Psixologiya” fakulteti, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) kafedrasi


Download 77.26 Kb.
bet1/5
Sana10.11.2023
Hajmi77.26 Kb.
#1761837
  1   2   3   4   5
Bog'liq
(RAQOBAT)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING
JIZZAX FILIALI

Psixologiya” fakulteti,
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) kafedrasi
131-23 guruh talabasi
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
QAYTA O’ZLASHTIRISH
Mavzu: Raqobat va monopoliya
Topshirdi: Sattarova Madina
Qabul qildi: Saitov Sirojiddin
Reja:

  1. Raqobat va monopoliya haqida boshlang’ich tushunchalar.

2. Raqobat va monopoliyaning mohiyati.
3. Raqobat va monopoliyaning turlari
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.Raqobat va monopoliya haqida boshlang’ich tushunchalar.
Raqobat – bu ikki shaxs yoki guruhning doimiy raqobatbardosh munosabatlardagi holati. Raqobat – bu raqobatlashayotgan ikki tomon oʻrtasidagi „bir-biriga qarshi“ munosabati. Oʻzaro munosabatlarning oʻzini „raqobat“ deb ham atash mumkin, yoki har bir ishtirokchi bir-biri bilan raqib boʻladi. Kimningdir asosiy raqibini ashaddiy raqib deb atash mumkin. Raqobatni „aktyorlar qaysi davlatlar raqobatchilarga yetarlicha tahdid solayotganini aniqlaydigan idrokiy tasniflash jarayoni“ deb taʼriflash mumkin. Raqobat bir tomonning doimiy hukmronligiga olib kelmasdan, davom etishi uchun „teng tomonlar oʻrtasidagi raqobat munosabatlari“ boʻlishi kerak. Siyosatshunos Jon A. Vaskesning taʼkidlashicha, kuchlar tengligi haqiqiy raqobat mavjud boʻlishi uchun zaruriy komponent hisoblanadi, ammo boshqalar bu elementga etiroz bildiradi. Raqobat jamiyatning turli sohalarini uchrab turadi va „inson munosabatlarining barcha darajalarida koʻp“. Koʻpincha doʻstlar, firmalar, sport jamoalari, maktablar va universitetlar oʻrtasida mavjud. Bundan tashqari, „oilalilar, siyosatchilar, siyosiy partiyalar, etnik guruhlar, mamlakatlar va shtatlarning mintaqaviy boʻlimlari har xil uzunlikdagi va intensivlikdagi doimiy raqobatda ishtirok etadilar“. Raqobat turli tomonlar oʻrtasidagi marosimlar mahsulidan rivojlanadi. Baʼzi hollarda, raqobat „shunchalik kuchli boʻladiki, aktyorlar faqat oʻz harakatlari bilan raqiblariga zarar yetkazishi yoki foyda keltirishi haqida tashvishlanishadi“. Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ - yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari. Monopoliya (yunoncha mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan faoliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. Monopoliya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. Monopoliya koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. Momopoliya oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar monopoliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. Monopoliyaning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi mavjud bo'lib ular: 1.Tabiiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya 4.Aligopoliya 5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya. 2. Raqobat va monopoliyaning mohiyati. Bozor mеxanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat‘iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir» Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim bеlgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar, korxonalar o'rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda kеltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqеini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kеrakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va matеriallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida istе‘molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi. Raqobatni har qanday sohada ko'rishimiz mumkin: resurs yetkazib beruvchilar orasida - o‘zlarining iqtisodiy rеsurslarini (kapital, tabiiy rеsurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Raqobat iste'molchilar orasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, yani xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koproq naflilikka ega bolishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat kop qirrali iqtisodiy hodisa bolib, u bozorning barcha subеktlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarning to'qnashuvidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovar pul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli raqobatning asosiy sohasi bozor hisoblanadi. Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Raqobatning halol va g'irrom turlari ham mavjud. Halol raqobat bu - ma'lum bir belgilab berilgan qonun qoidaga asoslanib hammaga maqbul usullar bilan raqobat olib borilishiga aytiladi. G'irrom raqobatda esa ta'qiqlangan va qoralangan usullarda, yani qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatni tan oladi. Raqobat va monopoliya bir-biriga teskari bo'lgan tushuncha.Monopoliya qarobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi.Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya-monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliya jamiyat uchun zararlidir. Chunki monopoliya bor joyda iqtisodiy rivojlanish bo'lmaydi. Iqtisodiy rivojlanish bo'lmagan davlat asta-sekin yo'q bo'la boshlaydi. 280 Monopoliyaga qarshi siyosat -monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi e‘lon qilgan ma‘lumotlarda Ozbekistonda 2020-yilning noyabr oyi holatiga kora, 131 ta tabiiy monopoliya subyekti mavjud.2019-yil bilan taqqoslaganda mamlakatdagi tabiiy monopoliya subyektlari soni oltitaga kamaydi. O’tgan yil yakunlari bo’yicha O’zbekistonda 137 ta tabiiy monopoliya subyekti qayd qilingandi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham raqobat boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi. "Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992 yil 3-avgust) qonunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996 yil 26 aprel) qonuniga asosan, gʻirrom raqobatga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996 yil 27 dekabr) qonunida ham sogʻlom raqobat muhitining huquqiy shart-sharoitlari taʼminlab berilgan
3. Raqobat va monopoliyaning turlari Ishlab chiqaruvchilaming faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi subyektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir. Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo'ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:


  1. Download 77.26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling