Psixologiya fanining predmeti va fanlar tizimida tutgan o`rni
PSIXOLOGIK NAZARIYALARNING YO`NALISHLARI
Download 46.2 Kb.
|
Yusupov S. Psixologiya
PSIXOLOGIK NAZARIYALARNING YO`NALISHLARI.
Psixologiya fanining ko`p yillik taraqqiyoti davrida bir qancha yo`nalishlar maydonga keldi. Psixologiya oqimlaridan biri BIXEVORIZM (inglizcha behaviour - so`zidan olingan bo`lib, xulq-atvor ma`nosini bildiradi) dastavval AQShda hayvonlarni kuzatish sifatida yuzaga keldi. Uning nomoyondalari - D.Uotson (asoschisi), e.Torndayk. Bixevorizmning asosida psixologik tadqiqotning predmeti sifatida psixikani, ongni inkor qilish yotadi. Ularning fikricha psixologiyaning o`rganish predmeti XULQ-ATVORdir. Bixevoristlarning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (turtki, qo`zgatuvchi) (S) ga qarab bunga qanday javob, reaktsiya (R) bo`lishini, va aksincha reaktsiyaga qarab uning stimulini aniqlash va aytib berishdan iboratdir. Klassik bixevorizmning formulasi S - R demakdir. Klassik bixevorizm mexanistik yo`nalish bo`lib, bu yo`nalish tarafdorlari kishining xulq atvorini oddiy mexaniq, bir taraflama tushuntirishga harakat qilganlar. Lekin hayotda bir stimul ko`plab, turli-tuman reaktsiyalar, harakatlarni tug`dirishi va aksincha bir xil reaktsiyaning asosida bir-biriga o`xshamagan turli stimullar yotishi mumkin. Stimul va reaktsiya orasidagi bog`lanishlar atrof muhitning ta`siriga, kishining ichki dunyosiga, ongiga, qiziqishlari va boshqalarga bog`liq holda yuzaga chiqadi. Shulardan kelib chiqqan holda neobixevoristlar (yangi bixevoristlar) o`z sxemalariga ko`p variantlilikni kiritganlar (S - R yoki R2, yoki R3 va h.k.) FREYDIZM. Asoschisi venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd. Ko`pchilik psixologik oqimlar orasida eng ta`sirga ega bo`lgan oqimlardan biri. Ularning fikricha odamning xulq-atvori va hatti-harakatlari ikkita printsipga "rohatlanish printsipi" (hayvonlar instinktiga o`xshash jinsiy moyillik ko`zda tutilgan) va "reallik printsipi" (jamiyat talabiga mos kelmaydigan, uyat va man qilingan o`zining jinsiy hirslariga erk bermasligi)ga bo`ysunadi. Rohatlanish va reallik printsiplarining to`qnashishi natijasida qondirilmagan mayllar ongsizlik (ong osti) sohasiga siqib chiqariladi. Ammo ular butunlay yo`qolmaydi, balki ongsizlik sohasidan turib kishi xulq-atvori va hatti-harakatlariga ta`sir qilib, ba`zan boshqarib turadilar. Download 46.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling