Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari


I. SHaxsning biologik nuqsonlari


Download 0.52 Mb.
bet89/106
Sana02.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#201774
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106
Bog'liq
psixologiya ma`ruza

I. SHaxsning biologik nuqsonlari:

a) sezgi organlarining kamchiliklari;

b) o‘qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperament xususiyatlarining mavjudligi;

v) psixopatologik ojizliklar.



II. SHaxsning psixik kamolotidagi kamchiliklar:

a) aqlning bo‘sh o‘sganligi;

b) irodaning zaifligi;

v) shaxsda hissiyotning kam rivojlangani;

g) zarur ehtiyoj va bilishga  qiziqishlar mavjudmasligi;

d) o‘smirdagi intilish bilan imkoniyatlarning nomutanosibligi.



III. SHaxsning tarbiyasidagi nuqsonlar:

a) axloqiy xislatlarida uchraydigan kamchiliklar;

b) o‘smirning o‘qituvchi, sinf jamoasi va oila a’zolari bilan muloqotidagi zaifliklar;

v) mehnat tarbiyasidagi nuqsonlar; 

g) bo‘sh vaqtni taqsimlashdagi xatolar.

IV. SHaxsning bilim olish faoliyatidagi kamchiliklari:

a) bilimlar, maxsus ko‘nikmalar va malakalarni egallashdagi uzilishlar;

b)ta’lim jarayonida aqliy mehnat usullari va operatsiyalarining etishmasligi.

V. Maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar:

a) ta’lim jarayonida bilimlar va xatti-harakatlarni adolatsiz baholash, darslik va o‘quv qo‘llanmalariga nisbatan anglashilmovchiliklar, sinfda qoldirish va hokazolar;

b) maktab tarbiyaviy ishlaridagi kamchiliklar o‘qituvchining o‘smirga xayrixoh emasligi, o‘quvchining ikkilanishi, o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasidagi nuqsonlar, pedagogik qarovsizlik, o‘z o‘rnini topa olmaslik va boshqalar.

VI. Maktabdan tashqari muhitdagi nuqsonlar:

a)oilada pedagogik va psixologik bilimlarningetishmasligi;

b) oilaning buzilishi va oilaviy nizolar;

v) ota-ona yoki oila a’zolarining shahvoniy hayotga va ichkilikka berilishi;

g) oila a’zolari o‘rtasida sudlangan odamning uchrashi;

d) tengqurlarining salbiy ishlarga (haqorat qilishga, ichishga, chekishga, qo‘li egrilikka) o‘rgatishi va hokazo;

e) madaniy-ma’rifiy, ishlab chiqarish va jamoatchilikning kamchiliklari.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling