Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


-42.Idrokni buzilishi (gallyutsinasiya va illyuziya)


Download 131.69 Kb.
bet39/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

41-42.Idrokni buzilishi (gallyutsinasiya va illyuziya).

Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o'ziga xos xususiyati idrok qilishda ba'zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya - bizga ta'sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:


a) ob'ektiv illyuziya;
b) sub'ektiv illyuziya.
Ob'ektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo’lib, uni
geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob'ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o’zaro bir-biriga ta'siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllami idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlaming uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Voqelikdagi narsa va hodisalaming tana a'zolarini qabul qilish analizatorlarga
bevosita ta'sir etmasdan inson ongida turli obrazlaming (ovozlaming eshitilishi, sharpalaming sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastaiikning alomati, ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim shariari qobiqidagi qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli sust (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining zaharlanishi,zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Odatda illyuziyani gallyusinasiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu lahzada shaxsning sezgi a’zolariga ta'sir etib turgan biror narsani yanglish, noto’g’ri idrok qilish jarayoni bo’lsa, gallyusinasiya yo’q mavjud bo’lmagan narsalarni tashqi ta'surotsiz idrok qilishdir.


Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling