Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi ergasheva nasibaning


Liderlikka oid nazariyalar


Download 163.73 Kb.
bet10/12
Sana31.03.2023
Hajmi163.73 Kb.
#1310570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Boshqaruv kurs ishi

Liderlikka oid nazariyalar 
Liderlik hodisasi to`g`risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari xaqida ham
qisqacha to`xtalib o`tish o`rinlidir. Hozirgi kunga qadar liderlik to`g`risida asosan
uchta nazariya mavjud:
Xarizmatik nazariya;
• vaziyatga bog`liqlik nazariyasi;
• sintetik nazariya.
Xarizmatik nazariya 
Birinchisi ''liderlik sifatlari nazariyasi"dir yoki xarizmatik nazariya.
Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bula olmaydi, ayrim shaxslarda shunday
sifatlar yig`indisi tug`ma mavjud bo`lib, ular uning guruhda lider bo`lishini
ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K. Berd 79 sifatdan iborat bo`lgan liderlik qirralari ro`yxatini tuzdi. Bu ro`yxatda jumladan 
tashabbuskorlik muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o`ziga ishonch, tez va
aniq qarorlar qabul kila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo`ladi,qanday shakllanishini tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, so`roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko`p marta qayd etilmadi.


3-BOB . Psixologiyada boshqaruv muammosi va shaxslararo muloqot
3.1 Boshqaruvda psixologiyasidagi asosiy tamoillar
SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, boshqaruv psixologiyasi xo’jalikni yoki muassasani boshqaruvning ijtimoiy-tarixiy printsip (tamoyil) lariga va qonun (qonuniyat) lariga bevosita asoslanadi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Demokratik detsentralizm (mahalliy boshqaruv ustuvorligi);
2. Boshqaruvda yakkaboshchilik;
3. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy rahbarlikda (ma’muriyatda) xo’jalik yuritishning birligi;
4. Xo’jalik hisobining oqilligi;
5. Boshqaruvning rejaliligi;
6. Ommaning boshqaruv jarayonida faol qatnashuvi;
7. Hamkorlik faoliyatining ishtirokchilarini ma’naviy va moddiy jihatdan rag’batlantirish;
8. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joylashtirish jarayonida psixodiagnostika tizimiga asoslanish.
Uning navbatdagi (ikkinchi ta’rif): “Boshqaruv psixologiyasining predmeti - guruh va ommaning psixologik xususiyatlari, ularning shaxs ongiga va xulqiga ta’sirini tekshirishdan iboratdir”. Keltirilgan parchalardan ko’rinib turibdiki, ularning hech biri boshqaruvning psixologik mohiyati va uning tadqiqot ko’lamini ochish, talqin qilish qudratiga ega emas, huddi shu boisdan bunday ijtimoiy psixologik holat o’z navbatida ilmiy izlanish va tekshirish ko’lamini keskin toraytirishga olib keladi, oqibat natijada sohaning mavqei, uning xalq xo’jaligidagi roli yanada pasayadi. Hamkorlik faoliyatining mazmuni, uning bosqichlari (fazalari, shakllari), shaxslararo munosabatlarning o’zaro ta’sir xususiyatlari, insonda ijtimoiylashuvning tezlashuvi, ongning rivojlanish bosqichlari, “inson-texnika” tizimi bilan bog’liq, bir talay muammolar tadqiqot predmetidan chetda qolib ketish xavfi tug’iladi. Yuqoridagi fikrlarni to’laroq xaspo’shlash, izohli talqin qilish maqsadida ayrim ma’lumotlardan namunalar keltiramiz va ularni tahlil qilishga intilamiz: - o’zaro hamkorlik faoliyatida shaxsiyatga oidlilik muammosi;
Umumiy psixologiya, sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh psixologiyasi, kichik guruh psixologiyasi, muomala psixologiyasi singari sohalar bilan jips aloqa qilgan holda psixologik holatlar, munosabatlar, ommaviy harakatlar, shaxsga ta’sir o’tkazish bo’yicha o’zini-o’zi, guruhni va jamoani boshqarish, unda psixologik iliq muhitni ta’minlash, hamkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish, shaxslararo munosabatlarning yuksak darajasini vujudga keltirish, nizoli, ziddiyatli, modaroli ijtimoiy vaziyatlarning oldini olish imkoniyati tug’iladi. Ana shu sababdan boshqaruv psixologiyasi uchun umumiy psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar, to’plangan nazariy va amaliy ma’lumotlar, fiziologik va psixofiziologik mexanizmlar, qonuniyatlar hamda o’zgarishni vujudga keltiruvchi, harakatlantiruvchi kuchlar, ijtimoiy-tarixiy omillar, murakkab ichki va tashqi bog’lanishlar, takomillashish bosqichlari (yo’llari, vositalari, shakllari, betakrorligi, o’ziga xosligi), shaxsning ontogenetik xususiyatlari va ularni keltirib chiqaruvchi manbalar, sabablar, hamkorlikning tarkibiy qismlari to’g’risidagi ilmiy, amaliy axborotlar majmuasi muhim ahamiyat kast etadi.
SHuning bilan birga insonning ichki regulyativ funktsiyalari (motiv, motivatsiya, his-tuyg’u, murakkab kechinmalar, anglashilgan holatlar), bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavver, hotira, tafakkur, hayol, ijodiyot, intellekt), ongning takomillashuvi, shaxslararo munosabatning manbalari (diqqat, nutq), shaxsning individual-topologik, ya’ni biologik shartlashgan xususiyatlari, kamolot bosqichlari va ularga ta’sir etuvchi irsiy belgilar, ijtimoiy muhit, ichki ruhiy zahira va imkoniyatni ruyobga chiqarish, ijtimoiy faollik hamda mustaqillik muammolariga, asoslariga, ma’lumotlarga suyanish o’z navbatida boshqaruvni maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlaydi.

Download 163.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling