Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi ergasheva nasibaning
Download 163.73 Kb.
|
Boshqaruv kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning ilmiy ahamiyati.
- Kurs ishining tuzilishi.
Kurs ishining maqsadi.Talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini belgilash hisoblanadi.
Dolzarb muammolardan biri- yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Ma’naviyat sohasidagi islohotlar yoshlarda o’z xalqining madaniyati, Vatanning o’tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to’g’ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo’ladi va bu- ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Kurs ishning ilmiy ahamiyati. O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda boshqaruv psixologiyasi sohasi fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur. Boshqaruv, menejment va marketing, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda I.A.Karimov ta’kidlaganidek, boshqaruv psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 3 bob, 6 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Download 163.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling