Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari


Download 0.52 Mb.
bet98/106
Sana02.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#201774
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Bog'liq
psixologiya ma`ruza

2. Akademik qobiliyatlar - matematika, fizika, biologiya, ona tili,   adabiyot,   tarix   va   boshqa   shu   kabi   fanlar   sohasiga   xos qobiliyatlardir.

Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o‘quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo‘lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.

Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha bunday yuksak bilim, saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng eruditsiyali (bilimdon) odam bo‘lmog‘i lozim.

Bunday o‘qituvchilar haqida o‘quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning o‘zginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez-tez o‘ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisi xaqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yo‘q» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling