Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi
Download 131.69 Kb.
|
2 5226836931349842463
59-Savol. Xotira turlari ta’rifi
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon boʻlish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil koʻrinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bogʻliqligi olinadi. Harakat xotirasi – inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu koʻrinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning koʻrinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida oʻz ifodasini topib harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuygʻularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, surʼati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi. His-tuygʻu yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuygʻular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. Voqelikdagi narsa va hodisalardan, oʻz-oʻzimizga boʻlgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va oʻtmishda salbiy kechinmalarga ega boʻlgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon boʻladi. Obrazli xotira – tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, taʼmlar, ranglar shakllar, bilan bogʻliq boʻlgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisa-larning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bogʻlanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tugʻilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Soʻz-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat oʻzlashtirilayotgan materiallarning asosiy maʼnosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni soʻzma-soʻz ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Agar maʼlumot, axborot, xabar, material maʼno jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni soʻzma-soʻz oʻzlashtirish, mantiqiy oʻrganish boʻlmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi. Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bogʻliq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga koʻra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga boʻlinadi. Ixtiyoriy xotira deganda maʼlum maqsadni roʻyobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Koʻpincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qoʻyiladi. Bu jarayon maʼlum kerakli topshiriq yoki vazifa qoʻyilsa, esda olib qolishga yetaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻymaymiz. Mazkur soʻz mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hech qanday oʻrin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat boʻlsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta oʻrin egallashini har kim oʻz shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri maʼlum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zoʻr berishsiz hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan keng koʻlamdagi maʼlumot, xabar, axborot, taʼsurotlarning koʻpchilik qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida oʻz xotirasini boshqarish zarurati tugʻilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
Download 131.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling