Psixologiya fanining rivojlanish tarixi


O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi


Download 495.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi495.2 Kb.
#1499733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PSIXOLOGIYANING ZAMONAVIY TARMOQLARI VA ISTIQBOLLARI.

2.2.

O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi. 
O‘zbekistonda psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki
ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar 
psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, turli yosh, demografik etnik 
professional guruhlarga mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular 
asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilishi lozim. 
YA’ni, ishlab chikarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar 
psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o‘zbek 
psixologlaridan o‘z echimini kutmoqdaki, ularda ilg‘or fan yutuqlaridan 
foydalanilgan holda xududning milliy o‘ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.


29 
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o’ynagan psixologlar 
quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, L.Vigotskiy, R.S.Nemov 
va boshqalar, shuningdek keyinchalik O‘zbekistonda ham yirik olimlar etishib 
chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. 
R.Z.Gaynutdinov, 
V.M.Karimova, 
G‘.B.Shoumarov, 
R.I.Sunnatova, 
Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan 
olimlar o‘zlarining g‘oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur 
sifatlaridan mustaqillik, tanqidiylik kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar.


30 
XULOSA 
 
Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari 
o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan 
sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan 
hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki 
olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib 
ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini 
tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata 
burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan 
taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, uchinchidan, psixologiyaning 
o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror narsani 
anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida 
kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni 
o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan ko‘ra o‘ta murakkab va muhim 
vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini va 
atrofidagilarni o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. SHuning uchun, 
psixologiya – insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan.
Biz har qanday fanni ikki katta asosiy guruhlarga bo’lishimiz mumkin: Positiv 
Fanlar va Normativ Fanlar. Fizik va hayotiy fanlar positiv fanlar deb atalishiga 
qaramasdan, logika, falsafa va etika kabi fanlar tabiy fanlar kategoriyasiga kiradi.
Normativ fanlarni positive fanlar bilan taqqoslasak, positive fanlar faktlarni 
o’rganadi, “nima?”ligini tasvirlaydi va “nima bo’lishi kerak” degan savollarga 
javob beradi.

Download 495.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling