Fe'lning boshqa turkumlarga monand shakllari Mundarija: Kirish I bob Fe'l so'z turkumining o'rganilish tarixi


Download 76.83 Kb.
bet1/9
Sana31.01.2023
Hajmi76.83 Kb.
#1142947
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fe\'lning boshqa turkumlarga monand shakllari


Fe'lning boshqa turkumlarga monand shakllari
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………...3
I bob Fe'l so'z turkumining o'rganilish tarixi.
1.1 O'zbek tilshunosligida fe'l so'z turkumi talqini……………………...8
1.2 Hozirgi o'zbek tilshunosligida fe'llarning o'rganilish masalalari…..15
II bob Fe'lning funksional formalari
2.1 Fe'lning otdosh va sifatdosh shakli……………………………….. 21
2.2 Fe'lning ravishdosh shakli …………………………………….…...26
Xulosa………………………………………………………………….31
Foydalangan adabiyotlar …………………………………………...34

Kirish
Tilshunoslikda fe’l so’z turkumi bo’yicha juda ko’p ishlar qilingan. O‘zbek tilshunosligining o’zida fe’lga xos barcha grammatik kategoriyalar bo’yicha, shuningdek barcha funksional formalar bo’yicha nomzodlik dissertasiyalari yoqlangan. Ana shuning o’ziyoq o’zbek tilshunosligida fe’l turkumining qay darajada keng o’rganilganini yaqqol ko’rsatib turadi. Biroq shunga qaramay, fe’l turkumida hali to’la hal etilmagan, munozarali masalalar, mohiyati yetarli ochilmagan hodisalar anchagina bor. Shu vaqtga qadar fe’l turkumiga oid grammatik kategoriyalar haqida qat’iy bir fikrga kelinmaganligining o’ziyoq fikrimizning dalili bo’la oladi.Bu narsa amaliy hayotda, ayniqsa, o’qish-o’qitish ishlarida ma’lum qiyinchiliklar tug’diryapti. Fe’l so’z turkumining leksik-semantik va grammatik tabiatini yoritish o’zbek tilshunosligi sohasida 1940 yillarga qadar maktab darsliklari doirasida qisqa ma’lumotlar bilan chegaralanar edi. Bundan faqat prof.Ye.D.Polivanovning ishlarigina istisno edi. 40-yillardan boshlab maktab darsliklarida ham siljish ilmiylikka asoslanish, shu jumladan turkologiyaning yutuqlariga suyanish boshlandi.Oliy maktablar uchun darsliklar yaratilishi, ayniqsa o’zbek tilining birinchi Demak, fe’l kategoriyasining ishlanishiga Ye.D.Polivanov, A.N.Kononov, V.V.Reshetov kabi taniqli olimlar o’zlarining katta hissalarini qo’shganlar. Fe’l kategoriyasi ustidagi ilmiy tadqiqot ishlarining rivojlanishida tilshunoslardan A.M.Shcherbak, S.M.Ivanov, A.Koklyanova, o’zbek tilshunoslaridan A.G’ulomov, A.H.Sulaymonov, A.Hojiyev, J.Jo’rayeva, Sh.Shukurov, G.Sh.Sharipov, S.A.Akbarov, E.Fozilov, R.Jumaniyozov, M.Shohnazarova va boshqa tilshunoslarning hissalari katta. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritganidan so'ng o'zbek tilshunosligi o'zining yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bugungi kunda lison va nutqning izchil farqlanishiga erishilganligi, til birliklarining lisoniy va nutqiy sathdagi o'rnining muqimlashganligi, til birliklarining lisoniy mohiyatlari tiklanib, o'zbek tilining lison lingvistikasi o'zining haqqoniy maqomiga ega bo'lganligi tilshunosligimizning ulkan yutuqlarini ifodalab, davr fanimiz oldiga milliy til va milliy ma'naviyat mushtarakligi masalasiga daxldor yangidan yangi vazifalarni qo'ymoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ilm-u fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy ishlarimiz va yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg'or mezonlar bilan o'lchanishi lozim” , - degan edilar. Bu fikr o'zbek tilshunosligi uchun ham bevosita daxldordir. Hozirgi o„zbek tilshunosligi jahon tilshunosligi qo'lga kiritgan eng yangi yutuqlarni e'tiborga olmog'i lozim. Shu sababli o'zbek tilini jahon tilshunosligida keng qo'llanayotgan sistemaviy-struktur metodlar asosida o'rganish tobora kengayib bormoqda. Lisoniy mohiyatning nutqiy voqelanishi, bunda uning nolisoniy hodisalar qurshovidagi o'rni va maqomini aniqlash, tilning akkumulyativ vazifasi, ya'ni o'zida bilim zahirasini saqlashi, milliy ma'naviyat va madaniyatni mujassam etishi kabi hodisalar talqini muammolari yuzaga chiqmoqda. Biroq fan va ijtimoiy taraqqiyotning yangi pog'onasiga o'tilishi oldingi bosqichdagi barcha muammolar to'la-to'kis hal etilganligini ko'rsatmaydi. Bu muammolarni yechish va xulosalarni yangi bosqich talqinlari uchun dalil sifatida taqdim etish ahamiyatsiz emas, aksincha, zarur o'rinlarda ilmiy qimmat kasb etadi. O'zbek tilidagi leksemalar talqini borasida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ma'lumki, o'zbek tilshunosligida so'z birikmasi qoliplari, erkin birikuv omillari, gapning qurilish qoliplari, gap va so'z kengaytiruvchilari masalasi atroflicha tadqiq etildi . Biroq o'zbek mumtoz sintaksisining asosiy tushunchalaridan bo'lgan leksema masalasi substansial tahlil usullari asosida ilmiy talqin etilmadi va talqin doirasidan chetda qoldi. Holbuki, Yevropa va turkiy tillar orasidagi asosiy sintaktik farqlardan birini qo'shma gap tashkil etar ekan, uning tegishli til ontologik tabiati asosidagi tavsifini berish fanning keyingi bosqich muammolarini hal etishida o'ziga xos nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimizning xavfsizligi barqarorligini ta’minlash, shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch- osoyishta hayotni saqlash kabi bir-biridan mas’uliyatli va keng ko‘lamli bir qator vazifalar borki, yurtimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga bog‘liqdir. Ana shunday vazifalardan biri tilimizning maqomini tobora yuqorilatish, uning dunyodagi rivojlangan boshqa tillar qatoriga chiqarish va uning o‘z jozibasi va tarovatini dunyo ahliga namoyon qilishdan iboratdir. Bunda, eng, avvalo, ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish barobarida, uning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o‘ta dolzarb masala ekanligini ta’kidlash o‘rinli. Har bir xalqning ruhiy dunyosi, urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy ahvoli aks etadigan vositalardan biri bu bevosita til hisoblanadi. Shu bois til xalq ziynatining xolis va mumtoz ko‘zgusidir, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Bu o‘rinda German Paulning «Insoniyat yaratgan barcha madaniyat singari til ham tarixiy jihatdan tekshiriladigan predmetdir» degan fikri diqqatga sazovordir. Shuning uchun har bir kishi til haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsa,o‘z tilining tovushlar tizimi, lug‘at boyligi, so‘z qo‘llash imkoniyatlari, jumla tuzish mashaqqatlarini atroflicha his etsa, til va xalqning ham tarixini anglay oladi. O‘zbek tili sintaksisi o‘zining ham tarixiy, ham hozirgi zamon tili jihatidan asoslangan mukammal ildizlarga ega. O‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo‘shganini, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilm-u fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosini o‘rganish va ularda ko‘tarilgan masalalarni hayotimizga tadbiq qilish muhim ahamiyatga molik. Ma’lumki, o‘zbek tilining barcha sathlari o‘zaro bog‘liqlikda, bir-birini taqozo qilgan holda namoyon bo‘ladi. Shu jumladan, grammatik sath ham. Grammatik sath esa sintaktik birliklarsiz mavjud bo‘la olmaydi.. Ma’lumki, Fe'llar haqida hozirgi o‘zbek tilida bir qator munozarali masalalar mavjud. Shu masalalarni qisman bo‘lsa-da o‘rganish, yuqorida ta’kidlangan muammolar haqida o‘z fikrlarimizni berib o‘tish uchun, shu sohaga oid bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar, ilmiy adabiyotlar bilan tanishishga harakat qildik. Ushbu jarayonda shunga guvoh bo‘ldikki, aynan havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplar nafaqat hozirgi o‘zbek tilida, balki o‘zbek tilining tarixiy davrlarga xos bo‘lgan bosqichlarda ham atroflicha o‘rganilgan emas. Bu esa biz o‘rganmoqchi bo‘lgan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 76.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling