Miya va psixika
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo’lib, u ob'ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo’lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda qancha murakkabroq tuzilgan bo’ladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Agar maymun miyasining og’irligi 400-500 g bo’lsa, odam miyasining og’irligi o’rta hisobda 1400 g dir.
Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz miya butun gavda og’irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan kislorodning 18 foizidan ortiqrog’ini ishlashidan ham ko’rishimiz mumkin. Hayvon taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik og’irroq bo’lib boraveradi.
Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam organizmidagi barcha organlarning o’zaro faoliyati va bir-biri bilan bog’lanishini hamda uning tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqasini ta'minlaydi. Psixik faoliyatlarning ko’pgina qismi bir necha qator bo’lib, joylashgan nihoyatda ko’p nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko’p) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan iborat bo’lgan bosh miya katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |