Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


Download 131.69 Kb.
bet32/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

34. Sezgi va uning asosiy vazifasi

Sezgi haqida tushuncha.Maʼlumki bizni oʼrab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarni narsalarning rangi, taʼmi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, gʼadir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Аna shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi aʼzolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz. Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi aʼzolarimizga taʼsir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil boʼladi. Chunonchi, nurlarning koʼzimizga taʼsir qilishi natijasida koʼrish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo toʼlqinlarining qulogʼimizga taʼsir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun boʼshligʼiga kirgan har turli modda zarrachalarining taʼsiri natijasida hid sezgisi, biror narsani qoʼlimiz yoki badanimizga tegib taʼsir etish natijasida teri (taktil – biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil boʼladi. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon boʼlib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qoʼzgʼatuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita taʼsir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Maʼlumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga oʼtadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon boʼlgani bilan uning yuzaga kelishi oʼz-oʼzidan hosil boʼlmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Sezgi aʼzolariga taʼsir etadigan narsa va hodisaning boʼlishi. Sezuvchi apparat, yaʼni analizatorning mavjud boʼlishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.Sezgi idrok bilan bogʼliq boʼladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi aʼzolarimizga taʼsiri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, toʼplab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm oʼz ichki holatini adekvat “mos” aks ettirishi hosil boʼladi. Sezgi aʼzolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yoʼllaridan biridir.




Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling