Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


Download 131.69 Kb.
bet66/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

73- savol. Diqqat va uning turlari
Odam ayrim narsalarga oʻz diqqatini ongli ravishda oʻzi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor yaʼni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat deb toʻsatdan taʼsir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil boʻladigan diqqatga aytiladi. Odamning koʻz oʻngida paydo boʻladigan juda yorqin rangli narsalar, oʻzining tashqi koʻrinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, toʻsatdan paydo boʻlgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar boʻlishi mumkin. Masalan, hikoya oʻqish mashgʻuloti paytida toʻsatdan uchib oʻtgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor oʻziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chogʻdagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bogʻliq boʻlgan narsalarning taʼsiri ixtiyorsiz diqqatga sabab boʻladi. Masalan, erkin oʻyin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini oʻyindan darhol oʻziga jalb qilib oladi. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki bu nima? refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina oʻzgarishi bizda darhol oriyentirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, “nima gap” degan maʼnoda atrofimizga razm sola boshlaymiz. Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qatʼiy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni maʼlum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. Odamning koʻpchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, yaʼni oʻqish, oʻyin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi boʻlib, u zoʻr berishlikni, yaʼni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining poʻstida vujudga keladigan optimal qoʻzgʻalish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli gʻoyat kattadir. Chunki koʻpchilik hollarda hoh taʼlim jarayonida boʻlsin, hoh mehnat jarayonida boʻlsin nutq orqali turli vazifalar qoʻyish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi.

Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, yaʼni odam oʻzini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda taʼlim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga oʻtib turishi yaxshi boʻladi.

Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan soʻnggi diqqatni koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.

Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy toʻplanganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning oʻzi qiziqarli va ahamiyatli boʻlsa ixtiyoriydan soʻnggi diqqat deb tushunish mumkin. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni obyektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-gʻayrat sarflamasa ham boʻlaveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan soʻnggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon boʻlgan holda shuning oʻzidangina iborat deb hisoblash mumkin emas. Masalan, yuqori sinf oʻquvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga oʻzini diqqat-eʼtiborli boʻlishga, chalgʻimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalgʻitish qiyin boʻladi. Dastavval irodaviy kuch-gʻayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan soʻnggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan soʻnggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, koʻproq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar.




Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling