6.“Psixologiya” fanining vazifalari, tadqiqot metodlari va ularning ishlab chiqarish, ta’lim tizimi, tibbiyot, oilada qo’llanishi.
Hozirgi zamon psixologiyasi juda ham ko`p tarmoqli fan bo`lib, uning tarmoqlari rivojlanishning turli bosqichida ekanligi va xayotning turli soxalari bilan bog`liqligi bilan xarakterlanadi. Bunday sertarmoq bo`lgan psixologiyani qanday klassifikao`iya qilmok kerak? Klassifikao`iya qilishning eng muxim shartlaridan biri psixikaning faoliyat proo`essida rivojlanishiga asoslanishdan iboratdir. SHunday qilib, psixologiyani inson faoliyatining konkret turiga qarab klassifikasiya qiladigan bo`lsak, uning bir qancha tarmoqlari borligini kuramiz.
I. Mehnat psixologiyasi. Bu inson mehnat faoliyatining psixologik asoslarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tomonlarini o`rganadi.
Mehnat psixologiyasi ma’lum darajada mustaqil bo`lgan, lekin bir-biri bilan chambarchas boglangan turlarga bo`linadi:
Injenerlar psixologiyasi
Aviasiya psixologiyasi.
Kosmik psixologiyasi.
II. Pedagogik psixologiya.
Bu ham o`z navbatida bir qancha turlarga bo`linadi:
Ta’lim psixologiyasi. (didaktika va xususiy metodikalarning psixologik asoslari, programmalashtirilgan ta’lim, aqliy faoliyatlarning shaqllanishi va boshqalar).
Tarbiya psixologiyasi. (tarbiya metodikasining psixologik asoslari, o`quvchilar jamoasi psixologiyasi, mehnat – axloq tuzatish pedagogikasining psixologik asoslari).
O`qituvchi psixologiyasi.
Aqli zaif bolalar tarbiyasi psixologiyasi.
III.Tibbiyot psixologiyasi. Bu shifokor faoliyatining psixologik tomonlarini va kasal xulkini o`rganadigan fandir. Bu fan ham o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
Neyropsixologiya – bu bosh miya nervlari faoliyati asosida vujudga keladigan psixologik xolatlarni o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |