Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi
– savol. Irodaning tarkib topishi qonuniyatlari
Download 131.69 Kb.
|
2 5226836931349842463
80 – savol. Irodaning tarkib topishi qonuniyatlari
Iroda – kishi ongining shunday bir sohasidirki, bu orqali u o‘z ishiga faol kirishadi va uni amalga oshiradi. Iroda tufayli kishi o‘z shaxsiy tashabbusi bilan ongli zaruriyatdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo‘nalishda va oldindan nazarda tutilgan kuch-g‘ayrat bilan tegishli ish-harakatni bajarishi mumkin. Shuningdek, odam o‘z psixik faoliyatini maqsadga muvofiq uyushtirishi hamda uni muayyan bir mazmunga yo‘naltirishi mumkin. Iroda odam xatti-harakatiga bir tomondan yo‘nalishga solsa, ikkinchi tomondan mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi. U shaxs faoliyati mazmuniga ta’sir qiladi. Psixik jarayonlarning va shaxsning eng muhim tomoni ularning faolligidir. Bu faollik ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar u yoki bu hollarda kishida oldindan belgilanmagan biron maqsadsiz voqea bo‘ladi; bunday harakatlar biron-bir tashqi sabablar tufayli paydo bo‘ladi. Ixtiyorsiz harakatda ongli ravishda zo‘r berish bo‘lmaydi. Ixtiyoriy yoki irodaviy harakat oldindan qo‘yilgan maqsad asosida, bizning xohishimiz bilan bo‘ladigan faollikdir. Bu harakat bizning «o‘zimiz» bilan bog‘liqdir va u ongli ravishda zo‘r berishimiz natijasida sodir bo‘ladi. Psixikaning faolligi ish-harakatlarda juda yaqqol sodir bo‘ladi. Ishharakatlar ham ixtiyorsiz va ixtiyoriy (irodaviy) bo‘ladi. Biz iroda haqida gapirar ekanmiz, faoliyatimizda sodir bo‘ladigan ongli harakatni ko‘zda tutamiz. Irodaviy harakatlar deganda faqat jismoniy (ya’ni muskullar bilan bog‘liq bo‘lgan) harakatlarnigina emas, balki shuning bilan birga axloqiy harakatlarni ham tushunish lozim. Aqliy ishlar jarayonida odam ko‘pincha qiyinchiliklarga duch kelib qoladi. Bunday hollarda irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Lekin shunga qaramay, iroda haqida gapirganimizda, asosan odamning tashqi harakatlarida namoyon bo‘ladigan ongli faolligini nazarda tutamiz. Shunday qilib, iroda, kishining shunday faolligidirki, bunday faollik oldindan biror maqsad qo‘yib va shu maqsadga erishish vositalarini oldindan belgilab, ongli ravishda zo‘r berish natijasida voqe bo‘ladi. Irodaviy harakatlar deyarli hamma vaqt ixtiyorsiz faollik bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Reflektor harakatlar, masalan, yo‘talish, chuchkurish, ko‘z pirpiratish, qo‘lga bexosdan nina qadalganda yoki qo‘l sinib qolganda qo‘lni siltab tortib olish ixtiyorsiz harakatlar jumlasidandir. Bunday harakatlarning nerv-fiziologik asosi shartsiz reflekslardir. Impulsiv harakatlar ham reflektor harakatlar jumlasiga kiradi. Bunday harakatlar organizmda yig‘ilib qolgan nerv quvvatining bo‘shalib ketishi tufayli yuzaga keladi. Impulsiv harakatlar go‘yo portlashga o‘xshagan harakatlardir. Sof holda uchraydigan impulsiv harakatlar bolalarga xos bo‘ladi. Instinktiv harakatlar murakkab ixtiyorsiz harakatlardandir. Bunday harakatlarning nerv-fiziologik asosi bir-biri bilan ulanib ketgan qator shartsiz reflekslardir. Ixtiyorsiz harakatlarning maxsus turi avtomatlashgan harakatlar, ya’nimalaka va odatlardir. Bunday avtomatlashgan harakatlar odamning amaliy hayoti davomida hosil qiladi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asosida shartli reflekslar yotadi. Ixtiyorsiz harakatlarga kishining hissiy (emotsional) kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar ham kiradi. Kishining hissiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan (emotsional) harakatlari turli (instinktiv) va odatlanib qolgan harakatlarida namoyon bo‘ladi. Emotsional harakatlarning nerv-fiziologik mexanizmlari shartsiz va shartli reflekslardir. Ixtiyorsiz harakatlarning xususiyati shundan iboratki, odatda bunday harakatlar ongsiz ravishda voqe bo‘ladi. Ammo ixtiyorsiz harakatlarning ko‘pchiligini kishi ma’lum darajada o‘sha ish-harakatlar voqebo‘lgan paytda va ayniqsa ular bo‘lib o‘tgandan keyin bilib-anglab oladi. Bunday anglash ixtiyorsiz qilingan harakatlarning zarurligi, foydaliligi va axloqiyligi jihatidan baho berish tufayli qanoat hosil qilish yoki norozi bo‘lishda ifodalanadi. Aqliy va axloqiy taraqqiyot darajasiga qarab, kishi xuddi ixtiyoriy harakatlar singari bu harakatlarni ham o‘zi ma’qullaydi yoki qoralaydi. Maʼlumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab oʻzgaradi. Shu bois oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs oʻz harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni oʻz ehtiyojlariga muvofiqlashtirib oʻzgartiradi, qayta quradi va oʻziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, oʻz ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni koʻzlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yoʻl va usullarni oldindan qidirib topadi, toʻsqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-gʻayratini ishlata oladi. Download 131.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling