati hisoblanadi. Misol tariqasida dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan paxta tolasi va ulami shartnoma asosida “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibida paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallariga sotishini keltirishimiz mumkin. Bunda paxta yetishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular tomonidan yetishtirilgan paxta xom-ashyosi-ni faqatgina “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi.


Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya farqlanadi. Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo’lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega boTgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qoTlanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo’lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi. Xulosa Iqtisodiy rivojlanish uchun jamiyatda ishlab chiqaruvchilar uchun ma'lum bir shar-sharoitlar yaratilib berilishi kerak, misol uchun; subsidiyalar, uzoq muddatli kredetlar,soliqlar to'lashda ma'lum bir yingilliklar bilan taminlab berilishi,hamda bu sohaga endigina qadam qo'yganlar uchun ma'lumotlar berilishi hamda kumak berib uni rivojlantirish kerak. Monopoliyani kamaytirish uchun esa davlatimiz tomonidan monopoliyaga qarshi kurashish tizimlarini yanada kuchaytirilishi, misol uchun ishlab chiqarish qilayotganlar faqatgina bitta viloyatda emas balki uning filiallarini ko'paytirish hamda to'liq bo'lmagan holda bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi( nazorati) bo'lishi kerak.Tabiiy monopoliyalarning ustunligi hamda monopoliyaga qarshi samarali tartibotlarni amalga oshirish, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish, korxonalarning va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, umuman mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishni rag’batlantirish borasidagi tashkiliy va amaliy choratadbirlarni shakllantirish bilan bog’liq ko’pgina masalalar hamon hal etilmay qolmoqda.Shu jihatdan olganda O’zbekiston Respublikasining yaqinda qabul qilingan. Raqobat to’g’risidagi qonunida nazarda tutilgan me‘yor va talablarni amalga oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rilishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklashga hamda ustunlik mavqeini 281 suiiste‘mol qilishga olib keladigan xatti-harakatlarga yo’l qo’ymaslikka, shuningdek, nohalol raqobatni, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlarini sun‘iy ravishda oshirish yoki tushirib yuborishni taqiqlashga alohida e‘tibor qaratilishi lozim.Bu ishlarni faollashtirish uchun qilinayotgan sa‘y-harakatlarni jamlash, xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bo’yicha ishlarning bajarilishini ta‘minlaydigan davlat institutlarini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1.Jo’rayev, Tolliboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi (ko’rgazmali va tarqatma materiallar), -T.: “Fan va texnologiya”, 2013, 332 bet. 2.Sh. Shodmonov, U. G’ofurov . “Iqtisodiyot nazariyasi” (darslik). T.:”Fan va texnologiyalar” nashriyoti , 2005, 784 bet.
Download 77.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling