Psixologiya” kafedrasi bola shaxsi shakllanishining psixologik xususiyatlari mavzusidagi kurs ishi


Download 135.34 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi135.34 Kb.
#1581048
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shaaxmedova

Bob bo’yicha xulosa
O‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi har bir bolada o‘ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda, odatda, hayotning birinchi yili oxiriga kelib, o‘zini-o‘zi anglashning paydo bo‘lganini tasdiqlovchi belgilar kuzatiladi: bola o‘zini, o‘z tanasini uni o‘rab turgan fazodan ajrata boshlaydi. O‘zini-o‘zi anglashning keying rivojlanishi bolaning o‘z xohishlari va umuman, faoliyati motivlarini anglashi bilan bogiiq boiadi. O‘z faoliyatining motivlarini anglash bolaga o‘zini-o‘zi anglashning keyingi bosqichiga o‘tishga, ya’ni o‘z harakatlaridan ajrata olishga yordam beradi. 
Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni ilk bolalik davrining oxiri va bog‘cha yoshining boshidagi o‘ziga-o‘zi baho berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan boigan muloqoti hal qiluvchi ahamiyatga ega boiadi. Bola o‘zining imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega boimaganligi tufayli kattalaming unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda, bola o‘zini kattalar orqali, ularning bola haqidagi fikri orqali baholaydi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin:
birinchi davr - bu 3-4 yosh oralig’da bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlinishi bilan bog‘liqdir;
ikkinchi davr - bu 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish bilan bog‘liqdir;
uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola harakterining shakllanishi davom etadi. U asosan, bolalaming kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardari boshlab, bolada ahamiyatli hisoblangan - iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta maktabgacha yoshida bola atrofidagi odamlar bilan turli faoliyatlairda muloqot va munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan muloqotga kirisha olishida, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarini samarali o‘rnata olishida foyda keltiradi. Bolaning attofidagi kishilar bilan bo’lgan munosabatlari, asosida turli xil motivlar yotadi.
XULOSA
Bola psixikasining rivojlanishi o’ta murakkab va qarama-qarshiliklarga ega bo’lgan prosesdir, har qanday boshqa rivojlanishdagi kabi, bunda ham miqdor o’zgarishlari sifat o’zgarishlariga, o’tishlarga, “sakrashlar”ga olib keladi. Masalan, bolada so’z boyligining asta-sekin ortib borishi tilning grammatik qurilishini egallashga, ayrim xatti-harakatlar va yurish-turishlarning ko’p marta takrorlanishi esa shaxsda muayyan ko’nikma, odat, qat’iy xususiyatlar kabilarning shakllanishi bilan yakunlanadi. Bola psixikasi rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlariga, birinchidan izchillik integratsiyasini, ya’ni bolaning dastlabki tarqoq psixik holatlarini shaxsning barqaror psixik xislatlariga, muayyan hodisalarga nisbatan ayrim-ayrim qarashlarni yaxlit dunyoqarashga birlashtirish; ikkinchidan, bola shaxsidagi ayrim proseslar,funksiyalar va xislatlarning notekis rivojlanishining; uchinchidan, ba’zi funksiyalar kamchiliklarni boshqa funksiyalar bilan to’ldirilishini(kompensatsiya) ta’minlovchi plastikliknikiritish mumkin. Bola psixikasining integratsiyasi, masalan,a lohida predmet va hodisalarni to’liq idrok qilish asosida kuzatuvchanlikning, ayrim mehnat topshiriqlarini mehr-muhabbat bilan bajarish asosida mehnatsevarlikning shakllanishiga yaqqol namoyon bo’ladi.
Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni ilk bolalik davrining oxiri va maktabgacha yoshining boshidagi o’ziga-o’zi baho berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan bo’lgan muloqoti hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bola o’zining imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega bo’lmaganligi tufayli kattalarning unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda bola o’zini kattalar orqali, ularning bola haqidagi fikri orqali baholaydi. Bola bu davrda o’ziga-o’zi baho berishda to’laligicha kattalarning fikriga suyanadi. O’zi haqidagi mustaqil tasavvur elementlari esa biroz keyinroq paydo bo’ladi.
3 yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir-darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi.
Maktabgacha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga oilaviy muhitning roli. Oila bolani o’rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo’g’inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri benihoyat kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo’lib, u ko’p jihatdan kattalar qaramog’i va yordamiga muhtoj bo’ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo’ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va psixik rivojlanishining stimulyatori bo’lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, ularning o'z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi hislarning yuzaga kelishi hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.


Download 135.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling