Fe'lning boshqa turkumlarga monand shakllari Mundarija: Kirish I bob Fe'l so'z turkumining o'rganilish tarixi


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 76.83 Kb.
bet2/9
Sana31.01.2023
Hajmi76.83 Kb.
#1142947
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fe\'lning boshqa turkumlarga monand shakllari

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishining natijasi har bir tadqiqotchi uchun juda muhim hisoblanadi. Bu esa o`z navbatida bir qancha mas`uliyatlarni yuklaydi. Chunki qilinayotgan har bir ishga jiddiy yondashilmasa va aniq maqsadlar sari intilmas ekan bunday ishdan natija chiqishi juda qiyindir. Kurs rahbarimning ilmiy maslahatlari, ko`rsatmalari va amaliy yordami natijasi o`laroq ilmiy izlanishim oldiga quyidagilarni maqsad qilib qo`ydim:
- Kurs ishim mavzusini atroflicha yoritish;
- O`zimning ilmiy salohiyatimni yanada oshirish;
- Fe’l so’z turkumini o`rganadigan talabalarga ilmiy tomondan yordam bera
oladigan qo’llanma tuzishga asos yaratish;
- Kurs ishimning mavzusi bugungi kunda nqadar dolzarb ekanligini yana bir bor
tadqiq etish;
- Fe’lning o`ziga xos xususiyatlarini ma’lum doirada yoritish;
- Fe’lni o`rganuvchilarga ko`maklashuvchi asosiy dasturga qo`shimcha qo`llanma sifatida foydalana oladigan dastur yaratish;
Quyidagilarni amalga oshirish va kutilgan natijalarga erishish oson ish emas. Maqsad aniq bo`lsa, unga erishish yo`llari va usullari bir muncha osonroq kechadi. Birinchi Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda “Aniq masqsadlar sari aniq vazifalar bilan yondashish kerak ”.1 Bu maqsadlarni bajarish uchun quyidagi vazifalar dastur qilib belgilab berildi.
Kurs ishining obyekti. O‘zida o‘zbek tili materiallarini aks ettirgan yozma manbalar matni, izohli lug'at. Shu o`rinda tilshunos olimlarimiz tomonidan hozirga qadar fe’l so’z turkumini o`rganilishni yengillashtirish maqsadida bir qancha darslik va ilmiy kitoblar nashr ettirilganini barchamiz bilamiz. Mana shu kitoblarda nashr etilgan fe’lga oid muhim ma`lumotlarni tadqiq etish va ilmiy ish mavzusini keng yoritishda undan unumli foydalanish. Ilmiy tadqiqot mavzusi predmeti tildagi fe’l so`z turkumi bo`lib uning ifodalanishi, yasalishi, tilshunos olimlarimizning bu haqidagi qarashlari, ob`yekti esa fe’l turkumining ishlatilish holati hisoblanadi. Chunki quyidagi bayon etilgan maqsadlarga erishish va ilmiy taqdiqot mavzusini keng yoritishda ham bu kabi masalalarga yondashmasdan o`tishning iloji yo`q. Bu haqda ilmiy tadqiqot mavzusini yoritish davomida kerakli fikrlarni berib boramiz.

Download 76.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling