Fe'lning boshqa turkumlarga monand shakllari Mundarija: Kirish I bob Fe'l so'z turkumining o'rganilish tarixi


Download 76.83 Kb.
bet7/9
Sana31.01.2023
Hajmi76.83 Kb.
#1142947
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fe\'lning boshqa turkumlarga monand shakllari

2.2 Fe'lning ravishdosh shakli
Ravishdosh shaklida fe'l anglatadigan harakat boshqa bir harakatning belgisi tarzida (ravishdan farqli holda aktiv belgisi tarzida) taqdim qilinadi. Ravishdosh shakli hozirgi o‘zbek tilida quyidagicha yasaladi: 1. -b affiksi bilan yasaladi. Bu ravishdosh yasovchisi hozirgi o‘zbek tilida eng ko‘p ishlatiladi, o‘zi bog‘lanib kelgan fe'ldan oldin boshlanib davom etib turgan harakatni belgi sifatida ifodalaydi: o‘ylab gapir-, hurmat qilib kel-,kulib kutib ol- kabi. Bu affiks bilan yasalgan ravishdosh quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) Asosan ravish holi vazifasida keladi: kuyunib gapir- ( kuyungan holda gapir-) kabi. Hol vazifasida kelgan bunday ravishdosh shakli takroran ishlatilib, takror ma'nosini ifodalaydi: Yig‘lab-yig‘lab marza olsak, kulib-kulib sug‘orasan kabi. 2) Ergash gapshakl kesimini shakllantiradi; bunday kesimning mayli, zamoni, shaxs-soni bosh gapdagi tuslangan kesimga qarab belgilanadi: Kuz kelib, daraxtlarning bargi to‘kila boshladi. Eshik ochilib, ko‘pdan beri orziqib kutgan do‘stim kirib keldi kabi. Bunday jumlalar, masalan, Daraxtlarning bargi kuz kelib to‘kila boshladi tarzida tuzilsa, sodda gapga teng bo‘ladi: kuz kelib bog‘lanmasi hol bo‘lak vazifasida keladi. 3) "Mustaqil fe'l + ko‘makchi fe'l" analitik shaklida go‘yo ko‘makchi fe'lni mustaqil fe'lga bog‘lash vazifasini bajaradi: aytib qo‘y-, gapirib yuborkabi. Ravishdosh shaklining bu vazifasi – bir mustaqil fe'lning boshqa bir mustaqil fe'lga tobelab bog‘lash vazifasining davomi: asli ikki mustaqil fe'l leksemani bog‘laydigan shakldan mustaqil leksema bilan ko‘makchi fe'lni (affiksoidni) bog‘lashda ham foydalanilgan. 4) Ikki mustaqil fe'l leksemadan tarkib topgan qo‘shma fe'l leksemalarda ham birinchi qism shu ravishdosh yasovchisi shaklida bo‘ladi: sotib ol-, olib sot-, olib kel- kabi21. -a-y affiksi bilan yasaladi. Bu affiks ikki allomorfema holatida namoyon bo‘ladi: a) ovoz tovush bilan tugaydigan asosga -y allomorfemasi qo‘shiladi: o‘qi + y, boshla + y kabi; b) boshqa tur tovush bilan tugaydigan asosga -a allomorfemasi qo‘shiladi: ket + a, tush + a, qol + a kabi.
Bu affiks bilan yasalgan ravishdosh quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) Ravish holi vazifasida keladi; ravishdosh shaklidagi fe'l anglatadigan
harakat tugashi bilanoq bu ravishdosh bog‘langan fe'l anglatadigan harakat zudlik bilan bajarilishini ifodalaydi: Kela ishga tushib ketdi. Kulmay gapir kabi. Hozirgi o‘zbek tilida bunday ravishdosh yakka holda juda oz ishlatiladi, ko‘pincha takrorlanib keladi; bunda takror ma'nosi ifodalanadi: Gapiragapira charchadim kabi. 2) "Mustaqil fe'l + ko‘makchi fe'l" tuzilishli analitik grammatik shaklda go‘yo ko‘makchi fe'lni mustaqil fe'lga bog‘lash vazifasini bajaradi: kel+ a qol-, o‘qi + y boshla- kabi. -a-y ravishdosh shakli yasovchisining bunday vazifasi -b ravishdosh shakli yasovchisining xuddi shunday vazifasi kabi izohlanadi. 3)Ravishdoshning bu yasovchisi -yotgan, -digan affikslarini go‘yo fe'l asosiga bog‘lash vazifasini bajaradi: kel + a + yotgan, boshla + y + digan kabi. Ravishdosh yasovchisining bunday vazifada kelishi sifatdosh yasovchisi -yotgan, -digan affikslari tasvirida izohlandi.
4) Bu ravishdosh shakli bo‘lishsiz shakldagi fe'l asosidan yasalganida -b
ravishdoshining bo‘lishsiz shakliga teng bo‘ladi: bilib-bilmay xatoga yo‘l
qo‘ydim kabi. Bunday shakldagi ravishdosh ba'zan -mayin shaklida ishlatiladi: Ko‘rmayin bosdim tikanni, tortadirman dardini kabi.22 Ravishdoshlar quyidagi affikslar bilan ham yasaladi: 1) -gach affiksi bilan. Bu affiks o‘zi qo‘shiladigan asosning qanday tovush bilan tugashiga qarab -gach, -kach, -qach allomorfemalari shaklida qo‘shiladi (Bunday uch allomorfemaning namoyon bo‘lish sharoiti -gan affiksi bayonida aytildi): a) tik + kach, tug + gach > tukkach (tuggach yoziladi)
kabi; b) chiq + qach, yig‘ + gach > yiqqach (yig‘gach yoziladi) kabi; d) yur

Download 76.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling