Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi
Download 131.69 Kb.
|
2 5226836931349842463
39.Idrokning yaxlitligi xususiyati
Idrok o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xissiy bilishning sifat jixatidan yangi bosqichidir.Idrokning predmetligi,yaxlitligi ma’lum tartibda tuzilishi,konstantligi va anglanganligi uning eng muhim xususiyatlaridandir. Idrokning predmetligi ob’yektivlash deb atalgan vaqtda,ya’ni tashqi olamdan olingan ma’lumolarni shu olamning o’ziga qarashli ifodalanadi.Idrokning predmetliligi tug’ma sifat xisoblanmaydi.Sub’yektga olamning predmetligini ochib berishni ta’minlaydigan ma’lum harakatlar sistemasi mavjuddir.Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda aloxida rol o’ynaydi.Tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o’ziga solishtirib ko’rish idrok obrazining real predmetlarga mos ekanligini nazorat qilishni taminlaydi. Idrokning yana boshqa xususiyati uning yaxlitligidir.Idrok sezgi a’zolariga tasir qiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib,narsalarning yaxlit obrazidir.O’z-o’zodan ravshanki,bu yaxlit obraz har xil modeldagi sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari xaqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.Idrokning yaxlitligi uning malum tartibda tuzilganligi bilan bog’liqdir.Idrokning yaxlitligi va malum tartibda tuzilganligining manbai,bir tomondan,odamning narsalar bilan amalga oshiradigan faoliyatidir.Idrikning yana bir xusisiyati konstantligidir.Idrokning konstantligi-biz idrok qilish natijasida ongimizda hosil bo’lgn obrazning real voqeylikdagi bizga ta’sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos ya’ni teng bo’lishini taminlaydi.Idrokning yana bir xususiyati kuzatuvchanlik bo’lib,biz idrokning ixtiyoriy turi bilan bog’liq bo’lgan maxsus kuzata bilish qobilyatini tushunamiz.Kuzatuvchanlik qobilyati-oldindan belgilangan aniq maqsad asosida sestimali tarzda qila bilishga aytiladi. Download 131.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling