Psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi fanining predmeti


Download 1.04 Mb.
bet1/4
Sana17.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1204797
  1   2   3   4
Bog'liq
4 kursga ertaga

PSIXOLOGIYA FANLARINI O'QITISH METODIKASI FANINING PREDMETI

  • R Е J A:
  • 1. Psixologik bilimlarga extiyojning kuchayishi – davr talabi.
  • 2. Psixologiya o’qitish mеtodikasi kursini tashkil etishning maqsad
  • va vazifalari.
  • 3. Bo`lg`usi pеdagoglarning psixologik bilimlarini oshirishning axamiyati.
  • Tayanch tushunchalar:
  • Etnopsixologik bilimlar, psixologiya o’qitishni takomillashtirish, psixologik bilimlarga
  • extiyojning kuchayishi, yangi davr va psixologiya, psixologiya printsiplari

Metodika—pedagogik fanlar, shuningdek, ijtimoiy tizim talab qiladigan, pedagogika fani ko’rsatgan umumiy o’rta va oliy ta'limning maqsad vazifalariga mos ravishda ishlab chiqiladiladi.

Dars berish metodikasi-bu o'quv fani xususiyatining sharti sifatida ta'lim va tarbiya jarayonining tizimi haqidagi ko’rsatmadir. Bu tizimni bilish o’qituvchiga psixologiyaning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarini va o'o'qitish jarayonini boshqarish imkonini beradi.

Psixologiyani o'o'qitish metodikasi barcha psixologiya sohalari uchun umumpedagogik qoidalarni ajratib ko’rsatish bilan birga psixologik materiallarini o’rganishning o’ziga xosligini moslashtirishga asoslanadi. Psixologiya o'o'qitish metodikasi qituvchining quvchilarga psixologiyaga doir bilimlarni ongli mustahkam ravishda egallab olishlari uchun o’quv materialini yetkazishning oqilona usul va vositalarini ko’ rsatadi. Shu bilan birga pedagogika — qituvcbi uchun retseptlar va ko’rsatmalar t o’plami emas, balki ilmiy fan hisoblanib, uning qoidalari psixologiyani o'o'qitish jarayoni qonuniyatlarini shunga mos ravishda ishlab chiqishga asoslanadi. Metodika o’quv jarayoni mazmunini, ta'lim va tarbiya usullari va shakllarini rganadi. Metodikaning barcha

bilimlari bir-biriga bog’liq bo’ladi. Metodika o’quv faoliyatida qo’ llaniladigan usul va vositalar shuningdek, o'o'qitishning noan'aviy uslublarini belgilab beradi. Shu tariqa, metodika quyidagi savollarga javob beradi: Psixologiyani nima uchun o’rganish kerak? Nimaga va qanday o'o'qitish kerak? Qanday qilib va nima bilan tarbiyalash kerak?


Psixologiya o'quv fani sifatida o'qitish shakli va usullarining o’ziga xosligi bilan farq qiladi. Psixologiya o'quv fani sifatida maqsadi, hajmi, tuzilishi, usullari va ifoda etilishi bo’ yicha farqlar mavjud.
Psixologiya fanining maqsadi — fan tomonidan qo’ lga kiritilgan ma'lumotlar va qonuniyatlar haqida o’quvchilarga, talabalarga axborotlarni yetkazishdan iborat. o'quv darsini olib borishga vaqt cheklangan bo’ lib, bunda o’quvchilar ortiqcha ma'lumotlar bilan band etmay mustahkam ilmiy asosdagi bilimlar va muammolar bilan tanishtiriladi. o'quv fanida bilimlar tuzilishi va ulami bayon etilishi shakllari boshqacha, bo’ lib, bu haqda K.D.Ushinskiy quyidagi fikrni ilgari suradi: «Fanni ilmiy va pedagogik bayon etish - bu ikkita turlinarsalardir va butun dunyo pedagoglari ilmiy tizimlarni pedagogika fanini qayta ishlash ustida faoliyat olib bormoqdalar*. Shunday qilib, o'quv fani maktab, kollej, institut, umumiy ta'lim muassasalari va o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos qonuniyatlari bilan belgilanadigan, mutaxassislik doirasidagi kerakli fanlardan tanlab olingan bilimlarni o’zida birlashtiradi.
Metodikaning fan sifatida rivojlanishi o’qituvchining shaxsiy tajribasi asosidagi metodik fikrlari, pedagogik mahoratdan ilmiy umumlashtirish, tadqiqotlarda asoslangan subyektiv ijodiyotdan obyektiv ilmiy nazariyaga tib borishda davom etdi. Umuman olganda, har bir o’qituvchi guruhlar va sinflarda hamda yillar davomida metodik usullar samaradorligini tekshirib o’zi dars o’tish jarayonini o’rganib boradi. Eng muhim metodik yangiliklarni oldingilarga bog’ lagan holda eng qulay usullarini ishlab chiqib, uni amalga oshirishdan iboratdir.
Psixologiyani o'qitish jarayonida ishlab chiqilgan qonuniyatlar asosida metodika fan sifatida belgilandi. Metodika o'zining o'rganish obyektiga ega bo'lib u psixologiyaning tarbiyalovchi .va rivojlantiruvchi o'qitishning barcha masalalarini qamrab oladi. Uning boshqa o'quv fanlari metodikalaridan farq qiluvchi jihati psixologiyani o'rganish xususiyatlari, sabablari o'ziga xosliklari mavjud bo'lib shunga bog'liq ravishda o'qitish usullari qo’llaniladi. Fan o'zining kashf etgan qonuniyatlari asosida hodisalarning bog'liqlik sabablarini tushuntirib beradi va shu bilan bu hodisani ma'lum sharoitlarda deyarli takrorlash imkonini beradi. Metodikada bunday qonuniyatlarga quyidagilami kiritish mumkin:

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling