Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari
O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari
Download 0.52 Mb.
|
psixologiya ma`ruza
4. O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari
Muhim davlat vazifasini – “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o‘kituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati 21-asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi. Hozirgi jamiyatimizda o‘kituvchining mustakil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi – bir tomondan o‘kituvchilik faoliyatining borgan sari nakadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki, bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual kashshoklikdan kutkarib koladi. Psixologik nuktai-nazardan o‘kituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. CHunki o‘kituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri kiziktirib kelayotgan hakikatni o‘z karashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘kituvchidagi bu tarika karashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o‘kituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vakt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengkurlari bilangina mulokotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos kizikishlar bilangina cheklanib koladi. O‘kituvchining mustakil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi. Odatda aksariyat o‘kituvchilar mustakil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘kituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar o‘kituvchilarni kanday o‘kitib va kanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tarikasida, fanning oxirgi yutuklari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi. SHu bilan birga yakkol ko‘zga tashlanib turgan ayhim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, o‘kituvchilar ommasining ma’lum kismi mustakil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida tarakkiyotdan butunlay ortda kolmokdalar. Bunday o‘kituvchilar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya tarakkiyotiga jiddiy zarar keltiradilar. Bu mammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalk ta’limi xodimlarining malakasini oshirish instutlarining tarmoklari joriy etilgan,bular Avloniy nomidagi xalk ta’limi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy instituti,Toshkent shaxar xalk talimi xodimlarining malakasini oshirish instituti va viloyatlardagi xalk ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. Xalk ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o‘kituvchi kadrlarning malakasini oshirish, o‘kituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir katorda iktisodiy, ekologik va hukukiy ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir. O‘kituvchining mustakil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlaridandir. Shark mutafakkirlari o‘qituvchi o‘zi o‘qib tursagina – o‘qituvchi bo‘la oladi, agar u o‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, unda o‘qituvchilik ham o‘ladi, deb juda haqoniy aytganlar. Bu haqiqatni yoshi qanday bo‘lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling