Psixologiya fanining predmeti va rivojlanishi taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Reja
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi
Download 54.99 Kb.
|
Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi Re
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajribalarda yig’ilgan ma’lumotlar, miqdorlar matematik-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab (hisoblab) chiqiladi, shuningdek, miqdoriy tahlil o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol) bilan uning individual-tipologik xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta’siri (koppelyaktsiyasi) bilish jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi. So’ngra miqdorning hamda qo’llanilgan metodikasining ishonchliligi, aniqliligi darajasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning sodda metodlaridan foydalanib ayrim hisoblashlar, masalan, o’rtacha arifmetik qiymat, miqdorlarni tartibga solish, medianani hisoblash, kvadrat og’ishni topish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani programmalashtirishni nihoyasiga yetkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi «sun’iy intellektlar», robotlar, EHMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi. Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha klassifikatsiyasi (tasnifi) berilgan. Mehnat va muhandislik psixologiyasi sohasi bo’yicha xilma-xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo’lib, ularning har qaysisi to’kislik va nuqsonli tomonlariga ega. B.G. Ananev psixikani o’rganish metodlarining tashkiliy, empirik (amaliy), olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni sharhlash deb nomlab, ularni to’rtta katta turkumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi o’z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda turlarga bo’linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xususiy va o’ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to’xtalamiz. Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomlanib, u o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. Qiyoslash metodi umumiy psixologiya (turli guruhlarni o’zaro solishtirish), ijtimoiy psixologiya (katta yoki kichik guruhlar hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash, sport psixologiyasi (sportsmenlar holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o’zaro chog’ishtirish) kabi fanlarda unumli foydalaniladi. Download 54.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling