Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari


Download 69.96 Kb.
bet2/2
Sana09.11.2023
Hajmi69.96 Kb.
#1759030
1   2
Bog'liq
101-guruh G\'offorov Jasur (2)

Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi.
Tibbiyot psixologiyasi - vrach faoliyatining va bemor xulqining psixologik jihatlarini o‘rganadi. Yuridik psixologiya huquq tizimining amal qilishi bilan bog‘lik psixologik masalalarni o‘rganadi.
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini va boshqalarni tadqiq qiladi.
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Savdo psixologiyasi - asosan tijoratning psixologik shart-sharoitlarini, ehtiyojlarning psixologik xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish psixologiyasini, moddalar psixologiyasini o‘rganadi.
Yosh psixologiyasi - turli xildagi psixik jarayonlarning ontogenezini va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o‘rganadi. Anomal taraqqiyot psixologiyasi yoki maxsus psixologiya miya faoliyatini buzilishi natijasida yuzaga keluvchi turli patologiyaga ega bo‘lgan shaxslarni psixikasi bilan shug‘ullanuvchi psixologiya.
Qiyosiy psixologiya-odamlar va hayvonlar psixikasi qiyoslanib ulardagi mavjud o‘xshashliklar va farqlarni aniqlash bilan shug‘ullanuvchi psixologiya hisoblanadi.
Sotsial psixologiya - shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi tarmoq bo‘lib hisoblanadi.
Geshtalt psixologiya yo‘nalishi negizida maxsus ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlarning – interaksionizm va kognitivizmning paydo bo‘lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi.
Bixeviorizm yo‘nalishlari doirasida o‘tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xall va V.Skinnerlar nomi bilan bog‘liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va boshqalar diada – ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko‘rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o‘yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar. Diada sharoitida tajribada o‘tkazilgan tadqiqotlarda asosan musahkamlash g‘oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli o‘laroq ijtimoiy-psixologik bixeviorislar hayvonlar o‘rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g‘oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to‘plangan dalillar modelini insonlarda qo‘llash hollari kuzatildi. Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar E.Fromm va J.Salliven ishlari bilan bog‘liq bixeviorislardan farqli o‘laroq bu yerda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko‘pchilik ishtirokida o‘tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V.Bayon, V.Bennis, G.Sheparde, V.Shutk) o‘tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o‘rganilayotgan kichik “T” guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy-psixologik treninglar o‘tkazishga asos solindi. Kognitivizm K.Levin nazariyasi asosida paydo bo‘lgan psixologik yo‘nalish bo‘lib, undagi o‘rganish obekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo‘lgan kognetiv holatlar bo‘ldi. Kognitizm doirasida shunday mukammal, boshqalarga o‘xshamas nazariyalar yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Masalan, F.Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Fesingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy g‘oya shundan iboratki, shaxs o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik tenglik bo‘lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishga harakat qiladi. Maqsad – turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish uchun yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou, Rodjers va ularning safdoshlari gumanitsik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmoqdalar.


Xulosa Bizning hayotimizda psixologiya tushunchasi juda katta ahamiyatga ega, inson psixologiya orqali yani insonda psixologiya tushunchasi bo’lganda.Inson o’z ruhiy holatini yoki bo’lmasa o’z ichida kechayotgan kechinmalarni anglay oladi va ularni qo’ldan kelguncha bartaraf qilishga harakat qiladi.Bu dunyodagi barcha
insonlarning o’zining psixologiyasi mavjud.Bular ba’zilarda peda-gogika ba’zilarda sport ba’zilarda savdo va boshqa psixologiyalar boshqalarga nisbatan rivojlangan.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1 G’oziev E. G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002y
2 Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y.
3 P.I.Ivanov ,M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” Toshkent 2008
4 F.I.Xaydarov,N.I.Xalilova “Umumiy psixologiya” Toshkent 2009
Download 69.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling