Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


- savol. Diqqatning asosii vazifasi


Download 131.69 Kb.
bet68/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

75- savol. Diqqatning asosii vazifasi

Odamning koʻpchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, yaʼni oʻqish, oʻyin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi boʻlib, u zoʻr berishlikni, yaʼni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining poʻstida vujudga keladigan optimal qoʻzgʻalish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli gʻoyat kattadir. Chunki koʻpchilik hollarda hoh taʼlim jarayonida boʻlsin, hoh mehnat jarayonida boʻlsin nutq orqali turli vazifalar qoʻyish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi.

Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, yaʼni odam oʻzini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda taʼlim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga oʻtib turishi yaxshi boʻladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan soʻnggi diqqatni koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.

Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy toʻplanganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning oʻzi qiziqarli va ahamiyatli boʻlsa ixtiyoriydan soʻnggi diqqat deb tushunish mumkin. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni obyektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-gʻayrat sarflamasa ham boʻlaveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan soʻnggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon boʻlgan holda shuning oʻzidangina iborat deb hisoblash mumkin emas. Masalan, yuqori sinf oʻquvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga oʻzini diqqat-eʼtiborli boʻlishga, chalgʻimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalgʻitish qiyin boʻladi. Dastavval irodaviy kuch-gʻayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan soʻnggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan soʻnggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, koʻproq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar. Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega boʻlib, ulardan asosiylari – diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning koʻlami, diqqatning boʻlinuvchanligi va diqqatning koʻchuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga koʻra odamlarning diqqatlari oʻzining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror boʻlsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror boʻladi.Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam oʻz diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni maʼlum muddat biror narsaga muttasil, yaʼni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, oʻqiy ham olmaydi va hatto oʻynay ham olmaydi.

Diqqatning kuchli va barqaror boʻlishi bir qancha sabablarga bogʻliqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun boʻlgan ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bogʻliqdir. Bularning hammasi obyektiv, yaʼni bizning irodamiz bilan bogʻliq boʻlmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta subyektiv, yaʼni odamning ayni chogʻdagi holati bilan ham bogʻliq. Masalan, ayni chogʻda betobroq boʻlib turgan odamning yoki boshiga bir ogʻir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror boʻla olmaydi.


76- savol. Ixtiyoriy diqqat
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan soʻnggi diqqatni koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.

Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy toʻplanganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning oʻzi qiziqarli va ahamiyatli boʻlsa ixtiyoriydan soʻnggi diqqat deb tushunish mumkin. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni obyektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-gʻayrat sarflamasa ham boʻlaveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan soʻnggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon boʻlgan holda shuning oʻzidangina iborat deb hisoblash mumkin emas. Masalan, yuqori sinf oʻquvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga oʻzini diqqat-eʼtiborli boʻlishga, chalgʻimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalgʻitish qiyin boʻladi. Dastavval irodaviy kuch-gʻayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan soʻnggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan soʻnggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, koʻproq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar. Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega boʻlib, ulardan asosiylari – diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning koʻlami, diqqatning boʻlinuvchanligi va diqqatning koʻchuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga koʻra odamlarning diqqatlari oʻzining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror boʻlsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror boʻladi.

Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam oʻz diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni maʼlum muddat biror narsaga muttasil, yaʼni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, oʻqiy ham olmaydi va hatto oʻynay ham olmaydi. Diqqatning kuchli va barqaror boʻlishi bir qancha sabablarga bogʻliqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun boʻlgan ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bogʻliqdir. Bularning hammasi obyektiv, yaʼni bizning irodamiz bilan bogʻliq boʻlmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta subyektiv, yaʼni odamning ayni chogʻdagi holati bilan ham bogʻliq. Masalan, ayni chogʻda betobroq boʻlib turgan odamning yoki boshiga bir ogʻir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror boʻla olmaydi.

Odamlar oʻz diqqatlarining koʻlami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining koʻlami keng boʻlsa, boshqa bir odamlar diqqatining koʻlami torroq boʻladi. Diqqatning koʻlami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sigʻishi mumkin boʻlgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sigʻdira olishimiz diqqatning koʻlamini tashkil etadi. Diqqat koʻlamini tajriba yoʻli bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun diqqatning koʻlamini aniqlayotgan odamga ayni bir vaqtning oʻzida bir necha oʻzaro bogʻlanmagan harflarni, raqamlarni va turli geometrik shakllarni koʻrsatish yoʻli bilan aniqlash mumkin. Bunda odam koʻrsatilayotgan narsalardan ayni vaqtda qanchalik koʻpini birdaniga idrok eta olsa, uning diqqati shunchalik keng boʻladi.

Diqqatning koʻlami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan aniqlanadi. Bu asbob yordamida ayni bir vaqtning oʻzida idrok ettiriladigan narsalar juda tez koʻrsatiladi. Bunda odam oʻz diqqati doirasiga qancha narsa sigʻdira olsa, ana shunga qarab diqqatning keng yoki torligi aniqlanadi. Oʻtkazilgan tajribalarning koʻrsatishicha, katta yoshli odamlarda oʻz diqqat doiralariga ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha bir-biri bilan bogʻliq boʻlmagan narsalarni sigʻdira oladilar.

Diqqat koʻlamining keng boʻlishi odam idrok qilayotgan narsalarini atroflicha va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli boʻlishi uchun juda katta ahamiyatga egadir.



Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling