Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi ergasheva nasibaning


Muloqot kishilarning o’zaro munosabatga kirishish jarayoni


Download 163.73 Kb.
bet11/12
Sana31.03.2023
Hajmi163.73 Kb.
#1310570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Boshqaruv kurs ishi

3.2 Muloqot kishilarning o’zaro munosabatga kirishish jarayoni

  • Ba’zi rahbarlar oddiy muomala madaniyatini unutib qo‘yishmoqda» — prezident

  • Shavkat Mirziyoyev ba’zi rahbarlar xalq va matbuot bilan muloqotda muomala madaniyatini unutib qo‘yayotganini ma’lum qildi. Rahbar qanday dolzarb muammoga duch kelmasin, vaziyatdan og‘ir-bosiqlik bilan chiqishi lozim, dedi prezident.

  • O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda davlat organlarining ochiqligi hamda rahbarlarning jamoatchilik va OAV bilan muloqot madaniyati masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

  • Bugun sizlar bilan yana bir muhim masalani muhokama qilib olishimiz zarur.

  • Barchangiz ko‘rib, bilib turibsiz, bugun jamiyat hayotining barcha jabhalarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmoqda. Zamon tez rivojlanmoqda, xalqimizning dunyoqarashi o‘zgarmoqda.

  • Bu borada ayniqsa, ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynamoqda. Ular hayotiy muhim masalalarga e’tiborimizni qaratib, muammolarni hal etishda bizga ko‘maklashmoqdalar.

  • Demokratik jamiyatning asosiy talablaridan biri ham shu.

  • Shuni esdan chiqarmaylik, matbuotni faoliyatimizni aks ettiruvchi ko‘zgu deb bilishimiz kerak. Afsuski, ko‘p yillar davomida biz ana shu ko‘zguga qarashni o‘zimizga ep ko‘rmadik.

  • Oqibatda haqiqiy qiyofamizni ko‘rolmay qoldik. Xalqimizga ochiq-oydin ma’lum bo‘lib turgan aybu nuqsonlarimizni tan olmasdan, «men hammadan zo‘rman» deb o‘zimizga bino qo‘yib, kekkayib yuraverdik. «Yuzing qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama» degan dono maqolni butkul unutib qo‘ydik.

  • Yillar davomida jamiyatimizda qanchadan-qancha illatlarning tomir otishi, muammolarning yig‘ilib qolishining asosiy sabablaridan biri ham shu bo‘lgani, ayni haqiqat.

  • Men bu gaplarni nima uchun aytayotganimni hammangiz yaxshi tushunib turibsiz. Bugun barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning jamoatchilik bilan, ayniqsa ommaviy axborot vositalari bilan muomala madaniyati har qachongidan ham muhim masalaga aylandi.

  • Ayrim hollarda rahbarlar tomonidan tanqidni qabul qila bilmaslik, nima qilib bo‘lsa-da, uni tan olmaslikka bo‘layotgan urinishlarda ham ko‘zga tashlanmoqda.

  • Afsuski, ba’zi rahbarlar xalq bilan, matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, ma’naviyatni unutib qo‘yishmoqda. Ular tomonidan qilingan murojaatlarga o‘z vaqtida, xolis javob berilmasligi ham haqli e’tirozlarga sabab bo‘layapti.

  • O‘zingiz guvoh bo‘lib turibsiz, deyarli har kuni ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir rahbarning faoliyati bilan bog‘liq shov-shuvli xabar tarqalayapti. Ularda berilayotgan tanqidiy materiallarga o‘z vaqtida xolis, asosli munosabat bildirilmayotgani oqibatida odamlar orasida har xil fikrlar, bahs-munozaralar yuzaga kelmoqda.

  • Eng achinarlisi, ba’zi rahbarlar jamoatchilik o‘rtasida turli ziddiyatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday holatlarning oldini olish o‘rniga, kibru havoga berilish, o‘ziga bino qo‘yish bilan masalani yanada chigallashtirmoqda.

  • Tushunaman, har kimning o‘ziga yarasha g‘ururi, izzat-nafsi bor. Lekin rahbar shunisi bilan rahbarki, u nafaqat o‘zining sha’nini, balki davlat idorasining obro‘sini ham saqlashga mas’ul ekanini unutmasligi kerak.

  • U har qanday to‘siq va qiyinchiliklarga, keskin va dolzarb muammolarga duch kelmasin, vaziyatdan og‘ir-bosiqlik va vazminlik bilan chiqib, faqat qonunga asoslangan to‘g‘ri qaror qabul qilishi shart.

  • Shu bilan birga, har qaysi rahbar o‘z mas’uliyati va javobgarligini, avvalo o‘z vijdoni oldida, unga ishonch bildirgan el-yurt oldida chuqur anglasa, faoliyatida qat’iyatlik bilan vazminlik, talabchanlik bilan aql-zakovatni uyg‘unlashtira olsa, xalqning chinakam mehrini va ishonchini qozona oladi.



XULOSA
Minglab shaxs sifatlari ichida ko’plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo’lishi lozim bo’lgan ayrim sifat, qobiliyatlar borki, ular haqida qisqacha to’xtalib o’tmoq lozim. Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma’lum normasi bo’lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o’rtadan yuqori bo’lmog’i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo’lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to’siq bo’lishini amaliyot va hayot ko’rsatdi. Rahbardagi o’rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo’l-yo’riqlar ko’rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. Rahbarda mustaqillik bo’lsa, unda o’ziga ishonch ham bo’ladi, bu esa o’z navbatida rahbardagi subyektiv talablar darajasining yuqori bo’lishiga olib keladi. Ko’pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o’z-o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi kerak. O’z-o’zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir.


Download 163.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling