Psixologiya inson ruxiyatining muhandisi
Download 22.87 Kb.
|
Psixologiya Jorayeva
Mustaqil ish mavzusi: PSIXOLOGIYA INSON RUXIYATINING MUHANDISI. Reja: Psixologiya ilmidagi “Meni qiziqtirgan tayanch tushunchalarim”. Hozirgi zamon psixologiya fanida qoʻllaniladigan metodlarni muammoli masalalarni hal qilishdagi oʻrni. Shaxsning shakllanishida “Ijtimoiy muhitning oʻrni” Men psixologiya fanini quyidagicha tushuntirishga harakat qildim: Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va h.k.larini bilish va qo‘llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar talabalarga o‘zlarini anglashda, o‘z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi. Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, uchinchidan, psixologiyaning o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini va atrofidagilarni o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Shuning uchun, psixologiya – insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Insonning xarakterini o’rganuvchi psixologiya fanini fizika, kimyo, botanika, zoologiya, astronomiya va matematika kabi boshqa positive fanlar bilan bir qatorga qo’ya olishimiz mumkinmi ? Javob salbiy. Bu fanlarni bir biriga taqqoslasak, psixologiya unchalik ham rivojlangan fan emasligini bilamiz. Shunisi aniqki, bu organizim hususiyatlarini o’rganuvchi xarakterik fandir. Bu o’zgaruvchi va aniq bashorat qilib bo’lmaydigan xarakterdir. Bu fanni o’rganuvchi metodlar ham tabiy fanlardagidek aniq va obyektiv emas. Boshqa tomondan, fizik va kimyoviy reaksiyalarni o’rganuvchi tabiy fanlarda o’rganish jarayoni va tabiy moddalar tuzulishidan kelib chiqib aniq ma’lumotlar aytish mumkin. Natijada shuni aytishimiz mumkinki, psixologik xarakterlar faniga qaraganda tabiy fanlar yanayam aniqroq va obyektivdir. Davletshin o‘z tadqiqotlarida talabalaming o‘qish faoliyatidagi ko‘nikma, malakalarini hosil bo‘lishi va psixik qobiliyatlarm rivojlantirish masalalarini ilgari surdi. Shuningdek, uning shogirdlari tomonidan tadqiqot muammosini ilmiy dalillar asosida asoslab berganlar. Jumladan, M.G.Davletshin, S.X.Jalilovalar tomonidan hozirgi zamon ta'limining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: a) ta'limning har bir darajasini uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismi sifatida anglash. Bu yo‘nalish maktab bilan oliy quv yurti rtasidagi aloqa muammolarinigina emas, balki talabalarning kasbiy tayyorligini oshirish vazifasini hisobga olgan holda oliy quv yurti bilan mutaxassisning ishlab chiqarish faoliyati rtasidagi aloqani ham ko‘zda tutadi; b) «Ta'limni industriallashtirish* ya'ni kompyuterlashtirish va texnologiyalashtirish asosida hozirgi zamon jamiyatining aqliy faoliyatini kuchaytirish; d) ta'limning hozirgi vaqtgacha ustunlik qilgan axborot beruvchilik shakllaridan faol qitish metodlari va shakllariga tish. Bu yo‘nalish «Xotira maktabi»dan «tushunish maktabi*, «tafakkur maktabi»ga tishdan iborat; e) o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish qat'iy belgilangan nazorat usullaridan rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi usullar va o‘yin usullariga o‘tish. Bu esa ta'lim oluvchilarning tashkiliy-ijodiy, mustaqil faoliyatini qo‘llab-quwatlash va uni rivojlantirishni taqozo etadi. f) ta'lim oluvchi va muallim rtasidagi zaro ta'sirini tashkil etish, ta'lim oluvchilarning birgalikdagi jamoa faolligi sifatida tashkil qilish zaruriyati qayd qilinadi- Bimda asosiy uru , qituvchining bilim berish faoliyatidan talabaning bilim olish faoliyatiga tkaziladi. Psixolog E.G'oziyev tomonidan ham quvchilar quv faoliyatlari xususiyatlari talabalar undagi qiyinchiliklar masalalari tadqiq qilingan. Uning Ma'lumki talabalarning yetakchi faoliyati qish hisoblanadi. Shunda maqsadlariga erishiladi. O‘qish faoliyati talabaning psixik jarayonlarini xususiyatlari rivojlanishiga kasbiy muhim bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni egallashga ta'sir ko‘rsatadi. Agar o‘qish ijodga aylansa, talabalarning hissiy sohasiga ijobiy ta'sir qiladi, diqqat va xotirasini rivojlantiradi, qoniqish hissini yuzaga keltiradi, faoliyatga nisbatan qiziqishi ortadi. A.A.Abdurazzoqov va E.P.Nazirovlarning tkazgan tadqiqotlaridan ma'lum bo‘lishicha birinchi va ikkinchi kurslarda auditoriyada beriladigan vazifalarga qiziqish kuchli bo‘ladi. Yuqori kurslarda esa auditoriyadan tashqari vazifalarga va mutaxassislikka bog‘liq fanlarni chuqur o‘rganishga qiziqish kuchayadi. Shuning uchun talabalarning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda ularning bu xususiyatlarini e'tiborga olish maqsadga muvofiq. Talabalarning o‘quv faoliyatini rgangan E.G'oziyev rahbarligida uning shogirdlari tomonidan zo‘r qiziqish bilan o‘rganildi. Jumladan, A.X.Ruxiyeva Talabalar o‘quv faoliyatida o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik xususiyatlari mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida umumlashgan o‘quv faoliyatining usullari sistemasi orqali o‘quv faoliyatini boshqarish deganda maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan, nazorat qilinadigan sistemalashtiriladigan, tashkil qilinadigan mustaqil bilim olishga qodir b lgan faoliyatni tushuniladi. Tadqiqotda zzini boshqarishning barcha komponentlarining tarkibiy qismlari xususiyatlarga egaligi professional qiziqishini takomillashtirish va faoliyatni amalga oshirishda uchraydigan to‘siqlarni yengish orqali talaba o‘quv faoliyati subyektiga aylanishi isbotlangan. RLSunnatova ilmiy izlanishlarida shaxsda o‘z-o‘zini boshqarish va tafakkur operatsiyalari tadqiq qilinib, bu borada tadqiqot ishlari olib borildi. Olim tomonidan ta'lim muassasalarida qitish ishlarini tashkil qilish va uni shaxs rivojlanishiga ta'sir masalalari yetarlicha yoritib berildi. Shuningdek, olti yoshli bolalarni maktab ta'limiga tayyorligi, moslashish xususiyatlari, psixik rivojlanish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Z.T.Nishonova tadqiqotlarida aynan o‘smirlik davri o‘quv faoliyatlarini egallash masalalari yoritihb, muallif bu borada tafakkur sifatlarini rivojlanishi, bilimlar egallashning asosi ekanligini tadqiqot natijalari asosida ko‘rsatib o‘tadi. RLHaydarov tomonidan rganilgan muammo o‘quv faoliyati motivlari masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib bu borada qishloq va shahar maktablari o‘quvchilarining o‘qish motivlarini rivojlanishi bo‘yicha tadtqiqot ishini olib bordi. Tadqiqot natijalaridan shuni ko‘rish mumkin-ki, o‘smirlik davrida o‘qish motivlarini namoyon bo‘lish xususiyatlari ya'ni bilish, ijtimoiy, tashqi, ichki motivlari yoritiladi. Shuningdek, ularning o‘zaro farqlar bo‘yicha dinamikasi ko‘rsatiladi. Download 22.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling