Fe'lning boshqa turkumlarga monand shakllari Mundarija: Kirish I bob Fe'l so'z turkumining o'rganilish tarixi
II bob Fe'lning funksional formalari
Download 76.83 Kb.
|
Fe\'lning boshqa turkumlarga monand shakllari
II bob Fe'lning funksional formalari
2.1 Fe'lning otdosh va sifatdosh shakli Adabiyotlarda "fe'lning funksional formalari" nomi bilan quyidagi hodisalar tasvirlanadi: 1) harakat nomi, 2) sifatdosh, 3) ravishdosh (Ba'zi adabiyotlarda bular qatoriga "sof fe'l" nomi bilan tuslovchili fe'l shakli ham qo‘shiladi). Bu hodisalar "funksional forma" deb fe'lni ma'lum bir sintaktik vazifada kelishga moslashi tufayli nomlangan. Asli "sintaktik vazifada kelishga moslash" – bunday shakl yasalishlarining tashqi xususiyati. Bunday shakl yasalishlari avvalo fe'l turkumi doirasida uning ot turkumiga, sifat turkumiga, ravish turkumiga monand shakllarini yasaydi, shunday shakl yasalishi tufayli fe'lning otdosh (substantiv) shakli, sifatdosh (atributiv) shakli, ravishdosh (adverbial) shakli hosil qilinadi va fe'l leksemani ot kabi, sifat kabi, ravish kabi ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi, fe'l leksema otdosh shakli orqali ot leksema, sifatdosh shakli orqali sifat leksema, ravishdosh shakli orqali ravish leksema bajaradigan sintaktik vazifada keladi. Eng ajoyib jihati shuki, ravishdosh shakli fe'l leksemani fe'l leksemaning o‘ziga tobe bo‘lak – hollovchi vazifasida bog‘lash uchun xizmat qiladi. Adabiyotlarda bu hodisaning "harakat nomi" deb yuritilishi o‘rinli emas, chunki predmetning nomi deb ot leksemaning o‘zi, predmetga xos sifatiy belgining nomi deb sifat leksemaning o‘zi aytilganidek, harakatning nomi deb fe'l leksemaning o‘zi aytilishi to‘g‘ri. Fe'l turkumi doirasidagi ushbu shaklni sifatdosh, ravishdosh terminlari qatori otdosh shakl deb nomlash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.19 Fe'lning otdosh shakliga xos (shuningdek sifatdosh, ravishdosh shakllariga xos) fe'llik belgilarini ta'kidlash o‘rinsiz: fe'l shakli bo‘lgani uchun bunday shakl yasalishiga xos bo‘lgan o‘timli-o‘timsizlik, nisbat, o‘zlik, birgalik, orttirma ma'nolari, boshqaruv xususiyati o‘zicha saqlanadi. Otdosh shakli yasalishi tufayli fe'lga ot leksemaga xos shakllar qo‘shiladi va shunga mos holda sintaktik vazifa bajaradi. Fe'lning otdosh shaklida fe'l anglatadigan harakatholat predmet tarzida taqdim qilinadi. Fe'lning otdosh shakli -sh, -v, -moq affikslari bilan yasaladi. -sh affiksi hozirgi o‘zbek tilida eng ko‘p ishlatiladi. Fe'lning bu affiks bilan yasalgan otdosh shakli sonlash paradigmasining odatda birlik shaklida ishlatiladi, nisbatlash va turlash paradigmalarining barcha shakllarida ishlatilaveradi. Qaysi kelishikda (qaysi ko‘makchi bilan) ishlatilishiga mos ravishda ega, qaratuvchi, to‘ldiruvchi kabi sintaktik vazifani bajaradi: Kelishing (qiyin bo‘ldi). Aytishga (tilim bormaydi). Sayoq yurishning (oqibati – shu). Kelishi bilan (ishga tushib ketdi) kabi. sh affiksi bilan yasalgan otdosh shaklning ot leksemaga aylanish hollari uchraydi; bunday hodisa ko‘pincha kalkalash oqibatida voqe bo‘ladi: vxod – kirish-, vıxod – chiqish-, beg – yugurish-, voyna – urush- (< urish-) kabi. . -v affiksi hozirgi o‘zbek tilida -sh affiksiga nisbatan oz ishlatiladi; boshqa xususiyatlari bilan -sh affiksidan farq qilmaydi: Yozuv-chizuv ishlari bilan (ko‘p shug‘ullanadi) kabi. -v affiksi bilan yasalgan shaklning otga aylanishi -sh affiksi bilan yasalgan shakldagidan ko‘ra ko‘p voqe bo‘ladi: saylov-, qutlov-, qo‘rquv- kabi. -v affiksi bilan yasalgan shaklga -chi affiksini qo‘shib shaxs oti yasaladi: o‘quvchi-, yozuvchi-, sotuvchi- kabi. Bunday yasalish tarixan yozg‘uchi shakliga ega bo‘lgan, -vchi tarkibidagi v qismi -g‘u affiksining tovush o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelgan deb ham izohlanadi. -moq affiksi hozirgi o‘zbek tilida fe'lning otdosh shakli yasovchisi sifatida deyarli ishlatilmaydi; asosan Yer haydamoq - bormoq-kelmoq kabi iboralar tarkibida saqlanib keladi. Taklif etilgan manzilga bormoq darkor kabi ko‘tarinki uslubda tuzilgan jumlalarda -sh affiksi emas, -moq affiksi ishlatiladi. -moq affiksining oldingi ikki affiksdan muhim farqi shuki, -moqda zamon yasovchisi, -moqchi mayl yasovchisi shu affiks asosida hosil qilingan. -moq affiksidan fe'llarni o‘zbekcha lug‘atga kiritish shakli sifatida foydalaniladi. Asli o‘zbek tilida fe'lning maxsus infinitiv shakli yo‘q. O‘zbek tili lug‘atiga fe'lning -moq shaklida kiritilishi shartli (Ba'zi turkiy tillar lug‘atiga fe'l -v shaklida kiritiladi). Mahmud Koshg‘ariy o‘z lug‘atiga fe'llarni arab tili grammatikasi ta'sirida aniq yaqin o‘tgan zamon shaklida (bordi, berdi kabi) kiritgan. Eng to‘g‘ri yo‘l – fe'lni qirg‘iz tili lug‘atida qilinganidek leksema holatida (bor-, ber- kabi) kiritish. Umuman, yuqorida tasvirlangan uch affiks ayni bir ma'noni ifodalaydi, zamoniyligi, qo‘llanuvchanligi va ba'zi boshqa belgi-xususiyati bilan o‘zaro farqlanadi. Shu asosda bu uch affiksni sinonimlar deyish mumkin. Sifatdosh shakli fe'l anglatadigan harakat-holatni predmetning belgisi sifatida (sifatdan farqli holda aktiv belgisi tarzida) taqdim qiladi. Sifatdosh shakli hozirgi o‘zbek tilida quyidagicha yasaladi: 1) -gan affiksi bilan yasaladi. Bu sifatdosh yasovchisi hozirgi o‘zbek tilida eng ko‘p ishlatiladi, harakatni o‘tgan zamonda voqe bo‘lgan belgi sifatida ifodalaydi: kelgan (kunim−), o‘qigan (kitobing-), bergan (va'dang-) kabi. Bu sifatdosh shakli yot-, tur-, o‘tir-, yur- holat fe'llaridan yasalganida ushbu leksemalarning leksik ma'nosi ta'sirida hozirgi zamon ma'nosi ifodalanadi: yonimda o‘tirgan do‘stim-, stol ustida yotgan kitob- kabi. -gan affiksi o‘zi qo‘shiladigan asosning qanday tovush bilan tugashiga qarab uch allomorfema shaklida namoyon bo‘ladi: a) k, g tovushiga tugasa, -kan shaklida: tik + kan, tug + gan > tukkan (tuggan yoziladi) kabi; k, q tovushidan boshqa shovqin tovushga tugasa ham, -kan shaklida qo‘shiladi: yet+ kan (etgan yoziladi), ich + kan (ichgan yoziladi) kabi; b) q, g‘ tovushiga tugasa, -qan shaklida: chiq + qan, yig‘ + gan "yiqqan (yig‘gan yoziladi) kabi; d) ovoz, ovozdor, ovozli tovushga tugasa, -gan shaklida: ishla + gan, yur + gan, oz + gan kabi. 2) -yotgan affiksi bilan yasaladi, harakatni hozirgi zamonda voqe bo‘layotgan belgi sifatida ifodalaydi: kel + a + yotgan (kishi-), o‘qi + y + Download 76.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling