Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari
Tashkilotchilik qobiliyati
Download 0.52 Mb.
|
psixologiya ma`ruza
5. Tashkilotchilik qobiliyati - bu birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O‘quvchilar o‘z o‘qituvchilari haqida turlicha fikrda bo‘ladilar. Jumladan, ayrim o‘quvchilar: «...Biz Azim akani juda yaxshi ko‘ramiz. Ular sinfimizda bir vaqtning ichida, juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizni o‘zining puxtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan hayratda qoldiradilar» desalar, ayrim o‘quvchilar: «Sobir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, hafsalamizni bir pul qiladilar. Ular ko‘p ishga urinadilar-u, ammo birortasini ham oxiriga etkazmaydi...» deydilar. Ba’zan ayrim o‘quvchilarning o‘z o‘qituvchisi haqida: «...Nodira opamlar biz bilan xuddi ona tovukdek ovora bo‘ladilar. Agar biz sho‘xlik qila boshlasak, ular o‘zlarini ko‘rmaslikka, payqamaslikka solardilar. Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning darsida hech kim hech narsa qilmas edi-da...» degan fikrlarni ham eshitish mumkin.
O‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtta nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin. Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tajribali o‘qituvchilar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarn tayyorlash yoki vaqt etmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling