Fe'lning boshqa turkumlarga monand shakllari Mundarija: Kirish I bob Fe'l so'z turkumining o'rganilish tarixi
Download 76.83 Kb.
|
Fe\'lning boshqa turkumlarga monand shakllari
yotgan (kitobim-) kabi. Ushbu qo‘shma affiks asli yot- fe'lining -gan affiksi
bilan yasalgan sifatdosh shakliga teng bo‘lib, keyinchalik mazmunan va shaklan yaxlitlanib, affiksga aylangan.20 Qiyos qiling: 1) olma tishlab yotgan bola-, 2) olma tishlay yotgan bola-. Bu birikmalarda ikki mustaqil fe'l o‘zaro -b ravishdosh shaklida va -a-y ravishdosh shaklida bog‘langan. Keyinchalik -b ravishdoshi qatnashgan birikma o‘zicha saqlangan, -a-y ravishdoshi qatnashgan birikmada jiddiy o‘zgarish voqe bo‘lgan: yot- fe'li mustaqil leksik ma'no anglatishdan hozirgi kabi grammatik ma'noni ifodalovchi affiksoid holatiga o‘tgan, natijada -gan affiksi bilan yaxlitlanib, qo‘shma affiks yuzaga kelgan. Bunday yaxlitlanishga -a-y ravishdoshi shaklidagi fe'lda mustaqil ishlatilish xususiyatining yo‘qola boshlagani ham sabab bo‘lgan. -yotgan yaxlitligicha qo‘shma affiksga aylangan bo‘lsa ham, yot- qismining asli fe'l leksemalik xususiyati qisman saqlangan: bu qo‘shma affiks fe'l asosiga -a-y ravishdosh affiksi orqali qo‘shiladi: kel + a + yotgan kabi. Fe'l asosi ovoz tovush bilan tugaganda bu ravishdosh affiksining -y allomorfemasi qo‘shiladi, qator kelib qolgan yy tovushlari talaffuzda singishib, bir y tovushi aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi + y + yotgan > o‘qiyotgan kabi. Bu yerda -yotgan affiksi fe'l asosiga go‘yo to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shilayotgandek ko‘rinadi. -yotgan affiksida hozirgi zamon ma'nosini yot- qismi ifodalaydi; to‘rt holat fe'llaridan biri sifatida ham yot- fe'li hozirgi zamon ma'nosini ifodalashga xizmat qiladi: yotibman kabi; yot- fe'lining hozirgi zamon ma'nosini ifodalashi -yotgan qo‘shma affiksi tarkibida ham saqlangan. 3) -digan affiksi bilan yasaladi, harakat kelasi zamonda voqe bo‘ladigan belgi sifatida ifodalanadi: kel + a + digan (kishi−), (yaxshi) ishla + y + digan (xodim-) kabi. Ushbu qo‘shma affiks asli tur- fe'lining -gan affiksi bilan yasalgan sifatdosh shakli bo‘lib, keyinchalik tur- qismi tovush o‘zgarishlari natijasida di talaffuz qilinadigan bo‘lgan, mazmunan va shaklan yaxlitlanib, affiksga aylangan: o‘qi + y + turgan > o‘qiydigan kabi. Qiyos qiling: 1) o‘qib turgan, 2) o‘qiy turgan. Bu birikmalarda ikki mustaqil fe'l -b ravishdoshi shaklida va -a-y ravishdoshi shaklida bog‘langan. Keyinchalik -b ravishdoshi qatnashgan birikma o‘zicha saqlangan, -a-y ravishdoshi qatnashgan birikmada yaxlitlanish voqe bo‘lgan, chunki tur- fe'li mustaqil leksik ma'no anglatishdan doimiy, kelgusi kabi grammatik ma'noni ifodalovchi affiksoid holatiga o‘tgan, -gan affiksi bilan yaxlitlanib, qo‘shma affiks yuzaga kelgan. Bunday yaxlitlanishga -a-y ravishdoshi shaklidagi fe'lning mustaqil ishlatilish xususiyati yo‘qola boshlagani ham sabab bo‘lgan. -digan qo‘shma affiksi tarkibidagi di- (< tur) qismi allaqachon shaklan va mazmunan o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham, fe'l asosiga qo‘shilishida leksemalik xususiyatini saqlagan: asosga -a-y ravishdoshi shakli orqali qo‘shiladi: bor + a + digan, o‘qi + y + digan kabi. Ko‘rinadiki, mustaqil fe'l asosiga -gan affiksini qo‘shib o‘tgan zamon ma'nosi ifodalangan. Hozirgi va kelasi zamon ma'nosi mustaqil fe'l sifatida yot-, tur- holat fe'llariga -gan affiksini qo‘shib ifodalangan; keyinchalik yot-, tur- fe'llari qo‘shimchaning tarkibiy qismiga aylangan. Yuqorida tasvirlangan uch sifatdosh yasovchisi uch zamon ma'nosini ifodalashi jihatidan o‘zaro mikrotizim hosil qiladi. Har uch zamon ma'nosini ifodalashiga ko‘ra nutqda asosan shu uch sifatdosh shakli yasovchilari eng ko‘p ishlatiladi. Fe'lning sifatdosh shakli -r-s, -ajak, -mish, -gusi, -asi affiksilari bilan ham yasaladi: 4) -r (bo‘lishsiz shakldan keyin -s) affiksi bilan yasaladi. Bunday sifatdosh shaklidan umumzamon ma'nosi ifodalanadi: ko‘rar ko‘zim-, aytar so‘zim-; tez yurar poyezd-, o‘q o‘tmas jilet- kabi. Bu sifatdosh shakli bo‘lar-bo‘lmas (gaplar-) kabi ayni bir fe'l leksemani bo‘lishli-bo‘lishsiz shaklda takrorlab ham ishlatiladi; bunday shakldagi sifatdosh, otga bog‘lanishdan tashqari, fe'lga ham bog‘lanib, harakatning belgisini anglatadi: Tong otar-otmas jo‘nadik kabi. Bu sifatdosh yasovchisining -r shakli asosiy allomorfema bo‘lib, -s shakli shu allomorfemaning tovush o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan deyiladi: o‘qima + r > o‘qimaz > o‘qimas kabi. Kelib chiqishi bir ekanini nazarda tutib bu affiksning -r va -s shakllarini allomorfemalar deb baholash to‘g‘ri. 5) Sifatdosh shakli hozirgi o‘zbek tilida cheklangan holda -gusi, -ajak affikslari bilan ham yasaladi: kel + gusi yil-, bo‘l + ajak shogirdim-, yozil +ajak asar- kabi. -gusi affiksining -g‘usi allomorfemasi sobiq singarmonizmning qoldig‘i sifatida saqlanib keladi: bo‘l + g‘usi avlod- kabi. Kelasi (yil-) kabi fe'l shakli asli -asi affiksi bilan yasalgan sifatdosh bo‘lib, hozirgi o‘zbek tilida bu affiks bilan sifatdosh deyarli yasalmaydi. Shuningdek o‘tmish (kunlar-) kabi fe'l shakli ham asli mish affiksi bilan yasalgan sifatdosh bo‘lib, hozirgi o‘zbek tilida bu affiks bilan ham sifatdosh deyarli yasalmaydi, mavjud yasalmalar otga aylangan: o‘tmish-, qilmish qidirmishkabi; yangi yasalishlarda bu affiks ot leksema yasash vazifasini bajaradi: sifatlanmish-, qaralmish- kabi. Download 76.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling